wrapper

Bugun mamlakatimizda ichki bozorni go'sht va go'sht mahsuloti bilan asosan qoramolchilik va qo'ychilik singari chorvachilik tarmoqlari ta'minlayotgani hech kimga sir emas. Bu borada keyingi o'rin parrandachilik sohasiga tegishli. Baliqchilik hamda quyonchilik esa ushbu ro'yxatda juda kichik ulushga ega.

Shu o'rinda ulardan qay biri foydaliligi jihatidan ustunroq ekani xususida bahslashish joiz emas. Chunki har biri o'ziga xos afzalligi bilan ajralib turadi.
Ammo ma'lum darajada birining o'rnini boshqasi bilan bosish, xaridorga maqbulini taklif etish imkoni mavjud. Shu narsa aniqki, ayni paytda ko'pchilik sevib iste'mol qiladigan go'shtga ehtiyoj yildan-yilga o'sayapti. Bu aholi soni, moddiy farovonligi oshib borayotgani bilan ham bog'liq. Mazkur ne'mat mo'l, shu bilan birga, arzon bo'lishini ta'minlash esa asosiy masaladir. Ko'zlangan maqsadga qanday erishish mumkin? Shubhasiz, barcha sohalar imkoniyatidan samarali foydalanib.
Aytaylik, muqobil echim sifatida kurkachilik tarmog'ini olib qarasak. Muhimi, bu faoliyat xalqimizga u qadar notanish emas. O'z xonadonida kurka boqib, tuxum va parhez go'sht etishtirib kelayotgan oilalar hozir ham ko'p. Biroq viloyatimizda kurkachilik yirik ishlab chiqarish darajasida tovuqchilik va bedanachilikdek keng ommalashmagan. Bor quvvatlar bilan esa mahsuldorlik borasida maqtanib bo'lmaydi. Xo'sh, bunga sabab nima? Tarmoqdan yuqori manfaatdorlik kutish qiyinmi?
- 10 yil avval kurkachilikni yo'lga qo'yganimizda biz ham shunday o'ylay boshalagandik, - deydi Qamashi tumanidagi “Iqbolxonim parrandasi” fermer xo'jaligi rahbari Salim Normurodov. – Vaqt o'tib ko'rdikki, bu fikr butunlay noto'g'ri ekan. Oddiy xomcho'tga solsak. Uch makiyonga 15 tadan tuxum tashlab, jo'ja ochiramiz. Mayli, 30 tasi o'lmay qolsin. Go'shtga so'yishga tayyor bir kurkaning bozor narxi hozir 70-80 ming so'm atrofida. 10 tasi egan-ichgan xarajatini qoplasa, qolgani foydaga-da. Mana, kurkachilikni xo'jaligimizning etakchi tarmog'iga aylantirishga undagan narsa. To'g'ri, samarasini uzoq kutish kerak. Negaki kurka, jo'jaligidan 6-7 oy boqilsagina, zarur vazn to'playdi. Avvaliga ochiq maydonda o'tlatib boqiladi. Keyin bir oy “bo'rdoqi”ga tashlanadi. Xullas, ishi biroz injiq. Shunga qaramasdan, yaxshi daromad keltiradi. Shu yilda ham 30 million so'mga yaqin sof foyda olishni ko'zlab turibmiz.

 Ishbilarmonning so'zlariga ko'ra, jo'ja etishtirish ham xo'jalikning o'zida amalga oshiriladi. Buning uchun inkubasiya sexi tashkil etilgan. Bir martada 800-1000 tagacha tuxumdan jo'ja ochiriladi. Bu yil davomida yig'ib olinadigan tuxum shundan umuman ortmaydi, degani. Fermer kurkani asosan go'shti uchun parvarishlaydi. Parranda 2-4 kilogramm vazn qilguncha saqlanadi. Yil boshidan shu vaqtga qadar aholiga 2 tonnadan ziyod parhez go'sht etkazib berilgan.  Yana 1100 bosh kurka so'yish uchun tayyorlanmoqda. Tadbirkor so'nggi vaqtda go'shtdan ham ko'ra jo'jaga talab yuqori ekanini aytadi. Xaridorlarga 6 ming jo'ja sotilgani buning tasdig'idir.
Tan olish kerak, 3-4 kilogramm go'sht ishlab chiqarish uchun yarim yil juda ko'p. Mahalliy zotga mansub kurkalardan bundan ortig'iga umid qilish yaramaydi aslida. Dunyo tajribasidan ma'lum bo'lishicha, go'sht yo'nalishida kurkaning yuqori mahsuldorlikka ega zotlari ham yaratilgan. Ushbu nasldor qushlar nisbatan qisqa muddatda etiladi. Ahamiyatlisi, mahalliy tadbirkorlar yurtimizda shunday kurkalarni sanoat usulida parvarishlashni tashkil etishga e'tibor qaratishmoqda. Bultur vohamizda ilk bor shu yo'nalishda ish boshlangandi. Mazkur istiqbolli loyiha esa yaqinda muvaffaqiyatli ro'yobga chiqarildi.
Gap shundaki, Qamashi tumanidagi “Azza parranda servis” mas'uliyati cheklangan jamiyati tomonidan zamonaviy kurkachilik majmuasi barpo etildi. Shu maqsadda tadbirkorlik sub'ektiga zarur bino-inshootlarni qurish, ozuqa bazasini yaratish uchun tuman hududidan 300 gektardan oshiq er ajratib berilgan. Loyiha qiymati 29 milliard so'mni tashkil etgani ham uning qay darajada ko'lamdor ekanini anglatib turibdi. 70 nafar kishini mehnat bilan band qilgan parrandachilik fabrikasi bir oy ilgari ishga tushirildi.
- Germaniyadan 40 ming dona tuxum olib kelib, inkubatorlarda ochirdik, - deydi fabrika texnologi Sayfiddin Najmiddinov. – Ushbu nasldor kurka zoti “Xaybrid konverter” deb ataladi. O'z nomidan ham ma'lumki, gibrid parranda. Nega uni tanladik? Boisi, har qanday iqlim sharoitiga tez moslashadi. Kasalliklarga chalinish ehtimoli esa juda past. Ancha tez vazn to'playdi. Odatda modasi 13-14 kilogrammgacha, xo'rozi 20-22 kilogrammgacha tosh bosadi. Ba'zan tirik vazni 30 kilogacha etishi mumkin. Buning uchun esa 130-140 kun kifoya qiladi. Asosiysi, sifatli go'sht beradi. Tabiiyki, mol go'shtidan ancha arzon bo'ladi. Bu mamlakatimiz parrandachilik sanoatidagi yangilik desak xato qilmayman.
Mutaxassisning fikricha, kurkalarning qarovi qiyin emas. Faqat rivojlanishi uchun maqbul sharoit yaratib berilsa bo'lgani. O'sish davriga qarab muayyan rasion asosida oziqlantirib boriladi. Majmuani qurish jarayonida ham barcha talablar e'tiborga olingan. Kurkalar parvarishi uch bosqichda amalga oshiriladi. Shu maqsadda tuzilishi va jihozlanishi jihatidan bir-biridan farq qiluvchi 3 xil kurkaxona tashkil etilgan. Biri jo'jalar parvarishiga ixtisoslashgan. Ma'lum muddat o'tib, ular boshqa kurkaxonaga ko'chiriladi. Oxirgi   bosqich esa semirtirish uchun maxsus rejimda boqishni ko'zda tutadi. Har bir blok isitish va ventilyasiya tizimi bilan jihozlangan.
Ma'lumot o'rnida aytish kerakki, mazkur nasldor kurkalarni mahsuldorligi bois tuyaqushlarga mengzashadi. Ushbu gibrid chiroyli tovar ko'rinishiga ega bo'lgani uchun ham boshqa qushlardan ajralib turadi. “Xaybrid konverter” kanadalik seleksionerlar mehnati mahsulidir.  Tashqi ko'rinishidan o'lchami yirik bo'lishiga qaramasdan, umumiy massasining 85 foizini go'sht tashkil etadi. Jo'jalari yashovchanligi bo'yicha ham yuqori ko'rsatkich (85-87 foiz)ga ega.
Sayfiddin Najmiddinovning aytishicha, kelgusi yil yanvar oyiga borib boqilayotgan kurkalar suyishga tayyor bo'ladi. Ushbu jarayonni bir yilda 3 siklga etkazish maqsad qilingan. Shunda fabrika iste'mol bozorini 2 ming tonnadan ziyod parhez go'sht bilan ta'minlash imkoniga ega bo'ladi. Shubhasiz, bu  kichik raqam emas. Mahsulot to'lig'icha ichki bozorga yo'naltiriladi. Mana, kurkachilikni rivojlantirishga qaratilgan sa'y-harakatlar qanday natijadorlik kasb etadi?! Bu aholining arzon va parhezbop go'shtga bo'lgan talabi baholi qudrat qoplanishiga xizmat qilishi turgan gap.
Mirzohid JO'RAYEV
Sobir NARZIYEV olgan suratlar.
                                                                                       Qashqadaryogz.uz ma'lumotlari asosida

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 161 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Bosh sahifa

Qabul kunlari

Rahbariyatga murojaat etish

Rahbariyatga murojaat etish

Viloyat hokimligining umumiy bo'limiga murojjat etish (Yangi oynada ochiladi)

Mobil versiya

Mobil versiyaga o'tish

Bog'lanish

Ishonch telefon raqami 
0(371) 200-55-05 
Ishonch telefon raqami reglament
Yagona telefon raqami
0(375) 221-07-60 
Yagona telefon raqami reglamenti

Batafsil>>>

Biz bilan bog'lanish

Sahifa adressi

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family