wrapper

    Viloyat statistika boshqarmasi hududdagi kichik tadbirkorlik subyektlarining joriy yil dastlabki olti oyidagi faoliyatiga oid ma’lumotlarni e’lon qildi.

Qayd etilishicha, o‘tgan davrda vohamizdagi kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 1 trillion 315,2 milliard so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan. Tarmoq korxonalarining hudud sanoatidagi ulushi 20,2 foizni tashkil etmoqda. O‘sish sur’ati ham salmoqli ekanini aytish lozim. Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning xuddi shu davriga nisbatan 107,4 foizni tashkil qilgan.

Ahamiyatlisi, viloyatimiz miqyosida bajarilgan qurilish ishlari umumiy hajmining 83,9 foizi aynan shu turdagi mulkchilik shakliga ega subyektlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Birinchi yarim yillikda ular tomonidan 1 trillion 355,9 milliard so‘mlik bunyodkorlik ishlari amalga oshirilgan va bu ko‘lam 112,1 foizga ko‘paygan. Kichik tadbirkorlik subyektlari xizmatlar ko‘rsatish jabhasida ham yetakchilik qilmoqda. Buni ularning hudud xizmatlar bozoridagi ulushi 71 foiz ekanidan ham bilish mumkin. Yanvar-iyun oylari oralig‘ida mazkur subyektlar aholiga 2 trillion 247,2 milliard so‘mlik xizmat taqdim etgan. Mahsuldorlik esa 2,4 foizga ortgan.

Shuningdek, viloyatda chakana tovar aylanmasi 86,5 foiz hajmi (3 trillion 997 milliard so‘m) shakllanishida kichik tadbirkorlik subyektlari asosiy o‘rin egallagan. O‘tgan yilgi mos davrga nisbatan ushbu tarmoqdagi o‘sish sur’ati 1,3 foizni tashkil etgan. Dastlabki olti oyda ular tomonidan 76,1 million AQSH dollari miqdorida mahsulot (tovar va xizmatlar) eksport qilinishiga erishilgani ham muhim sanaladi. Bu boradagi ko‘rsatkich 2017 yilning mos davriga nisbatan 48,7 million AQSH dollari yoki 177,7 foizga ko‘p ekanini ta’kidlash zarur. Viloyat umumiy eksporti hajmining 50,2 foizi, ya’ni yarmidan ziyodi shu turdagi mulkchilik shakliga ega subyektlar vakillariga tegishli ekani ham e’tiborga molik.

Bundan tashqari, ushbu muddat davomida vohamizda avtomobilda yuk tashishning 85,6 foizi, yo‘lovchi tashishning 95,2 foizi kichik tadbirkorlik subyektlari vakillari tomonidan ta’minlangan. Faqat bir yo‘nalishda eng past ko‘rsatkich kuzatilgan: 336,8 milliard so‘mlik investitsiya o‘zlashtirilgan, xolos. Bu kichik raqam bo‘lib, viloyat bo‘yicha amalga oshirilgan jami investitsiyalarning atigi 8 foiziga teng. Biroq ilgarigi statistika bilan solishtirsak, samaradorlik (129,4 foiz) ancha yuqori ekani ko‘rinadi.

Yana bir jihati, o‘tgan fursatda kichik tadbirkorlik subyektlari ravnaqi miqyosiga qarab vohamizda ishbilarmonlik muhiti sifatiga ham baho berish mumkin. Xo‘sh, ayni paytda soha vakillari uchun yaratilgan shart-sharoit qay darajada qulay va maqbul? Tadbirkorlar mavjud ahvoldan mamnunmi?

Buni ham statistika ko‘rsatib berdi. Faqat shu olti oyni qamrab olsak, ushbu davrda viloyatimizda 1578 ta yangi kichik korxona va mikrofirma (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil topgani guvohi bo‘lamiz. Solishtirma nisbat esa 123,9 foizga yetgan. Ma’lum bo‘ladiki, fuqarolar soha istiqboliga ishonch bilan boqishmoqda, qo‘rqmay biznesga sarmoya yo‘naltirishmoqda. Yangi subyektlarning eng ko‘pi (17,4 foizi) savdoda faoliyat boshlagan. 15,9 foizi esa o‘z omadini sanoat tarmog‘ida sinab ko‘rgan. Qurilish sohasida ularning 13,9 foizi faol ish yuritmoqda. 16,3 foiz yangi subyekt qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligiga mablag‘ tikkan. Yashash va ovqatlanish (4,4 foiz), tashish va saqlash (2,5 foiz) sohalaridagi ishtirok eng kam ulushni tashkil qilgan.

Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotida hududlar bo‘yicha har ming kishiga nechta kichik tadbirkorlik subyekti to‘g‘ri kelishi taqsimoti ham keltirilgan. Bu borada yetakchilikni Mirishkor (18,8 ta), Shahrisabz (18,2 ta), Kitob (18,2 ta) tumanlari qo‘lga kiritgan. Chiroqchi va G‘uzor tumanlarida esa har ming kishiga mos ravishda 9 va 8,9 ta mazkur mulkchilik shaklidagi subyekt to‘g‘ri keladi. Eng yomon natija esa Shahrisabz shahriga nasib etgan. Bu hududda kichik tadbirkorlikning aholi jon boshiga miqdori (8 ta) nisbatan past ekani ko‘zga tashlanadi. Bundan esa Shahrisabz shahri ahlining turli tovar va xizmatlarga bo‘lgan ehtiyoji mahalliy tadbirkorlik subyektlari tomonidan qoplanishi darajasi qoniqarsiz degan xulosaga kelish mumkin. Demak, iste’mol bozorining katta qismini chetdan keltirilgan yoki import mahsulotlar, xizmatlar egallab olgan. Bu borada ishbilarmonlarga taklif berish, yangi ishlab chiqarish quvvatlari, maishiy shoxobchalarni ko‘paytirish maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Ayni birlikning viloyat bo‘yicha olingan ko‘rsatkichi ham hech kimni befarq qoldirmasligi aniq. Vohamizda har ming kishi boshiga hisoblaganda, tegishli birlikda 13,2 ta kichik tadbirkorlik subyekti faoliyat ko‘rsatayotgani ayon bo‘ladi. 2016-va 2017-yilning mos davrlarida esa ushbu ko‘rsatkich tegishlicha 11,7 va 12,5 taga teng bo‘lgan.

Yarim yillikda kichik tadbirkorlikning turli sohalardagi ulushi holatini hududlar kesimida ko‘rib chiqsak, foydadan xoli bo‘lmaydi. Hududlar bo‘yicha sanoatda tarmoqning eng yuqori ishtiroki Kitob tumanida qayd etilgan. Ushbu hududdagi kichik tadbirkorlik subyektlari hozirgi vaqtda sanoat mahsulotlarining 100 foizini yetkazib berayapti. Shu yo‘nalishda yuqori samaradorlik Yakkabog‘ (87,5 foiz) va Chiroqchi (83,5 foiz) tumanlarida ham kuzatilgan. Aksincha, Kasbi (23,2 foiz), Koson (23,4 foiz), Qarshi (23,2 foiz), Mirishkor (20,9 foiz) tumanlarini bu borada qoloq deyish mumkin. Ulardan ham farqli ravishda, Muborak (1,4 foiz), G‘uzor (2.2 foiz), Nishon (4,8 foiz) hamda Dehqonobod (10,6 foiz) tumanlarida kichik tadbirkorlik subyeklarining hududiy sanoatdagi salmog‘i u qadar sezilmaydi. Sabab esa ushbu tumanlarning aksarida yirik sanoat korxonalarining joylashganidir. Ammo bu natija past ekaniga bahona bo‘la oladimi? Bu xususda esa keyinroq.

E’tiborlisi, deyarli barcha hududlarda kichik tadbirkorlik subyektlari qurilish sohasida o‘zini to‘laqonli ko‘rsatib ulgurgan. Bu jabhada ularga yirik raqobatchilar yo‘q hisobi. Hatto Dehqonobod, Qamashi, Mirishkor, Shahrisabz tumanlarida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlarida to‘liq ushbu tarmoq vakillari ishtirok etgani ham barchasini ifodalab turibdi. Xizmatlar tarmog‘ida ham deyarli shu ahvol. Xizmat ko‘rsatish sohasida kichik tadbirkorlik subyektlarining ulushi yuqoriligi bo‘yicha ilg‘or hududlar sirasiga Chiroqchi (99,5 foiz), Qamashi (99,1 foiz), Nishon (98,6 foiz), Mirishkor (98,6 foiz) va Koson (98,1 foiz) tumanlarini kiritish mumkin.

Shu o‘rinda kichik tadbirkorlik subyektlarining sohalar bo‘yicha mahsuldorligini hududlar kesimida ham tahlil etsak. Bu esa mavjud imkoniyatlar va salohiyatni yanada aniqlashtirishga imkon beradi. Birinchi yo‘nalish sifatida sanoat sohasini tanlaymiz. Mazkur mulkchilik shaklidagi subyektlar tomonidan sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilishi bo‘yicha mutlaq yetakchi hudud Qarshi shahri hisoblanadi. Tegishli raqam 455 milliard so‘mga yetgan va o‘tgan davrga nisbatan 102 foizga oshgan. Keyingi o‘rinlarda Kitob (115,3 milliard so‘m) va Shahrisabz tumanlari (89,1 milliard so‘m) borayapti. G‘uzor (29,5 milliard so‘m), Dehqonobod (18,7 milliard so‘m), Muborak (26,9 milliard so‘m), Nishon (30,2 milliard so‘m) tumanlarida bu boradagi ko‘rsatkichlar ro‘yxatdagi eng yomoni.

Har holda bu hududlarda kichik biznesning sanoat tarmog‘iga tuzuk integratsiyalasha olmayotganiga yirik korxonalarning daxli bo‘lmasa kerak. Har ikkisining yo‘rig‘i, yo‘nalishi boshqa, albatta. Bu tumanlar mutasaddilari o‘zlaridagi yirik sanoat korxonalari natijalari bilan havolanib, kichik tadbirkorlikni rivojlantirish masalasini bir chetga surib qo‘ygandek, tasavvur uyg‘otadi kishida. Bo‘lmasa, ayni yo‘nalishda Qarshi shahridan qariyb 25 barobar kam mahsuldorlik ko‘rsatgan Dehqonobod tumaniga kichik sanoat quvvatlarini ko‘paytirishga nima xalal beradi? Bu borada jiddiy bosh qotirish, kelgusida kichik biznes subyektlariga ko‘proq taklif berish, ko‘ringan har bir tashabbusni darhol ro‘yobga chiqarish chorasini ko‘rish lozim, fikrimizcha.

O‘z navbatida Qarshi shahridagi kichik tadbirkorlik chakana savdo aylanmasi hajmi bo‘yicha ham hududlar orasida birinchilikni egallagan. Tegishli miqdor 803,6 milliard so‘mga yetgan. Koson (412,7 milliard so‘m), Chiroqchi (363 milliard so‘m) va Qamashi (300,6 mililard so‘m) tumanlari ham bu boradagi natijalari bilan maqtana oladi. Hududlar bo‘yicha tarmoq subyektlari tomonidan eng ko‘p xizmatlar ham Qarshi shahri (756,9 milliard so‘m), Koson (177,4 milliard so‘m) va Chiroqchi (145,9 milliard so‘m) tumanlarida ko‘rsatilgan. Biroq Mirishkor (60,3 milliard so‘m) va Kasbi (67,5 milliard so‘m) tumanlarida xizmatlar sohasiga kichik tadbirkorlik subyektlarini faol jalb qilish yuzasidan ancha ish olib borish kerak ko‘rinadi. Ko‘rsatkichlar ham shunga ishora qilayapti.

Bir so‘z bilan aytganda, biznesning bu shakli bozor sharoitiga ancha moslashuvchan, keladigan xavf ko‘lami ham kichik, aksincha bu tarmoqda faoliyat yuritib ko‘proq daromad topish imkoniyati keng. Bu esa aholini tadbirkorlik qilishga undayotgan asosiy jihatdir. Tabiiyki, ishbilarmon ko‘payishi bozorlar to‘kinligini ta’minlashga xizmat qiladi. Odamlarga doimiy daromad manbai yaratilishi esa turmush farovonligini oshirishga sharoit hozirlaydi. Mamlakatimizda hududlar iqtisodiyotini ko‘tarishga erishishning muhim sharti sifatida kichik tadbirkorlikni jadal rivojlantirishga ustuvor ahamiyat qaratilayotgani sababi ham shunda.

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 47 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Bosh sahifa

Qabul kunlari

Rahbariyatga murojaat etish

Rahbariyatga murojaat etish

Viloyat hokimligining umumiy bo'limiga murojjat etish (Yangi oynada ochiladi)

Mobil versiya

Mobil versiyaga o'tish

Bog'lanish

Ishonch telefon raqami 
0(371) 200-55-05 
Ishonch telefon raqami reglament
Yagona telefon raqami
0(375) 221-07-60 
Yagona telefon raqami reglamenti

Batafsil>>>

Biz bilan bog'lanish

Sahifa adressi

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family