wrapper

Hozir yurtimizdagi qishloq xo'jaligi mahsulotlarini eksport qiluvchi korxonalar uchun ayni qizg'in palla. Dunyo bozorida ancha xaridorgir sanalgan aksariyat meva-sabzavot mahsulotlari huddi shu paytda g'arq pishib etiladi. Jumladan, uzum, xurmo, olma, yong'oq, anor singari sarxil noz-ne'matlarni yig'ib olish fursati etgan. Ularning asl sifati va ta'miga putur etmay turib, darhol mashinalarga yuklab, chet ellik xaridorlarga taqdim etish kerakligini tadbirkorlar yaxshi biladi.
                      G'uzor tumanidagi yirik eksportchi korxona – “Lavr farm” mas'uliyati cheklangan jamiyati rahbariyati ham o'tgan yilgi natijalarni yanada yaxshilash, imkon qadar ko'proq mahsulot eksport qilish payida. Binobarin, ushbu tadbirkorlik sub'ekti bultur 614 ming dollarlik mahsulotni chetga sotgan bo'lsa, 2018 yil uchun xorijlik hamkorlar bilan qiymati 5 million AQSh dollariga teng shartnoma imzolagan. Ushbu mablag'ning ma'lum qismi esa avvaldan o'tkazib ham berilgan. Shu bois buyurtmachi talabiga asosan xushta'm va servitamin meva-sabzavot mahsulotlarini uzluksiz etkazib berish ta'minlanmoqda.
- Bahor va yoz fasllarida ham hech tinim bilganimiz yo'q, - deydi korxona rahbari G'anisher Bozorov. – Mavsumga qarab turli mahsulotlarni yuklab jo'natdik. Xususan, shu vaqtgacha Rossiya davlatiga 20 tonna qovun, katta hajmda uzum, sarimsoq, piyoz, shuningdek, olxo'ri, o'rik kabi ho'l mevalar eksportini amalga oshirdik. Bundan tashqari, Ukrainaga 40 ming AQSh dollari miqdoridagi yangi uzilgan ko'katlarni sotdik. Hozirgacha tashqi bozorga yo'llangan mahsulotlar qiymati 517 ming AQSh dollariga etdi. Ayni paytda esa yana eksport qilish uchun ko'kat, xurmo va uzum jamg'arib qo'yish bilan bandmiz. Halizamon ularni ham maxsus mashinalarga ortib, xaridorlarga etkazishni boshlaymiz.
              Tadbirkorning so'zlariga ko'ra, korxona ixtiyorida chet ellik sheriklarni ta'minlash uchun yil oxirigacha mahsulot bo'ladi. Ishbilarmon bu borada o'z tomorqasida mahsulot etishtiruvchi aholi yordamiga tayanadi. Eksportga yaroqli noz-ne'matlarning salmoqli qismi maqbul narxlarda dehqon va bog'bonlarning qo'lidan yig'ib olinayapti. Eksportyor xorijda mamlakatimizda pishib etilgan qishloq xo'jaligi mahsulotlariga talab ortib borayotganini ham alohida e'tiborga olgan.  Ayrim turdagi meva-chevani o'z imkoniyati bilan etishtirishga bel bog'lagan. Shu yili tuman hududidan tadbirkorga 70 gektarga yaqin er maydoni ajratib berildi. Uning katta qismida tokzor barpo etildi. Qolaversa, ko'plab o'rik va olxo'ri nihollari o'tqazib, mo''jaz bog' ham yaratilgan. Bu bog'lar 3-4 yilda o'z mevasini berishni boshlaydi.  Tabiiyki, sara mahsulot eksportdan ortmaydi.
Mirzohid JO'RAYEV
Sobir NARZIYEV olgan suratlar.
Qashqadaryogz.uz ma'lumotlari asosida

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 197 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family