wrapper

Texnologiyalar

“MUBORAK TEKS” PAYPOQLARI ENDI EKSPORTGA HAM ChIQARILMOQDA

Bultur viloyatimizda ishga tushirilgan “Muborak teks” mas'uliyati cheklangan jamiyati faoliyati asosan mahalliy xom ashyodan import o'rnini bosuvchi mahsulot – paypoq ishlab chiqarishni ko'zda tutadi.
Korxonaning bu boradagi yillik quvvati 8 million juft paypoqni tashkil etadi. Mazkur loyihaning samarali ro'yobga chiqishi uchun o'sha paytda 24 milliard so'm miqdorida investisiya o'zlashtirilgandi. Fabrika sohada tan olingan kompaniyalarning ilg'or texnologiyalari bilan jihozlangan bo'lib, mahsulotni tayyor holga keltirish uchun zarur barcha jarayonlar to'liq shu erning o'zida bajarilmoqda.
E'tiborlisi, avval - boshda cheklangan turdagi mahsulot ishlab chiqargan korxonada hozirgi vaqtda 60 xildan ortiq xaridorgir va raqobatbardosh paypoq tayyorlanmoqda. Ular orasida nafaqat kattalar, balki kichik yoshdagi bolalar uchun mo'ljallangan tovarlar ham bor. O'ziga xos dizayn va ko'rinishga ega ushbu mahsulotlar asosan ichki bozorga etkazib berilmoqda. Yaqindan boshlab esa korxona eksport faoliyatiga kirishgani bu paypoqlar shunchaki import o'rnini bosib qolmay, tashqi bozorda ham chet el mahsuloti bilan bemalol sifat borasida bellasha olishini ko'rsatadi.
- Chet elga mahsulot taklif etayotganimizga hali hech qancha vaqt bo'lmadi, - deydi fabrika marketologi G'anisher Haytaliev. – Hozirgacha BAA va Moldova singari mamlakatlarga paypoq eksportini amalga oshirdik. Tegishli summa ham u qadar yirik emas, 6,5 ming dollarni tashkil etdi. Asosiysi, mahsulotimiz tashqi bozorda ham o'z xaridorini topa olishiga ishonch hosil qildik. Shu bois yangi-yangi bozorlarni     tadqiq qilishga kirishdik. Albatta, natija ijobiy bo'ldi. Rossiyalik ishbilarmonlar hamkorlik taklif etgani ham buning tasdig'idir. Ular bilan qiymati qariyb 500 ming AQSh dollariga teng savdo shartnomasi tuzdik. Ushbu kelishuv 2019 yilga mo'ljallangan.
Qayd etish joiz, vohamiz engil sanoatida amalga oshirilgan bu istiqbolli loyiha samarasida 200 ga yaqin kishi doimiy ish o'rni bilan band etildi. Binobarin, paypoq ishlab chiqarish ko'p tarmoqli jarayon hisoblanadi va bir qancha bosqichni o'z ichiga oladi. To'quv sexlarida o'rnatilgan har bir dastgohda soatiga 10 juft paypoq tayyorlash imkoni mavjud. Mahsulot bichimi va dizayni ham korxona mutaxassislari tomonidan ishlab chiqiladi.
/Yana bir muhim jihati, korxonada paypoqdan tashqari mahalliy bozorda talab yuqori boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarish ham yo'lga qo'yilgan. Buyurtma asosida tikilayotgan maxsus ish kiyimlari, chexol va pardalar shular sirasiga kiradi. Korxona mutasaddilari izohicha, bundan ko'zlangan maqsad bor salohiyat va resurslardan yanada samarali foydalanishdir.
Yuqori samaradorlik kasb etuvchi bu kabi ishlab chiqarish quvvatlari mamlakatimiz engil sanoat tarmog'i yanada rivoj topishiga xizmat qiladi. Binobarin, jahon tajribasidan ma'lumki, mahsulotni xom ashyo holida sotishdan ko'ra tayyor tovar ko'rinishiga keltirib bozorga chiqarish ko'proq daromad keltiradi. “Muborak teks” MChJda ayni yo'nalishda qilinayotgan ishlar esa tahsinga loyiq.
M.ShUHRATOV
Sobir NARZIYEV olgan suratlar.
Qashqadaryogz.uz ma'lumotlari asosida

Batafsil

Agrotexnika tadbirlari GPS navigasiya orqali nazorat qilinadi

1 noyabrdan boshlab sub'ektlarga etkazib beriladigan o'ziyurar qishloq xo'jaligi texnikalarini zamonaviy avtomatlashtirilgan navigasiya va monitoring (GPS navigasiya) tizimi bilan jihozlash talab etiladi.
Bu O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 18 maydagi “Qishloq xo'jaligini o'z vaqtida qishloq xo'jaligi texnikasi bilan ta'minlashga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi qarorida ko'zda tutilgan.
Mazkur amaliyotning joriy etilishidan maqsad shuki, ushbu texnika vositalariga o'rnatilgan GPS navigasiyalar yordamida hududlarda amalga oshirilayotgan agrotexnika tadbirlarini real vaqt rejimida nazorat qilish imkoni paydo bo'ladi.

Batafsil

Yo'l harakati xavfsizligi tizimida ham “Ezgulik patruli” ish boshladi


Viloyat IIB yo'l harakati xavfsizligi boshqarmasida “Ezgulik patruli” faoliyati yo'lga qo'yildi.
 
Buning uchun yo'l-patrul xizmati inspektorlari ichidan muomalasi, o'zini tutishi namunali bo'lgan to'rt nafari tanlab olindi va “Ezgulik patruli”ga jalb qilindi. Ular uchun alohida avtomobil ajratilib, maxsus ko'rinishda jihozlandi.
Mazkur patrulning asosiy vazifalari sirasiga yo'l harakati qoidalarini targ'ib qilish, piyodalar, keksalar, bolalarga g'amxo'rlik ko'rsatish, madaniyatli harakat ishtirokchilarini rag'batlantirish, yo'llarda noxush vaziyatlarga tushib qolganlarga yordam qo'lini cho'zish kabi ishlar kiradi.
Qayd etish lozim, mazkur yangilik 2018-2022 yillarda O'zbekiston Respublikasida yo'l harakati xavfsizligini ta'minlash konsepsiyasi va shu asosda ishlab chiqilgan “Yo'l xaritasi”da belgilangan chora-tadbirlar doirasida tatbiq etilmoqda.
N.XO'JAYEV
Qashqadaryogz.uz ma'lumotlari asosida

Batafsil

YANGI MAHSULOT – IPAK MATO VA SHOYI GILAM ISHLAB CHIQARISH YO‘LGA QO‘YILADI

Bugungi kunda dunyo yengil sanoatida sun’iy toladan foydalanish darajasi keskin ortgan bo‘lsa-da, tabiiy toladan tayyorlangan tekstil mahsulotlariga bo‘lgan talabni kamaytira olgani yo‘q. Aksincha, har jihatdan foydali, davolash xususiyatlariga ega, ekologik xavfsiz shunday kiyim-kechak, uy-ro‘zg‘or buyumlarini xarid qilishga ehtiyoj  tobora ortmoqda. Natijada tabiiy tola yetkazib beruvchi sohalar, xususan, ipakchilik tarmog‘i rivoji ham jadal tus olayotir. Bu yo‘nalishda mahsuldorlik sezilarli oshgani kuzatilmoqda. Jahonda sifatli pilla xom ashyosi yetishtirishda yetakchi hisoblangan mamlakatimizda ham mavjud salohiyatdan unumli foydalanishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

 

Sir emas, ayni paytda yurtimiz ipak sanoatini yangi bosqichga ko‘tarish uchun keng ko‘lamli ishlarga qo‘l urilmoqda. Soha samaradorligini oshirish, imkon qadar kam resurs sarflab, innovatsion usullarni qo‘llagan holda ko‘proq “kumush tola” ishlab chiqarish choralari ko‘rilayapti. Ushbu jarayonning ilk davrida qimmatli xom ashyoni yetishtirishda ishtirok etuvchi pillakorlar moddiy manfaatdorligi ta’minlanmoqda. Tarmoqning ozuqa, moddiy-texnika bazasi yanada mustahkamlanayapti. Ilgari pilla yetishtirish faqat bir mavsumdan iborat edi, endilikda uchtaga yetdi. O‘z-o‘zidan o‘sishga nafaqat hajm, balki sifat borasida ham erishilayotir.

 

Respublikada ipak xom ashyosini yetkazib beruvchi muhim hudud sanalgan viloyatimiz misolida qarasak, joriy yilda uch mavsum davomida vohamiz pillakorlari ipak qurti boqib, hosil yetishtirish bilan mashg‘ul bo‘ldi. Sohada 450 nafar kishi doimiy, 8 ming kishi mavsumiy mehnat qilmoqda. Pillakorlarga 38 ming quti urug‘ tarqatilgandi. Yakunda 1 ming 800 tonnadan ziyod xom pilla tayyorlandi. Bu 600 tonna atrofida quruq pilla degani. Albatta, xom ashyo tayyor mahsulotga nisbatan arzon baholanadi. Nima qilsa, ko‘proq daromad olish imkoni mavjud? Tabiiyki, u qayta ishlashga yo‘naltirilsa, foyda ham 3-4 barobar, balki undan ham ziyoda bo‘ladi. Binobarin, oddiy xomcho‘tga ko‘ra, 600 tonna toladan 150 tonnadan ortiq ipak-kalava ishlab chiqarish mumkin. Hozirgi vaqtda jahon bozorida 1 kilogramm shunday mahsulot narxi o‘rtacha 40-60 AQSH dollarini tashkil etadi.

 

Xo‘sh, xom ashyo zaxirasi yetarlicha bo‘lgan viloyatimizda pillaga sanoat usulida ishlov berish darajasi qoniqarlimi? Bunga “ha” deb javob berish mumkin. Negaki ish boshlaganiga yaqinda besh yil to‘ladigan, Qarshi shahridagi “Radiant Silk” O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma korxonasi quvvati bir yilda 450 tonna quruq pillani qayta ishlashga mo‘ljallangan. Ayon bo‘ladiki, fabrika dastgohlarining uzluksiz ishlashi uchun hech qanday monelik yo‘q. Avval korxona xom ashyoni sotib olgan bo‘lsa, hozir unga o‘zi to‘liq egalik qiladi. Ya’ni yetishtiruvchini urug‘lik, boshlang‘ich badal puli, ozuqa bilan ta’minlab, oxirida undan xom pillani to‘lig‘icha qabul qilib oladi.

 

- Davlatimiz rahbarining tegishli qarori bilan yo‘lga qo‘yilgan bu amaliyot biz uchun ancha foydali bo‘ldi, ishlab chiqarish jarayonida yagona zanjir yuzaga kelishiga sharoit yaratdi, - deydi korxona direktori o‘rinbosari Tolib Qalandarov. – Endi xom ashyoni yetishtirishdan qayta ishlashgacha bo‘lgan barcha bosqichda qatnasha olamiz. Yetkazib beruvchidan sifat talab qilishga ham haqlimiz. Natijada ishda unumdorlik yuqori bo‘layapti. Imkoniyatimizdan samarali foydalanayapmiz. Xususan, 2018-yilning 9 oyida 20 tonnadan ko‘p ipak-kalava ishlab chiqardik. Bozorimiz aniq, mahsulot chet ellik xaridorlardan ortmaydi. O‘tgan yili qiymati 790 ming AQSH dollaridan ziyod mahsulotni eksport qilgan bo‘lsak, joriy yilning ayni davridayoq bu ko‘rsatkichga erishdik. Eksportga yo‘llash uchun hali yana mahsulotimiz bor. Yil so‘ngigacha mavjud raqamni 4 million AQSH dollariga yetkazish ko‘zlangan.

 

Korxona mas’ullarining bildirishicha, odatda quruq pillaning sifatsiz qismi yigirishda ishlatilmaydi, chiqindiga chiqadi. Bu undan butkul foydalanilmaydi, degani emas. Chiqindi xom ashyodan ham bir necha turdagi yarim tayyor mahsulot olish mumkin. Jumladan, ipak momig‘i, ip va dag‘al mato shular sirasiga kiradi. Unga ham talab bor, boz ustiga tashqi bozorda. Shu sababli korxonada ishlab chiqarilayotgan bu mahsulotlar ham faol eksportga chiqarilmoqda.

 

Yuqorida aytganimizdek, tabiiy gigiyenik xususiyatga ega ekani hamda ekologik bezararligi bilan ajralib turishi ipakning qadrini oshirayapti. Ayni shu jihat pilla xom ashyosini chuqur qayta ishlashni tashkil etishni taqozo etmoqda. Zamonaviy texnologiyalardan foydalanib, ipakdan tayyor mahsulot ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish sohaning eksport ortidan oladigan daromadini yanada yuksaltirishga keng imkon beradi. Ahamiyatlisi, korxona mutasaddilari bu borada allaqachon ish boshlab yuborgan.

 

- Avvaldanoq asosiy maqsadimiz ishlab chiqarishning barcha bosqichini ishga tushirish edi, - deydi korxona sexi boshlig‘i Kamol Qurbonov.  – Ammo ayrim omillar bunga yo‘l bermayotgandi. Endilikda nafaqat o‘zimiz, balki xorijlik investorlar ham bunga xayrixohlik bildirishmoqda, istiqbolli loyihani tezroq ro‘yobga chiqarish payida. Kelgusida gazlama to‘qishni yo‘lga qo‘yamiz. Yaqin orada chet eldan to‘qish dastgohlari keltirilishi kerak. Loyihamiz amalga oshsa, yiliga 500 ming pogonametr ipak mato ishlab chiqara boshlaymiz. Bundan   tashqari, korxonamizda ipak gilamlar to‘qishni tashkil etish ko‘zda tutilgan. Shu maqsadda yil oxiriga qadar 20 ta yangi uskuna o‘rnatamiz. 2019-yilda esa qo‘shimcha 50 ta dastgoh olib kelamiz. Buning samarasida 50 ta yangi ish o‘rni yaratiladi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, loyihaga 30 million AQSH dollari atrofida investitsiya kiritilishi reja qilingan.  Uning asosiy qismi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorij sarmoyasi bo‘ladi.

 

Ma’lum bo‘lishicha, bugungi paytda korxonaning yangi ishlab chiqarish sexini ta’mirlash, dastgohlarni o‘rnatishga moslash ishlari jadal ketmoqda. Investorlarni tez qaror qabul qilishga undagan narsa esa ishlab chiqarilajak mahsulotning yuqori eksportboplik xususiyatidir. Keyinchalik korxona negizida zamonaviy texnopark barpo etish maqsad qilingan. Bu esa ishlab chiqarishni yagona zanjirga birlashtirish imkonini beradi. Yuqori hosildorlikka ega yangi tutzorlar tashkil qilinadi. Chet ellik investorlar ana shunday taklif bilan chiqqan.

 

Yana bir muhim jihati, mazkur sub’yekt viloyatimizning ipak qurti urug‘iga bo‘lgan talabini to‘liq ichki imkoniyat hisobidan qoplash borasida ish olib borayapti. Gap shundaki, biroz avval poytaxtimizda o‘tgan uchrashuvda  “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi hamda Xitoy Xalq Respublikasining Shandun provinsiyasidagi “Shandong Guantong Silkworm Eggs Co” kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolangandi. Mazkur kompaniya dunyoning ko‘p davlatlariga ipak qurti urug‘ini eksport qiladi. E’tiborlisi, Chin yurti ishbilarmonlari mamlakatimizda pillachilik tarmog‘ining ipak qurti urug‘i ishlab chiqarish sohasiga investitsiya kiritmoqchi. Bu tadbirda kompaniya va Qarshi shahridagi “Radiant Silk” qo‘shma korxonasi o‘rtasida kelishuv bayonnomasi tuzilgan.

 

Unga ko‘ra, viloyatimizda 2019-yilda 20 ming qutidan boshlanib, 2021-yilda 150 ming qutigacha ipak qurti urug‘i ishlab chiqarish quvvatiga ega qo‘shma korxona barpo etiladi. Buning uchun Shahrisabz shahri tanlangan. Korxona mas’ullarining ta’kidlashicha, asosiy maqsad chetdan urug‘ olib kelinishiga chek qo‘yish va urug‘ importini to‘xtatish hamda kelajakda o‘zimizda ishlab chiqarilgan urug‘larni eksport qilishdir. Natijada qo‘shimcha ravishda 100-150 doimiy, 300-400 mavsumiy ishchining mehnat bilan bandligi ta’minlanadi.

 

Mirzohid JO‘RAYEV

 

Suratlarda: korxona faoliyatidan lavhalar.

 

Sobir Narziyev olgan suratlar.

Batafsil

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 120 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Bosh sahifa

Qabul kunlari

Rahbariyatga murojaat etish

Rahbariyatga murojaat etish

Viloyat hokimligining umumiy bo'limiga murojjat etish (Yangi oynada ochiladi)

Mobil versiya

Mobil versiyaga o'tish

Bog'lanish

Ishonch telefon raqami 
0(371) 200-55-05 
Ishonch telefon raqami reglament
Yagona telefon raqami
0(375) 221-07-60 
Yagona telefon raqami reglamenti

Batafsil>>>

Biz bilan bog'lanish

Sahifa adressi

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family