wrapper

Siyosat

Qulay fursatni boy bermang ishbilarmon investorlar!

2018 yilning 11 oktyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat mulki ob'ektlarini va er uchastkalariga bo'lgan huquqlarni tadbirkorlik sub'ektlariga sotish tartibini soddalashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi 5552-son Farmoni qabul qilindi.
Farmonga muvofiq, endilikda, savdolarga chiqarilgan davlat mulki ob'ektlari – Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi va viloyatlar hokimlari tomonidan o'z vakolatlari doirasida aniqlangan ko'chmas mulk ob'ektlari investisiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarni belgilagan holda - 1 so'mga teng qiymatdagi boshlang'ich narxda sotilishi belgilandi.
Shuningdek, boshqa ko'chmas mulk ob'ektlari bo'yicha – qayta baholanmasdan, ularni o'tkazish kunidagi savdolarda shakllangan narxda “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasiga o'tkaziladi va savdoga chiqariladi.
Investisiyaviy loyihalarni amalga oshirish uchun auksion o'tkazmasdan, investor bilan to'g'ridan-to'g'ri muzokaralar orqali investisiyaviy hamda ijtimoiy majburiyatlar belgilagan holda er uchastkalarini berish va bo'sh turgan davlat ko'chmas mulk ob'ektlarini belgilagan holda sotib olish imkoniyati ham tug'ildi.
Unga ko'ra, tegishli davlat idoralari tomonidan davlat mulki ob'ektlari va er uchastkalariga bo'lgan huquqlarni sotish tartibini soddalashtirish bo'yicha eksperiment tartibi belgilandi.
Eksperiment tartibi bilan davlat mulki ob'ektlari va er uchastkalari “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida tanlov ishtirokchisining investisiyaviy va ijtimoiy majburiyatlari inobatga olingan holda sotiladi.
“Elektron onlayn-auksion savdolarni tashkil etish markazi” DUK tomonidan tashkillashtirilayotgan elektron onlayn-auksion savdolariga Respublikaning tuman va shahar xokimliklari tomonidan 5077 ta bo'sh er uchastkalari, 1 trl. 737 mlrd. 753 mln. so'm investisiya kiritish, 26494 ta yangi ish o'rinlarini yaratish sharti bilan 92 mlrd. 27 mln. 900 ming so'm miqdordagi mol-mulklar auksion savdolariga chiqarildi.
Bugungi kunga qadar "E-IJRO AUKSION" elektron onlayn-auksion savdolarida 2483 ta bo'sh er uchastkalari 723 mlrd. 143 mln. so'm investisiya kiritish, 9820 dan ortiq yangi ish o'rinlarini yaratish sharti bilan 17 mlrd. 134 mln. 100 ming so'mga sotildi.
Hozirda "E-IJRO AUKSION" elektron onlayn-auksion savdolarida 2594 ta bo'sh er uchastkalari 86 mlrd. 547 mln. 600 ming so'm miqdordagi auksion savdolariga chiqarildi.
Misol uchun, elektron onlayn-auksion savdolariga bugungi kunda birgina, Qashqadaryo viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 27 tabo'sh turgan davlat mulki ob'ektlari boshlang'ich bahosi 1 so'm miqdorida, 227 yangi ish o'rinlarini yaratish hamda 10 mlrd. 223 mln. so'm investisiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;
Jumladan:
- Qashqadaryo viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 4 tabo'sh turgan davlat mulki ob'ektlari boshlang'ich bahosi 1 so'm miqdorida, 38 yangi ish o'rinlarini yaratish hamda 1 mlrd. 420 mln. so'm investisiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;

AUKSIONDAGI ISHTIROKINGIZ YURT RAVNAQIHAMDA BIZNESINGIZ TARAQQIYOTIGA ULKAN HISSA QO'SHADI

Batafsil

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasi

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SHAVKAT MIRZIYOYEVNING

 

OLIY MAJLISGA MUROJAATNOMASI

 

 

Hurmatli senator va deputatlar!

 

Qadrli yurtdoshlar!

 

Muhtaram mehmonlar!

Batafsil

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasi

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SHAVKAT MIRZIYOYEVNING

 

OLIY MAJLISGA MUROJAATNOMASI

 

 

Hurmatli senator va deputatlar!

 

Qadrli yurtdoshlar!

 

Muhtaram mehmonlar!

Batafsil

Saxovatli qashqadaryo zamini ulkan o'zgarishlar arafasida

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, yirik loyihalar bilan yaqindan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida 13-14 dekabr kunlari Qashqadaryo viloyatida bo'ldi.

Tashrifning ikkinchi kuni Prezident Shavkat Mirziyoev rahbarligida Qarshi shahrida Qashqadaryo viloyati iqtisodiyotini rivojlantirish, aholi turmush sharoitini yanada yaxshilash masalalariga bag'ishlangan videoselektor yig'ilishi bo'lib o'tdi. Unda viloyat faollari, deputatlar, shaharlar va tumanlar hokimlari, sektorlar rahbarlari, keng jamoatchilik vakillari qatnashdi.

Davlatimiz rahbari 2018 yilda qabul qilingan "Obod qishloq" va "Obod mahalla" dasturlari doirasida viloyatning 28 ta qishloq va 4 ta mahallasi obod qilinib, ularda yashayotgan 300 ming aholining turmush sharoiti yaxshilanganini ta'kidladi.

Jumladan, 17 mingta hovli-joy, 193 ta ko'p qavatli uy, 82 ta ijtimoiy soha ob'ekti, yuzlab kilometr yo'l va ko'chalar, suv va elektr tarmoqlarida qurilish-ta'mirlash ishlari amalga oshirildi. Bunga qariyb 300 milliard so'm sarflandi.

Viloyatda ichimlik suvi ta'minotini yaxshilash borasida sezilarli ishlar qilingani, biroq bu kifoya emasligi qayd etildi. Bu ishlar ko'lamini oshirish maqsadida Koson, Muborak, Qamashi va G'uzor tumanlari ichimlik suvi ta'minoti tizimlarini rekonstruksiya qilish, Dehqonobod tumanidagi 38 aholi punktida yashayotgan 104 ming kishini markazlashgan ichimlik suvi bilan ta'minlash loyihalari amalga oshiriladi.

Aholining arzon uylarga talabini qondirish uchun joriy yilda qishloq joylarda 3 mingdan ziyod yoki o'tgan yilga nisbatan ikki barobar ko'p arzon namunali uy-joy, shunindek, Qarshi shahrida jami 630 xonadonli 14 ta ko'p qavatli uy qurildi. 2019 yilda 190 mingdan ziyod aholi yashaydigan 39 ta qishloq va 6 ta mahalla obodonlashtiriladi. Qishloq joylarda 1 ming 205 ta arzon namunaviy uy-joy, shaharlarda 14 ta ko'p qavatli uy barpo etiladi, aholining ichimlik suvi ta'minoti yaxshilanadi, dedi davlatimiz rahbari.

Mamlakatimizning Buyuk Britaniya, Eron va Polshadagi elchixonalari Qashqadaryo viloyatiga biriktirilgan. Prezidentimizning tashrifi doirasida Qarshi shahrida o'tgan taqdimotlarda Buyuk Britaniyadagi elchimiz Alisher Shayxov 276 million dollarlik 5 ta loyiha, Polshadagi bosh diplomatimiz Bahrom Boboev 163 million dollarlik 8 ta, Erondagi elchimiz Bahodir Abdullaev 61 million dollarlik 9 ta loyihani amalga oshirishga investisiya kiritish bo'yicha takliflar berdi.

Davlatimiz rahbari bu loyihalar etarli emasligini, elchilar xorijiy investisiya jalb etishni kamida 2 barobar ko'paytirishi lozimligini ta'kidladi.

Elchilarimiz bulardan tashqari 2019 yilda har bir tumanga qo'shimcha kamida 10 million dollardan xorijiy investisiya jalb qilishga ko'mak berishi kerak, dedi Shavkat Mirziyoev.

Yig'ilishda viloyatda ijtimoiy sohani rivojlantirish, ta'lim muassasalari faoliyatini yaxshilash, 2019 yilda maktabgacha ta'lim muassasalari va umumta'lim maktablarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta'mirlash rejalari haqida ham so'z yuritildi.

Ishsizlikni kamaytirish masalasiga e'tibor qaratildi. Sanoat, qishloq xo'jaligi va xizmat ko'rsatish sohalarida umumiy qiymati 15 trillion so'm bo'lgan 1 ming 200 dan ziyod loyiha bo'yicha takliflar ishlab chiqilgani, ular amalga oshishi bilan 29 mingta doimiy ish o'rni yaratilishi qayd etildi.

Hududda turizmni rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlar ishga solinadi. Bu borada Shahrisabzda yil davomida madaniy-ko'ngilochar tadbirlar va anjumanlar o'tkazib borish orqali turistlarni keng jalb qilish uchun ko'hna Keshni Festivallar shahriga aylantirish taklifi berildi.

Ijtimoiy hayotni yaxshilash uchun, avvalo, iqtisodiyotni rivojlantirish kerak. Buning uchun iqtisodiyot tarmoqlarini modernizasiya qilish talab etiladi. Faqat xomashyo etishtirish emas, balki uni tayyor mahsulot shaklida sotish tizimini yo'lga qo'yish zarur, dedi davlatimiz rahbari.

Yig'ilishda paxta klasterlari faoliyatini samarali tashkil qilish, meva-sabzavot va poliz mahsulotlari etishtirish bo'yicha mavjud imkoniyatlardan to'liq foydalanish, har bir tuman iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda bog'dorchilik, chorvachilik va parrandachilikni rivojlantirish yuzasidan topshiriqlar berildi. Joylardagi ijro organlari bu borada sustkashlikka, befarqlikka yo'l qo'yayotgani tanqid qilindi.

Qashqadaryo bag'rikeng, tanti va g'ururli el. Bu erda amalga oshirilayotgan islohotlar samarasi ham shunga munosib bo'lishi kerak. Biz, albatta, Qashqadaryo aholisi uchun munosib turmush sharoiti yaratamiz, xususan, xotin-qizlar, yoshlar muammolarini hal etishga e'tiborni kuchaytiramiz, ijtimoiy ta'minotga muhtoj qatlamni qo'llab-quvvatlaymiz, buning uchun rahbar xodimlarimizdagi mudroqlik kayfiyatini, korrupsiyani yo'qotamiz, dedi Shavkat Mirziyoev.

Prezidentimiz videoaloqa orqali tumanlardagi aholi vakillari bilan muloqot qilib, ularning taklif va istaklarini bajarish bo'yicha mutasaddilarga topshiriqlar berdi.

Shu kuni Shavkat Mirziyoev Qarshi shahrida O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov haykali poyiga gul qo'yib, uning xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

Islom Karimov Qashqadaryoga rahbarlik yillarida viloyat iqtisodiyotini ko'tarish, ijtimoiy muammolarni hal etish yo'lida ko'p ishlar qilgani yodga olindi.

Davlatimiz rahbari Qarshi shahrida bunyod etilayotgan "Vatanparvarlar" bog'ini borib ko'rdi.

Shavkat Mirziyoev joriy yil yanvar oyida Qashqadaryo viloyatiga tashrifi chog'ida Qarshi shahridagi Islom Karimov ko'chasida joylashgan Bolalar bog'i nomini "Vatanparvarlar" deb o'zgartirish, bu erda ana shu sharafli nomga uyg'un ruhda rekonstruksiya ishlarini amalga oshirish yuzasidan topshiriq bergan edi.

Bog'ni barpo etishdan maqsad yoshlarda tariximiz va madaniyatimizdan g'ururlanish tuyg'usini kuchaytirish, Vatan ravnaqi yo'lida fidokorona kurashgan milliy qahramonlarimiz nomini abadiylashtirish, armiyamiz qudrati va salohiyatiga ishonchni kuchaytirishdan iborat.

Qariyb 7 gektar hududdagi "Vatanparvarlar" bog'i ana shu maqsadlarga hamohang tarzda yangi qiyofa kasb etmoqda. Bu erda 2018-2019 yillarda 29,3 milliard so'mlik rekonstruksiya ishlari amalga oshiriladi. Sun'iy ko'l, kirish darvozasi, amfiteatr, blendaj, o'q otish joyi va lukodrom qurilishi yakunlandi. Muzey qurilishi tugallanish arafasida, parashyutdan sakrash minorasi qurilishi, ko'kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda.

Bog' hududiga Mudofaa vazirligi tomonidan taqdim etilgan, turli yillarda xizmat qilgan 24 ta harbiy texnika maketi o'rnatilgan. Maxsus tayyorlangan blendajni ko'rgan kishi ko'z o'ngiga Ikkinchi jahon urushida mardonavor jang qilgan vatandoshlarimiz keladi.

Bog'da o'rnatilgan O'zbekiston xaritasining ulkan maketida har bir viloyatning buyuk siymolari, qadimiy obidalari, serviqor tog'lari, daryolari, bepoyon kengliklari aks ettirilgan.

Muxtasar aytganda, bu erga tashrif buyuruvchilar O'zbekistonimiz hududlari haqida to'liq ma'lumotga ega bo'ladi.

Bog' yaqinida qurilgan 4 ta zamonaviy ko'p qavatli turar joy, xalqaro talablarga javob beradigan zamonaviy yopiq suzish havzasi hudud manzarasini yanada go'zallashtiradi.

Prezidentimiz bog'da yaratilgan sharoitlarni ko'zdan kechirdi, ta'lim muassasalaridagi "Jasorat" guruhlari a'zolari bilan suhbatlashdi.

Bunday maskanlar yoshlarga xalqimiz tarixi, ma'naviyati va madaniyati haqida yaqqol taassurot beradi. Endi bundan samarali foydalanish, ushbu maskanga yoshlarni ko'proq olib kelib, ochiq darslar o'tkazish kerak, dedi Shavkat Mirziyoev.

O'zbekistonning Ikkinchi jahon urushidagi g'alabaga qo'shgan hissasining ahamiyatini yoshlarga etkazish, tinchlik-osoyishtaligimiz uchun katta xizmatlar qilgan vatandoshlarimiz haqida so'zlab berish zarurligi ta'kidlandi.

Davlatimiz rahbari "Vatanparvarlar" bog'i yonida qad rostlagan yangi suv sporti majmuasi bilan tanishdi. Ushbu zamonaviy inshootda 25x11 metrlik to'rt yo'lakdan iborat ikkita suzish havzasi mavjud. Tashqi ko'rinishi parvoz qilayotgan qushni eslatadigan inshoot havzasidagi suv maxsus filtrlar yordamida to'liq yangilab turiladi. Yuvinish, ovqatlanish, tibbiyot va fitnes xonalarida barcha qulayliklar yaratilgan. Bu erdagi zamonaviy sharoitlar ota-onalarning, yoshlarning suv sportiga qiziqishini oshiradi.

Shavkat Mirziyoev bu erda shug'ullanayotgan yosh sportchilar bilan suhbatlashib, ularga kelgusi musobaqalarda omadlar tiladi.

Shu bilan Prezidentimizning Qashqadaryo viloyatiga tashrifi yakunlandi.

Ulug'bek ASROROV,

Umar ASROROV,

Ziyodulla JONIBYEKOV,

O'zA maxsus muxbirlari

 

 

Batafsil

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 106 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family