wrapper

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining viloyatimiz shahar va tumanlaridagi Xalq qabulxonalariga 15 ta “Cobalt” rusumli zamonaviy xizmat avtomobillari berildi.

 Viloyat hokimi Zafar Ro‘ziyev, viloyat Xalq qabulxonasi mudiri Abduhalim Xolmahmatov, viloyat prokurori Botir Yusupov va ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Dilshod Tursunbayev xizmat avtomobillari kalitini o‘z egalariga topshirdi.

 Tadbir davomida Prezidentimizning joriy yil 17-yanvardagi “Aholi muammolari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bilan 2019-yil 1-fevraldan Xalq qabulxonalari muammolarni odatdagi tartibga qo‘shimcha tarzda uyma-uy yurish orqali aniqlashi va hal etishi belgilangani, soha xodimlari uchun yaratilayotgan sharoitlar faoliyat samaradorligini yanada oshirishi, ayniqsa, chekka qishloqlarga borish va u yerda istiqomat qilayotgan yurtdoshlarimiz muammolarini hal etish imkoniyatini kengaytirishi qayd etildi.

Koreya Respublikasining “Luminaire Technology Co., LTD” kompaniyasi 10 nafar rasmiy vakilidan iborat delegatsiya viloyatimizda mehmon bo‘lib turibdi. Koreyaning biznesmenlari  Mirishkor tumanida sarmoyaviy faoliyatni amalga oshirishga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqda tuman hokimining o‘rinbosari Nodir Yusupov ma’lum qildi.

Mutasaddining bildirishicha, asosan ko‘cha yoritgichlari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi mazkur kompaniya Mirishkorda xuddi shu yo‘nalishda korxona tashkil etishi mumkin. Qat’iy kelishuvga borishdan avval chet ellik investorlar vohamizdagi shart-sharoit, ishbilarmonlik muhiti bilan yaqindan tanishishni ma’qul ko‘rishgan. Mirishkor tumanida kelgusida ishga tushishi ehtimoli bo‘lgan yangi korxona qurish uchun maqbul hisoblangan joylarni ham ko‘zdan kechirishgan.

E’tiborlisi, ushbu tashrif avvalida koreyalik mehmonlar viloyat hokimi Zafar Ro‘ziyev qabulida bo‘lishgan. Uchrashuv asnosida xorijlik ishbilarmonlar o‘z mahsulotlari taqdimotini ham o‘tkazishgan. Kompaniya ishlab chiqarayotgan ko‘cha yoritgichlari Qarshi shahrida sinab ko‘rildi.

Qayd etish joizki, tomonlar hali aniq bir qarorga kelmagani bois kiritilajak sarmoya miqdori, yaratilajak ish o‘rni va korxona quvvati ma’lum emas.

M.JO‘RAYEV

M.KOMILOV olgan surat.

seshanba, 05 Fevral 2019 00:00

O‘quvchilar mutolaaga oshno bo‘lishadi

Avtor

Joriy yilning 4-fevralidan 25-mayiga qadar yurtimiz bo‘ylab “Kitob haftaligi” o‘tkazilmoqda.

Haftalik tadbirlari ona tili va adabiyot fani darslarida, tarbiyaviy soatlar jarayonida hamda o‘quvchilarning darsdan bo‘sh vaqtida tashkil etilishi belgilangan. Jadvalga binoan har hafta belgilangan adabiyotlar sinflar kesimi bo‘yicha mutolaa qilinadi.

Axborot-resurs markazi, sinf rahbarlari, ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari, kutubxonachilar va yoshlar yetakchilari ishtirokida “Kitob haftaligi”ni mazmunli o‘tkazish reja-jadvali ishlab chiqilgan.

Ayni paytda viloyatimizdagi barcha ta’lim darogohlarida belgilangan reja asosida tadbirlar tashkil etilmoqda.

- Haftalik doirasidagi tadbirlar o‘quvchilarning adabiyotga, kitobga bo‘lgan mehrini yanada oshirishga xizmat qiladi, - deydi Qarshi shahridagi 44-maktab o‘qituvchisi Lobar Qodirova. – Ular yoshiga mos tarzda tanlangan o‘zbek milliy hamda jahon adabiyoti namoyandalarining sara asarlarini, she’r, hikoya, qissa hamda qiziqarli ertaklar mutolaa qilishmoqda.

Adabiyotshunoslar, ijodkorlar, kutubxona mutaxassislari, tajribali o‘qituvchilarning tadbirga jalb etilib, o‘quvchilarga muayan asar haqida turli ma’lumotlarni berishi ham ularning bilimlarini yanada boyitishga xizmat qiladi.

S.ALLAYOROVA

S.NARZIYEV olgan surat.

Qarshi yog‘ ekstraksiya" aksiyadorlik jamiyatining umumiy maydoni qariyb 15 gektarni tashkil etadi. Uning asosiy qismini ishlab chiqarish obyektlari va yordamchi bino-inshootlar egallagan bo‘lsa-da, ma’lum yer maydonidan maqsadli foydalanilmay kelinmoqda. Shuni e’tiborga olib, kelgusida ushbu korxonaning bo‘sh turgan hududida ixtisoslashgan kichik sanoat zonasi barpo etish ko‘zda tutilgan. Bu haqda Prezidentimizning joriy yil 16-yanvardagi "Yog‘-moy tarmog‘ini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar va sohani boshqarishda bozor mexanizmlarini joriy etish to‘g‘risida"gi qarorida keltirib o‘tilgan.

Bu hujjatga muvofiq, mazkur ro‘yxatga "O‘zpaxtayog‘" AJ tarkibiga kiruvchi "Koson yog‘ ekstraksiya" aksiyadorlik jamiyati ham kiritilgan. Ushbu korxonaning bo‘sh maydonida ham maxsus sanoat majmuasi tashkil qilish bo‘yicha taklif berish vazifasi mas’ul vazirlik va idoralarga topshirilgan.  Xo‘sh, bundan ko‘zlangan maqsad nima?

- Albatta, asosiy muddao yog‘-moy korxonalari tasarrufidagi foydalanilmay kelinayotgan yer maydonlarini samarali ishlatish, ular negizida ishlab chiqarish quvvatlarini yo‘lga qo‘yishdan iborat, - deydi "Qarshi yog‘ ekstraksiya" AJ boshqaruvi raisi Farruh Alimov. - Shunchaki saqlab turib, soliq to‘lashdan ko‘ra samarali foydalangan har tomonlama ma’qul. Hozirda jamiyatimiz tomonidan ham shu masala ko‘rib chiqilmoqda. Faoliyat yo‘nalishidan tashqari, qo‘shimcha yo‘nalishlarni ishga tushirish rejada bor. Ammo hali bir to‘xtamga kelmadik. Zamonaviy issiqxona qurish taklifi ilgari surilmoqda. O‘z navbatida chet ellik investorlar, Germaniya, Turkiya va Chexiya mamlakatlari ishbilarmonlari hamkorlikka qiziqish bildirgan. Muhimi shuki, bu tadbirning qo‘llanishi faqat foydaga xizmat qiladi, ish o‘rinlari yaratiladi.

Yana bir jihati, davlatimiz rahbari qaroriga ko‘ra, bir qator xo‘jalik birlashmalarining aksiya ulushlarini Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o‘tkazish belgilangan. Kelgusida ushbu xo‘jalik jamiyatlarining ustav kapitalidagi davlat aksiya paketlari (ulushlari)ni belgilangan tartibda sotish choralari ko‘riladi. Bu ro‘yxatga kiritilgan "Koson yog‘ ekstraksiya" va "Qarshi yog‘ ekstraksiya" aksiyadorlik jamiyatlari ustav kapitalida "O‘zpaxtayog‘" AJ ulushi 51 foizdan ekani keltiriladi.

Bu borada amalga oshiriladigan islohotlar soha korxonalarida ilg‘or texnologiyalarni o‘zlashtirishga, investitsiyalarni faol jalb qilish va tarmoqning jadal rivojlanishiga xizmat qilishi ta’kidlanadi.

M.SHUHRATOV

Viloyatimiz sharoitida tabiiy holatda o‘suvchi qizilmiya o‘simligi o‘tgan yili birinchi marta xorijga eksportga chiqarildi. Chet ellik xaridorga qiymati 82 ming AQSH dollarilik mahsulot yetkazib berilgan. Bu haqda Savdo-sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmasi sektor mudiri Javohir Eshmurodov ma’lum qildi.

Qayd etish lozim, mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi sohasining eksport salohiyatidan unumli foydalanishga, bu yo‘lda ichki imkoniyatlarni samarali ishga solishga, jahon bozoriga yangi turdagi mahsulotlarni sotishni tashkil etishga e’tibor qaratilmoqda. Vohamizda dorivorlik xususiyatiga ega o‘simliklarning ko‘p uchrashi ham bunda juda qo‘l kelayapti. Asosiysi, ularga xorijda katta talab bor.

Xususan, Dehqonobod kengliklarida tabiiy holda o‘suvchi qizilmiya ildizini xarid qilishga hindistonlik ishbilarmonlar qiziqish bildirgandi. O‘z navbatida viloyatimizdagi "Global-Deks impeks" mas’uliyati cheklangan jamiyati bu imkoniyatdan unumli foydalanmoqda. Bultur eksportyor korxona Hind diyoridagi "Docran Healthcare Ltd" firmasi bilan mahsulot oldi-sotdisi bo‘yicha 400 ming dollarga shartnoma imzolagan. Hamkorlik aloqalari joriy yilda ham davom ettiriladi.

Ma’lumot uchun, qizilmiya dukkakdosh o‘simliklar oilasiga mansub ko‘p yillik o‘t bo‘lib, suvsiz joylarda bedadan ko‘ra ko‘proq hosil beradi. Mazkur o‘simlik qurg‘oqchilikka o‘ta chidamli. Ildizidan farmatsevtika sanoatida dori vositalari tayyorlashda keng foydalaniladi.

M.SHUHRATOV

Joriy yil oxiriga qadar Kasbi tumanida "Indorama-agro" xorijiy korxonasi tomonidan tekstil fabrikasi faoliyati yo‘lga qo‘yilishi ko‘zda tutilgan. Umumiy qiymati 35 million AQSH dollariga baholangan ushbu istiqbolli loyiha doirasida to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish tashkil etiladi. Ushbu tashabbus to‘liq chet el sarmoyasi hisobidan ro‘yobga chiqariladi. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portali - regulation.gov.uzda e’lon qilingan "2019-2020- yillarda Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanining sanoat salohiyatini oshirish to‘g‘risida"gi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasida shu haqda so‘z boradi.

Chorshanba, 30 Yanvar 2019 00:00

ISLOM KARIMOV haykali poyiga gul qo‘yildi

Avtor

Buyuk davlat va siyosat arbobi, o‘zbek xalqining atoqli farzandi Islom Karimov tavalludining 81 yilligi munosabati bilan Qarshi shahri markazida o‘rnatilgan yodgorlik qoshida davlat va jamoat tashkilotlari, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar vakillari, fan, madaniyat, adabiyot va san’at namoyandalari, yoshlar jam bo‘ldi.

 

 

 

Viloyat hokimi Zafar Ro‘ziyev boshchiligidagi jamoatchilik vakillari Buyuk Yo‘lboshchi haykali poyiga gullar qo‘ydi, uning xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

Sobir NARZIYEV olgan suratlar.

2018 yilning 11 oktyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat mulki ob'ektlarini va er uchastkalariga bo'lgan huquqlarni tadbirkorlik sub'ektlariga sotish tartibini soddalashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi 5552-son Farmoni qabul qilindi.
Farmonga muvofiq, endilikda, savdolarga chiqarilgan davlat mulki ob'ektlari – Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi va viloyatlar hokimlari tomonidan o'z vakolatlari doirasida aniqlangan ko'chmas mulk ob'ektlari investisiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarni belgilagan holda - 1 so'mga teng qiymatdagi boshlang'ich narxda sotilishi belgilandi.
Shuningdek, boshqa ko'chmas mulk ob'ektlari bo'yicha – qayta baholanmasdan, ularni o'tkazish kunidagi savdolarda shakllangan narxda “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasiga o'tkaziladi va savdoga chiqariladi.
Investisiyaviy loyihalarni amalga oshirish uchun auksion o'tkazmasdan, investor bilan to'g'ridan-to'g'ri muzokaralar orqali investisiyaviy hamda ijtimoiy majburiyatlar belgilagan holda er uchastkalarini berish va bo'sh turgan davlat ko'chmas mulk ob'ektlarini belgilagan holda sotib olish imkoniyati ham tug'ildi.
Unga ko'ra, tegishli davlat idoralari tomonidan davlat mulki ob'ektlari va er uchastkalariga bo'lgan huquqlarni sotish tartibini soddalashtirish bo'yicha eksperiment tartibi belgilandi.
Eksperiment tartibi bilan davlat mulki ob'ektlari va er uchastkalari “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida tanlov ishtirokchisining investisiyaviy va ijtimoiy majburiyatlari inobatga olingan holda sotiladi.
“Elektron onlayn-auksion savdolarni tashkil etish markazi” DUK tomonidan tashkillashtirilayotgan elektron onlayn-auksion savdolariga Respublikaning tuman va shahar xokimliklari tomonidan 5077 ta bo'sh er uchastkalari, 1 trl. 737 mlrd. 753 mln. so'm investisiya kiritish, 26494 ta yangi ish o'rinlarini yaratish sharti bilan 92 mlrd. 27 mln. 900 ming so'm miqdordagi mol-mulklar auksion savdolariga chiqarildi.
Bugungi kunga qadar "E-IJRO AUKSION" elektron onlayn-auksion savdolarida 2483 ta bo'sh er uchastkalari 723 mlrd. 143 mln. so'm investisiya kiritish, 9820 dan ortiq yangi ish o'rinlarini yaratish sharti bilan 17 mlrd. 134 mln. 100 ming so'mga sotildi.
Hozirda "E-IJRO AUKSION" elektron onlayn-auksion savdolarida 2594 ta bo'sh er uchastkalari 86 mlrd. 547 mln. 600 ming so'm miqdordagi auksion savdolariga chiqarildi.
Misol uchun, elektron onlayn-auksion savdolariga bugungi kunda birgina, Qashqadaryo viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 27 tabo'sh turgan davlat mulki ob'ektlari boshlang'ich bahosi 1 so'm miqdorida, 227 yangi ish o'rinlarini yaratish hamda 10 mlrd. 223 mln. so'm investisiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;
Jumladan:
- Qashqadaryo viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 4 tabo'sh turgan davlat mulki ob'ektlari boshlang'ich bahosi 1 so'm miqdorida, 38 yangi ish o'rinlarini yaratish hamda 1 mlrd. 420 mln. so'm investisiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;

AUKSIONDAGI ISHTIROKINGIZ YURT RAVNAQIHAMDA BIZNESINGIZ TARAQQIYOTIGA ULKAN HISSA QO'SHADI

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2018 yil 28 dekabr kuni Oliy Majlisga navbatdagi Murojaatnomani taqdim etdi.
Toshkent shahridagi Simpoziumlar saroyida bo'lib o'tgan anjumanda Oliy Majlis Senati a'zolari va Qonunchilik palatasi deputatlari, Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralar rahbarlari, diplomatik korpus va  xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari vakillari, nodavlat tashkilotlar faollari ishtirok etdi. Anjumanni videokonferensiya aloqa tizimi orqali viloyat, tuman va shaharlardagi mahalliy kengashlar deputatlari, barcha bo'g'indagi ijro hokimiyati va xo'jalik boshqaruvi organlari rahbarlari, shuningdek, mamlakatimizning chet ellardagi elchilari kuzatib bordi.
Bir yil muqaddam mamlakatimiz tarixida ilk marta O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi taqdim etilgan edi. Davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan yangilashga qaratilgan ushbu dasturilamal darajasidagi nutq asosida joriy yil uchun puxta amaliy rejalar tuzildi, xalqimizga munosib hayot barpo etish yo'lida ezgu tashabbuslar belgilandi.
Davlatimiz rahbari Murojaatnoma rejalarini hayotga izchil joriy etishning dasturi sifatida mamlakatimizda 2018 yilni Faol tadbirkorlik, innovasion g'oyalar va texnologiyalarni qo'llab-quvvatlash yili, deb e'lon qilishni taklif etdi. 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasining navbatdagi bosqichi bo'lgan 2018 yilda el-yurtimiz  farovonligini yanada yuksaltirish yo'lida to'la ma'noda ulkan bunyodkorlik, qurilish-obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.
Bu safargi Murojaatnomada ham yakunlanayotgan yilda amalga oshirilgan ishlar va kelasi yilga mo'ljallangan rejalar, Vatanimizning ichki va tashqi siyosatidagi asosiy tamoyillar bayon etilgani bilan barchada katta qiziqish uyg'otdi.
2018 yilda aholining real daromadlari 2017 yilga nisbatan 12 foiz oshdi. Soliqlarning prognozdan oshirib bajarilgan qismi hisobidan hududlarda 5,5 trillion so'm qo'shimcha mablag' qoldirilgani, bu o'tgan yilga nisbatan 6 barobar, 2016 yilga nisbatan esa 32 barobar ko'p bo'lgani qayd etildi.
Odamlarning hayotdan rozi bo'lib yashashi uchun qulay sharoit yaratish davlatimizning doimiy e'tiborida bo'ldi. "Obod qishloq" va "Obod mahalla" dasturlari doirasida 416 ta qishloq yangicha qiyofa kasb etdi. "Har bir oila - tadbirkor", "Yoshlar - kelajagimiz" dasturlarini izchil tatbiq etishga kirishildi.
Murojaatnomada ijtimoiy-iqtisodiy hayotimizning boshqa sohalarida ham muhim qadamlar qo'yilgani qayd etildi. Ochiq iqtisodiyot, sog'lom raqobat, ishbilarmonlik va investisiya muhitini tubdan yaxshilash, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, odamlarning hayot sharoitini yaxshilash bo'yicha aniq chora-tadbirlar belgilab berildi.
Prezident Shavkat Mirziyoev taklifiga muvofiq, joriy yildagi ishlarni mantiqiy davom ettirish va yuksak bosqichga ko'tarish maqsadida 2019 yil mamlakatimizda Faol investisiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili deb e'lon qilindi.
Bir so'z bilan aytganda, kirib kelayotgan yilning bosh hujjati bo'lgan Murojaatnomada bayon qilingan har bir ustuvor yo'nalish ijrosi mamlakatimiz tarixida yangi sahifa ochadi, xalqimizning yangi, yanada yuksak marralarni qo'lga kiritishida poydevor bo'lib xizmat qiladi.
Matnazar ELMURODOV,
O'zA muxbiri


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SHAVKAT MIRZIYOYEVNING

 

OLIY MAJLISGA MUROJAATNOMASI

 

 

Hurmatli senator va deputatlar!

 

Qadrli yurtdoshlar!

 

Muhtaram mehmonlar!

Page 1 of 12

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 373 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family