|
Viloyat xaqida
O'zbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1924 y. 1 noyabrda
tashkil etilgan. 1927 yil 17 fevraldan 1938 yil 15 yanvargacha Qashqadaryo okrugi
maqomida. 1938 yil 15 yanvarda Buxoro viloyatiga qo'shib yuborildi. 1943 yil
20 yanvarda qayta tashkil etildi. 1960 yil 25 yanvarda Surxondaryo viloyatiga
qo'shildi. 1964 yil 7 fevraldan yangidan tashkil etildi. Respublikaning janubiy-g'arbida,
Qashqadaryo havzasida, Pomir-Olay tog' sistemasining g'arbiy chekkasida, Amudaryo
va Zarafshon daryolari, Hisor va Zarafshon tizma tog'lari orasida. Shim.-g'arbdan
Buxoro, janubiy-sharqdan Surxondaryo, janubiy-g'arb va g'arbdan Turkmaniston,
sharqdan Tojikiston va Samarqand viloyatlari bilan chegaradosh. Maydoni 28,6
ming km2. Aholisi 2777,8
ming kishi (2012). Tarkibida 13 ta tuman (Dehqonobod, Kasbi,
Kitob, Koson, Mirishkor, Muborak, Nishon, Chiroqchi, Shahrisabz, Yakkabog',
Qamashi, Qarshi, G'uzor), 12 shahar (Beshkent, Kitob, Koson, Muborak, Tallimarjon,
Chiroqchi, Shahrisabz, Yakkabog', Yangi Nishon, Qamashi, Qarshi, G'uzor), 4
shaharcha (Dehqonobod, Miroqi, Eski Yakkabog', Qashqadaryo), 470
ta maxalla
fuqarolar yig'ini, 147 ta qishloq fuqarolari yig'ini, 1064
ta qishloqlar bor
(2012). Ish tartibi
1. Ushbu Reglament O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 100-moddasi,
“Mahalliy davlat hokimiyati to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi
Qonuni, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, farmoyishlari
hamda Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-yanvardagi 12-sonli «Ijro intizomini
mustaxkamlash chora-tadbirlari to'g'risida»gi karori talablari asosida
viloyat hokimligining faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Qashqadaryo viloyat hokimiyatining strukturasi
Qashqadaryo viloyat hokimiyatining strukturasi Qashqadaryo viloyat hokimiyatining tashkiliy tuzilmasi
Qashqadaryo viloyat hokimiyatining tashkiliy tuzilmasi Maktabgacha ta'lim
2011 yilda viloyat xalq ta'limi tizimiga qarashli 354 ta maktabgacha ta'lim muassasalarida 2764 nafar pedagog-xodimlar 30164 nafar bolalarga ta'lim tarbiya ishlaringi olib bordi. Barcha maktabgacha ta'lim muassasalarida “Yangi yil ertaliklari”, “8-mart”, “Navro'z”, “Xotira va qadrlash kuni”, “1-iyun bolalarni himoya qilish” kabi bayram ertaliklari, “Navoiyxonlik”, “Bobur” kechalari o'tkazildi. Tarbiyalanuvchilar o'rtasida “Shaxmat”, “Sog'lomjon-polvonjon”, “Omad kubogi”, “Shirintoy-kichkintoy” sport musobaqalari, “Milliy o'yinchoqlar” ko'rik-tanlovlari tashkil etildi. 2011 yil 6 aprelda Qarshi shahridagi “Erkatoy” maktabgacha ta'lim muassasasida “Maktabgacha ta'lim muassasalarida ichki nazoratni rejalashtirish” mavzusida seminar-trening o'tkazildi. Barcha tuman (shahar) ta'lim muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bo'limlarida maktabgacha ta'lim muassasalarida “Bolajon” tayanch dasturining bajarilish monitoring tahlili olib borildi.
|