wrapper

Iqtisodiyot

Taraqqiyot yo'limizning shiddati oshavyeradi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2018 yil 28 dekabr kuni Oliy Majlisga navbatdagi Murojaatnomani taqdim etdi.
Toshkent shahridagi Simpoziumlar saroyida bo'lib o'tgan anjumanda Oliy Majlis Senati a'zolari va Qonunchilik palatasi deputatlari, Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralar rahbarlari, diplomatik korpus va  xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari vakillari, nodavlat tashkilotlar faollari ishtirok etdi. Anjumanni videokonferensiya aloqa tizimi orqali viloyat, tuman va shaharlardagi mahalliy kengashlar deputatlari, barcha bo'g'indagi ijro hokimiyati va xo'jalik boshqaruvi organlari rahbarlari, shuningdek, mamlakatimizning chet ellardagi elchilari kuzatib bordi.
Bir yil muqaddam mamlakatimiz tarixida ilk marta O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi taqdim etilgan edi. Davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan yangilashga qaratilgan ushbu dasturilamal darajasidagi nutq asosida joriy yil uchun puxta amaliy rejalar tuzildi, xalqimizga munosib hayot barpo etish yo'lida ezgu tashabbuslar belgilandi.
Davlatimiz rahbari Murojaatnoma rejalarini hayotga izchil joriy etishning dasturi sifatida mamlakatimizda 2018 yilni Faol tadbirkorlik, innovasion g'oyalar va texnologiyalarni qo'llab-quvvatlash yili, deb e'lon qilishni taklif etdi. 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasining navbatdagi bosqichi bo'lgan 2018 yilda el-yurtimiz  farovonligini yanada yuksaltirish yo'lida to'la ma'noda ulkan bunyodkorlik, qurilish-obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.
Bu safargi Murojaatnomada ham yakunlanayotgan yilda amalga oshirilgan ishlar va kelasi yilga mo'ljallangan rejalar, Vatanimizning ichki va tashqi siyosatidagi asosiy tamoyillar bayon etilgani bilan barchada katta qiziqish uyg'otdi.
2018 yilda aholining real daromadlari 2017 yilga nisbatan 12 foiz oshdi. Soliqlarning prognozdan oshirib bajarilgan qismi hisobidan hududlarda 5,5 trillion so'm qo'shimcha mablag' qoldirilgani, bu o'tgan yilga nisbatan 6 barobar, 2016 yilga nisbatan esa 32 barobar ko'p bo'lgani qayd etildi.
Odamlarning hayotdan rozi bo'lib yashashi uchun qulay sharoit yaratish davlatimizning doimiy e'tiborida bo'ldi. "Obod qishloq" va "Obod mahalla" dasturlari doirasida 416 ta qishloq yangicha qiyofa kasb etdi. "Har bir oila - tadbirkor", "Yoshlar - kelajagimiz" dasturlarini izchil tatbiq etishga kirishildi.
Murojaatnomada ijtimoiy-iqtisodiy hayotimizning boshqa sohalarida ham muhim qadamlar qo'yilgani qayd etildi. Ochiq iqtisodiyot, sog'lom raqobat, ishbilarmonlik va investisiya muhitini tubdan yaxshilash, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, odamlarning hayot sharoitini yaxshilash bo'yicha aniq chora-tadbirlar belgilab berildi.
Prezident Shavkat Mirziyoev taklifiga muvofiq, joriy yildagi ishlarni mantiqiy davom ettirish va yuksak bosqichga ko'tarish maqsadida 2019 yil mamlakatimizda Faol investisiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili deb e'lon qilindi.
Bir so'z bilan aytganda, kirib kelayotgan yilning bosh hujjati bo'lgan Murojaatnomada bayon qilingan har bir ustuvor yo'nalish ijrosi mamlakatimiz tarixida yangi sahifa ochadi, xalqimizning yangi, yanada yuksak marralarni qo'lga kiritishida poydevor bo'lib xizmat qiladi.
Matnazar ELMURODOV,
O'zA muxbiri


Batafsil

Qimmatli qog'ozlar fond bozorida oshkora taklif etiladi

Dunyoning rivojlangan mamlakatlari tajribasida ko'rish mumkinki, yirik-yirik kompaniyalar o'zlari chiqargan aksiyalarni fond birjasida aholiga va tadbirkorlik sub'ektlariga birlamchi (IPO) va ikkilamchi (SPO) oshkora taklif etadi. Masalan, IPO o'tkazishdan bir qator maqsad ko'zlangan. Avvalo tegishli kompaniya shu orqali o'z faoliyatiga katta miqdorda investisiya jalb qilishi mumkin. Aksiyalarning xaridorgirligi esa kompaniyaning qay darajada iqtisodiy  barqaror va mahsuloti xalq orasida qanchalik mashhur ekaniga bog'liq. IPO o'tkazish natijasida kompaniya o'z aksiyalarining ob'ektiv va real bahosini bilib oladi. Shunda aksiyalarni eng katta narx taklif etayotgan investorga sotish imkoni yuzaga keladi.

Ahamiyatlisi, mamlakatimizda ham ushbu amaliyotni bosqichma-bosqich qo'llashga o'tish bo'yicha ishlar boshlangan. Xususan, davlatimiz rahbarining 2017 yil 17 yanvardagi "Tadbirkorlik maqsadlarida foydalanish uchun davlat mulki ob'ektlarini sotishni jadallashtirish va uning tartib-taomillarini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi farmoniga muvofiq, davlat mulki ob'ektlarini sotishda ushbu amaliyotdan keng foydalanish belgilangan. Shu bilan birga, bu hujjatda ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan elektron shaklda o'tkaziladigan tanlov va auksionlarni tashkil etish ham ko'rsatib o'tilgan.

Qimmatli qog'ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi viloyat hududiy boshqarmasida bo'lib o'tgan seminarda shu xususda atroflicha so'z yuritildi. "Aksiyadorlik jamiyatlarida axborotlarning oshkor etilishi, qimmatli qog'ozlarni joylashtirish usullari hamda qimmatli qog'ozlar bozoriga doir ayrim normativ hujjatlarga kiritilgan o'zgartirish va qo'shimchalar" mavzusidagi tadbirda qimmatli qog'ozlar bozorining professional mutaxassislari, vohamizdagi mavjud aksiyadorlik jamiyatlari mas'ullari, OAV vakillari qatnashdi.

Seminarda ishtirokchilarga kelgusida amaliyotga faol joriy etish mo'ljallangan bu usullarning afzalligi, iqtisodiy samarasi haqida ma'lumot berildi. Mazkur tushunchalar mazmun-mohiyatiga aniqlik kiritildi.

- IPO - bu aksiyalar va fond bozoridir, - deydi "Freedom Finance" mas'uliyati cheklangan jamiyati viloyat filiali mutaxassisi Elbek Karimov. - Uning holati emitent aksiyalarining miqdori hamda ularga bo'lgan talabning ko'pligiga qarab o'zgaradi. IPO (InitiaI public offering) inglizcha so'zdan olingan bo'lib, qimmatli qog'ozlarni birlamchi oshkora taklif etish, SPO esa ikkilamchi degan ma'noni bildiradi. Sodda qilib aytganda, u aksiyalarning cheklanmagan shaxslar orasidagi dastlabki sotuvi, ya'ni dastlabki taklif qilinishidir. Bu amaliyot yurtimizda ilk bor qo'llanayapti. Bu borada yangi mexanizm ishlab chiqilmoqda. Jahon aksiya va fond bozorida keng qo'llanayotgan bu usul mamlakatimiz iqtisodiyotining yanada rivojlanishiga salmoqli hissa qo'shishi shubhasiz.

Tadbirda ishtirokchilar mavzu yuzasidan o'zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javob olishdi.

 

Batafsil

Qulay fursatni boy bermang ishbilarmon investorlar !

Joriy yilning 11 oktyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat mulki ob'ektlarini va er uchastkalariga bo'lgan huquqlarni tadbirkorlik sub'ektlariga sotish tartibini soddalashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi 5552-son Farmoni qabul qilindi.

Farmonga muvofiq, endilikda, savdolarga chiqarilgan davlat mulki ob'ektlari – Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi va viloyatlar hokimlari tomonidan o'z vakolatlari doirasida aniqlangan ko'chmas mulk ob'ektlari investisiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarni belgilagan holda - 1 so'mga teng qiymatdagi boshlang'ich narxda sotilishi belgilandi.

Shuningdek, boshqa ko'chmas mulk ob'ektlari bo'yicha – qayta baholanmasdan, ularni o'tkazish kunidagi savdolarda shakllangan narxda “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasiga o'tkaziladi va savdoga chiqariladi. 

Investisiyaviy loyihalarni amalga oshirish uchun auksion o'tkazmasdan, investor bilan to'g'ridan-to'g'ri muzokaralar orqali investisiyaviy hamda ijtimoiy majburiyatlar belgilagan holda er uchastkalarini berish va bo'sh turgan davlat ko'chmas mulk ob'ektlarini belgilagan holda sotib olish imkoniyati ham tug'ildi. 

Unga ko'ra, tegishli davlat idoralari tomonidan davlat mulki ob'ektlari va er uchastkalariga bo'lgan huquqlarni sotish tartibini soddalashtirish bo'yicha eksperiment tartibi belgilandi.

Eksperiment tartibi bilan davlat mulki ob'ektlari va er uchastkalari “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida tanlov ishtirokchisining investisiyaviy va ijtimoiy majburiyatlari inobatga olingan holda sotiladi. 

“Elektron onlayn-auksion savdolarni tashkil etish markazi” DUK tomonidan tashkillashtirilayotgan elektron onlayn-auksion savdolariga Respublikaning tuman va shahar xokimliklari tomonidan 3351 ta bo'sh er uchastkalari, 835 mlrd. 878 mln. so'm investisiya kiritish, 12685 ta yangi ish o'rinlarini yaratish sharti bilan 23mlrd. 936 mln.  900 ming so'm miqdordagi mol-mulklar auksion savdolariga chiqarildi. 

 Bugungi kunga qadar "E-IJRO AUKSION" elektron onlayn-auksion savdolarida 1311ta bo'sh er uchastkalari 365 mlrd. 940 mln. so'm investisiya kiritish, 5 660 dan ortiq yangi ish o'rinlarini yaratish sharti bilan 10 mlrd. 191mln  700 ming so'mga sotildi. 

Hozirda "E-IJRO AUKSION" elektron onlayn-auksion savdolarida 2040 ta bo'sh er uchastkalari 21 mlrd. 764 mln.600ming so'm miqdordagi auksion savdolariga chiqarildi.

Misol uchun, elektron onlayn-auksion savdolariga bugungi kundabirgina, Qashqadaryo viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 20 ta  bo'sh turgan davlat mulki ob'ektlari boshlang'ich bahosi 1 so'm miqdorida, 172 yangi ish o'rinlarini yaratish hamda 8 mlrd. 313 mln. so'm investisiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarildi.

Shuningdek, qarzdorlik evaziga davlat ijrochilari tomonidan xatlangan 61 turdagi 1 trln. 375 mlrd. 309 mln. so'mlik mol-mulklar elektron savdoga qo'yilgan. Shulardan, 42 tasi avtomototransport vositalari, 13 tasi ko'chmas mulk, 6 tasi maxsus texnika va boshqa turdagi mol-mulklvarni tashkil etadi.

Tadbirkor va investorlar o'zlariga ma'qul bo'lgan er uchastkalarini hamda bo'sh turgan davlat mulki ob'ektlarini onlayn-auksion savdolarida qatnashib sotib olish imkoniyatlari mavjud.  

Auksiondagi ishtirokingiz yurt ravnaqi  hamda biznesingiz taraqqiyotiga ulkan hissa qo'shadi

 

Batafsil

Nasl yaxshilanib, son ortmoqda

Jahon olimlarining fikrlariga ko'ra, barcha qo'y zotlari orasida qorako'l nasli foydalilik jihatidan alohida ajralib turadi. Boisi, faqat shu zotga mansub qo'ylardangina biryo'la to'rt-besh xil mahsulot - farmasevtika va pishloq sanoatlari uchun shirdon, qimmatbaho mo'yna, mayin jo'n, tez hazm bo'ladigan, 3800-4000 kaloriyali go'sht va boshqa xom ashyolarni olish mumkin.

Batafsil

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 80 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family