wrapper



Joriy yil oxiriga qadar Kasbi tumanida "Indorama-agro" xorijiy korxonasi tomonidan tekstil fabrikasi faoliyati yo‘lga qo‘yilishi ko‘zda tutilgan. Umumiy qiymati 35 million AQSH dollariga baholangan ushbu istiqbolli loyiha doirasida to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish tashkil etiladi. Ushbu tashabbus to‘liq chet el sarmoyasi hisobidan ro‘yobga chiqariladi. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portali - regulation.gov.uzda e’lon qilingan "2019-2020- yillarda Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanining sanoat salohiyatini oshirish to‘g‘risida"gi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasida shu haqda so‘z boradi.

Ahamiyatlisi, ushbu qaror loyihasi shu yil 14-yanvar kuni muhokamaga qo‘yilgan bo‘lib, jarayon 29-yanvar kuni yakunlanadi. Bu hujjatga asosan Kasbi tumanida sanoatni rivojlantirish sohasidagi loyihalarning manzilli ro‘yxati tasdiqlanishi belgilangan. Bu ro‘yxatdan esa 64 ta sanoat yo‘nalishidagi loyiha o‘rin olgan. Ularni amalga oshirish uchun jami 394 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi. Shuning 44 million AQSH dollarini xorijiy investitsiyalar tashkil etishi kutilayapti.

Singapurning tekstil sanoatidagi yirik kompaniyasi ta’sischiligida faoliyat boshlagan "Indorama-agro" xorijiy korxonasi ilgari surgan tashabbus, shubhasiz, eng yirigidir. Loyiha hayotga muvaffaqiyatli tatbiq etilsa, 70 kishining bandligi ta’minlanadi.

Boshqa bir yengil sanoat korxonasi - "Big region" mas’uliyati cheklangan jamiyati Kasbi tumanida trikotaj va jinsi mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etishga doir biznes-rejani taklif etgan.

Ma’lumot o‘rnida aytish joiz, shu paytgacha Kasbi tumanida paxta tolasini chuqur qayta ishlash va undan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi yirik korxona mavjud bo‘lmagan. E’tiborlisi, hududda har yili katta miqdorda tarmoq barqaror ishlashi uchun zarur qimmatli xom ashyo yetishtiriladi.

M.SHUHRATOV

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 132 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family