wrapper



Muborak gazni qayta ishlash zavodidagi propan-butan aralashmasi olishning ishlab turgan qurilmalarini modernizasiya qilish bo'yicha loyihaning texnik-iqtisodiy asosi hukumat tomonidan tasdiqlandi. Bu haqda "Podrobno.uz" internet nashri xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, loyihaning umumiy qiymati 15 million AQSh dollaridan oshadi va barcha mablag' "O'zbekneftgaz" tomonidan moliyalashtiriladi. Ob'ektlarni foydalanishga topshirish 2019 yilning sentyabriga mo'ljallangani qayd etilgan.

Ma'lum bo'lishicha, Muborak GQIZ rahbariyati zarur detallar  tayyorlovchi zavodlar bilan to'g'ridan-to'g'ri muzokaralar olib borgan. Uning yakunlariga ko'ra, allaqachon tomonlar o'rtasida zarur uskuna, butlovchi qismlar va materiallar etkazib berish borasida kelishuvga ham erishilgan. Tuzilgan shartnomalar qiymati 10 million AQSh dollaridan ziyodga baholangan.

Ta'kidlash joizki, mazkur istiqbolli loyihaning samarali ro'yobga chiqishi natijasida ushbu yirik korxonaning yillik mahsulot ishlab chiqarish hajmi 281,5 ming tonna suyultirilgan gazga etadi. O'sish esa 23,2 ming tonnani tashkil qiladi. Yiliga gaz kondensati ishlab chiqarish quvvati esa 7,5 ming tonnaga oshib, jami 90,7 ming tonnaga teng bo'lishi kutilmoqda.

Shundan har yili 31,7 ming tonna mahsulotni eksportga yo'llash reja qilingan. Bu esa mavjud ko'rsatkich avvalgiga qaraganda 11,6 ming tonnaga oshadi degani.

Ma'lumot o'rnida shuni keltirish kerakki, nafaqat viloyatimiz, balki respublika neft-gaz tarmog'idagi eng yirik sanoat gigantlaridan sanalgan Muborak gazni qayta ishlash zavodi o'tgan asrda, aniqrog'i 1971 yilda ishga tushirilgan. Hozirgi vaqtda korxonada propan-butan aralashmasi olish qurilmasining 3 bloki ishlab turibdi. Zavod yiliga 260 ming tonna suyultirilgan gaz ishlab chiqarish quvvatiga ega. Suyultirilgan gaz va gaz kondensatidan tashqari sub'ekt iste'mol bozorini tabiiy gaz hamda kimyo va oziq-ovqat sanoati uchun qimmatbaho xomashyo hisoblangan oltingugurt bilan ta'minlab kelmoqda.

 

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 88 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family