wrapper

Fotolavhalar :  Qashqadaryoda   qalampir   eksport   uchun tayyorlanmoqda

Tilga e'tibor – elga e'tibor. Ushbu haqiqatni buyuk ajdodlarimiz teran anglashgan.
Muhammad Haydar mirzoning “Tarixi Rashidiy” asarida keltirilishicha, buyuk jahongir Amir Temur davlat hujjatlarining turkiy tilda yuritilishiga alohida e'tibor bergan.

Alisher Navoiy esa o'zi yashagan davr O'rta Osiyo xalqlarining mushtarak adabiy tili sifatida ijtimoiy-siyosiy, madaniy hayotda va badiiy adabiyotda keng o'rin egallab kelgan forsiy tilni, musulmon olamining asosiy rasmiy tili bo'lgan arab tili ulug'ligini e'tirof etib, ya'ni fors tilida o'lmas asarlar yozib, arab tilini “ruhni yayratuvchi bog'” deb ko'kka ko'tarib, ularning mavqeiga daxl qilmagan holda, ilk marotaba o'zbek tilining boshqa tillardan qolishmaydigan jozibasini o'zi yaratgan nodir asarlar misolida isbotlab berdi. Eng yirik asari “Hamsa”ni turkiy tilda yaratdi, Bobur ta'kidlaganidek, bu tilda “ko'p va xo'b” ijod qildi. O'zbek tilining adabiy til darajasiga ko'tarilishida muhim rol o'ynadi. Natijada ijodkorlar orasida turkigo'ylar ko'paydi.
 Bobur fiqhga doir yirik asari “Mubayyin”ni, aruzga doir “Mufassal” asarini o'z davri an'analariga xilof ravishda  arab tilida emas turkiy tilda bitishga, hatto turkiy yozuv – “Xatti Boburiy”ni yaratishga qo'l urdi.
Birinchi o'zbek professori, shoir, yozuvchi va jurnalist, siyosat arbobi Abdurauf Fitrat o'tgan asr boshlariga kelib ona tilimizga ilk marotaba rasmiy maqom berish masalasini kun tartibiga olib chiqdi.
O'zbek tili ravnaqi yo'lida amalga oshirilgan ishlarni sarhisob qilar ekanmiz, bu o'rinda O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning xizmatlarini alohida e'tirof etish joiz. Uning bevosita rahnamoligi va tashabbusi bilan o'zbek tili o'z tarixida ilk marotaba rasmiy til maqomiga ega bo'ldi, jahon hamjamiyatida tan olindi, iste'mol doirasi keskin kengaydi. 1989 yil. Hali mustabid tuzum to'la emirilmagan, Konstitusiyasida barcha elat, xalq, millatlar va ularning tillari teng huquqli ekanligi ta'kidlangan bo'lsa-da, barcha sohalarda ish yuritish yagona rus tilida olib boriladigan, aholi rus tilini bilish-bilmasligiga ko'ra ziyoli va qoloq guruhlarga ajratiladigan, har bir puxta o'ylanmagan harakat milliy nizolarni kuchaytirib yuborishi ravshan bo'lib turgan qaltis bir vaziyatda o'ta nozik masala – o'zbek tiliga rasmiy til maqomini berish masalasini kun tartibiga qo'yish, haqiqatan ham kishidan katta jur'at talab qilardi. O'zbek ziyolilarining sa'y-harakatlari va I.Karimov tashabbusi bilan 1989 yil 21 oktyabrda o'zbek tili O'zbekistonning davlat tili sifatida rasman e'lon qilindi.
Bosh qomusimizning 4-moddasida “O'zbekiston Respublikasining davlat tili o'zbek tilidir” deya qayd etildi. va u qonun bilan himoya qilinadigan muqaddas timsollardan biriga aylandi. Biroq...
Davlat tili haqidagi qonun 7-moddasida “Davlat tili rasmiy amal qiladigan doiralarda o'zbek adabiy tilining amaldagi ilmiy qoidalari va normalariga rioya etiladi”, deb qat'iy belgilab qo'yilgan bo'lsa-da, afsuski, hali-hanuz peshlavhalar, yo'l chetidagi reklama, e'lon matnlari, tovar yorliqlarida, ijtimoiy tarmoqlarda, hatto matbuotda imloviy xatoliklar ko'payib   borayotir.
Joriy imlo qoidalarimiz va u asosida yaratilgan lug'atlar nochor ahvolda. Tez-tez “Qaysi imlo lug'ati to'g'ri?” degan savolga duch kelayapmiz. Imlo lug'ati bo'lsayu, to'g'ri noto'g'risi bo'lsa...
Adabiy tilga shahar shevalarining ta'siri kuchayib bormoqda.
Davlat tili haqida qonun 22-moddasida “Respublikaning ma'muriy-hududiy birliklari, maydonlari, ko'chalar va geografik ob'ektlarining nomlari davlat tilida aks ettiriladi”, deb yozib qo'yilganiga qaramay, hamon turli katta-kichik, davlat, nodavlat, xususiy ob'ektlar, hatto o'z farzandini nomlashda o'zlashma so'zlardan foydalanishga urinish kuchayib bormoqda. Shahar ko'chalari bo'ylab yursangiz, o'zbekcha nomni kam uchratasiz, o'zingizni boshqa davlatda yurgandek his etasiz.
Bugun chetdan axborot kirib kelishi uchun makon va zamonda chegara qolmagani kabi so'z o'zlashtirishda ham chegara qolmadi. Katta oqim bilan kirib kelayotgan so'zlarni hatto imlosini belgilamay, joriy alifboga o'zlashtirmay qabul qilayapmiz. Bilayn, yusel, yutub, skrinshot kabi so'zlar “o'zimizniki” bo'lib qoldi.
 Bugun o'zbek farzandlari jahon chempioni, xalqaro olimpiada, tanlovlar, davlat mukofoti sohiblari bo'layapti. Biroq dunyo ham, davlat ham tan olgan shunday lahzada so'z berilganda ularning aksariyati hayajonini engib, o'z ichki kechinmalarini nutqida chiroyli ifodalab bera olmaydi.
Holbuki, millatning jahonda mavjud bo'lishi uchun milliy til kerak, tilning rivojlanishi, taraqqiy etishi, yashab qolishi uchun uni qadrlaydigan millat kerak. Demak, oldimizdagi eng asosiy vazifa - ona tilimizning boy imkoniyatlaridan to'la foydalanish, dunyo bo'ylab tez-tez jaranglab turishi uchun unda o'lmas asarlar yaratishdir.
   “Davlat tili haqida”gi Qonun – siyosiy hujjat. Unda qonun buzilishlari bilan bog'liq jazo choralari ko'rsatilmagan. Unga itoat qilish tashviqot-targ'ibot, ta'lim-tarbiya yo'li bilan ta'minlanadi. Qolaversa, tilni hurmat qilish – har bir insonning vijdoniy burchi.
Bashorat BAHRIDDINOVA,
Qarshi davlat universiteti o'zbek tilshunosligi kafedrasi mudiri, filologiya fanlari nomzodi
Qashqadaryogz.uz ma'lumotlari asosida


Ko'p guvohi bo'lganmiz, tadbirkor istiqbolli loyiha taklif etadi. Darhol uning ro'yobiga kirishadi ham. Ammo qandaydir muammo chiqadiyu, loyiha amalga oshishi ko'zda tutilgan muddatda yakuniga etmay qoladi. Albatta, bu muammo ko'p hollarda uning o'zi bilan emas, balki tadbirkorlarga xizmat ko'rsatuvchi tashkilotlar, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan bog'liq bo'ladi.

Misol uchun, bank kredit taqdim etishni, hokimlik er maydoni ajratishni, ta'minot korxonasi tadbirkorlik sub'ektini muhandislik-kommunikasiya tarmog'iga ulashni paysalga soladi.  Kimdir bunday sustkashlikka sovuqqonlik, e'tiborsizlik sabab, boshqasi asossiz vajlar (masalan, ortiqcha qog'ozbozlik) bilan yo'l qo'yadi.
Tabiiyki, bu holat, to'siqlar o'sha hududda tadbirkorlik rivojini sekinlashtiradi. Ishbilarmonlarning sarmoyaviy faolligi yo'qola boradi. Biznesi olg'a yurishiga ishonmagan tadbirkordan yana nima ham kutish mumkin?! O'z-o'zidan hududga investisiya kirib kelishi qisqaradi. Natijada mahalliy byudjetga tushum kamayadi, ishsizlik ortadi. Turgan gapki, bu bugungi kunda yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar shiddati, mazmun-mohiyatiga butkul ziddir. Shu bois joylarda ishlarni to'g'ri yo'lga qo'yish, mas'ullarning javobgarligini kuchaytirish, tadbirkor muammosiga samarali echim topishning ta'sirchan choralari ko'rilmoqda. Davlatimiz rahbarining 2018 yil 11 sentyabrdagi “Hududlarda tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini jadal amalga oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori bunga yanada kengroq zamin hozirladi.
Mazkur hujjatga asosan, tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish bo'yicha hududiy guruhlar tashkil etildi. Har bir guruhga respublika tuzilmalari, viloyat darajasidagi tashkilot va idoralar vakillari biriktirildi. Ular zimmasiga esa tadbirkorlarni qiynayotgan masalalarni atroflicha o'rganish va joyida hal etish vazifasi yuklatilgan. Bundan ko'zlangan maqsad esa hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga tadbirkorlik sub'ektlarini keng jalb etish, tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarining o'z vaqtida amalga oshirilishini ta'minlash, shuningdek, bo'sh turgan ob'ektlar, er uchastkalari va  boshqa infratuzilmadan samarali va oqilona foydalanishdan iboratdir.
Ahamiyatlisi, hech qancha vaqt o'tmay viloyatimizda mazkur qaror ijrosini ta'minlashga kirishilgandi.  Darhol hududiy ishchi guruh o'z faoliyatini boshlab yubordi. Guruh ishini samarali tashkil etish va monitoring qilish maqsadida viloyat hokimligida shtab tuzildi. Tadbirkorlarning hal etilmay kelayotgan masalalarini o'rganish va ularga amaliy yordam ko'rsatish choralari belgilandi.
Xususan, ishchi guruh a'zolari tomonidan joriy yil 12 sentyabrdan 14 oktyabrga qadar vohamizning tuman va shaharlarida tadbirkorlik loyiha va tashabbuslari ijrosi holati bevosita joyiga chiqqan holda ko'zdan kechirildi. Tegishli shtab tomonidan taqdim etilgan ma'lumotga ko'ra, bu muddat davomida jami 283 ta muammo aniqlangan. Hozirgacha esa ularning 147 tasi (52 foizi) ijobiy hal etilgan.
Mavjud muammolarni sohalar bo'yicha tahlil etadigan bo'lsak, quyidagi holat gavdalanadi. Xo'sh, ishbilarmonlarni eng ko'p qiynagan narsa nima? Bugungi kunda ularni tijorat banklari faoliyati hech bir qoniqtirmasligi aniq. Chunki aksariyat tadbirkorlar o'z biznes-tashabbusini hayotga tatbiq etishda birinchi galda ushbu moliya muassasalari ko'magiga ko'z tikkan. Biroq zarur miqdordagi kreditni o'z vaqtida ololmagan. Murojaatlarning 79 tasi aynan shu masalaga taalluqli ekani ham ko'p narsani aytib turibdi. Hozircha 43 ta holatda bu borada xususiy sektor vakillari foydasiga ish ko'rilgan.
Korxona qurish, muayyan ishlab chiqarish faoliyatini ishga tushirish uchun avvalo er kerak. Ma'lumki, umumiy maydoni 1 gektargacha bo'lgan erni faqat tanlov asosida olish mumkin. Undan ko'pi esa mahalliy hokimlik qarori bilan taqdim etiladi. O'tgan bir oydan oshiq vaqt mobaynida ishchi guruhiga 63 holatda tadbirkorlar aynan er ajratish bo'yicha yordam so'rab yuzlangan. 19 ta murojaat esa joyida qanoatlantirilgan. Xulosa, ruxsatnoma berish va zarur hujjatlarni rasmiylashtirish borasidagi ishlarni ham ko'ngildagidek deb bo'lmaydi. 29 holatda (16 tasi echim topgan) vohamizdagi tadbirkorlar shu masalada qiyinchilikka duch kelgan. Kommunikasiya tarmoqlariga ulanish bilan bog'liq 17 muammoning qariyb 90 foizi qoniqarli echim topgan.
Shu o'rinda aniq misollarga ham murojaat etsak. Kasbi tumanidagi “Saidazimxon” mas'uliyati cheklangan jamiyati vakillari hududda  zamonaviy issiqxona tashkil etishga xohish bildirgan.  Albatta, bunda chet el texnologiyasidan foydalanishni ko'zlashgan. Loyihani ro'yobga chiqarish uchun esa katta mablag' talab etilgan. Tadbirkorning qurbi etmagani bois tijorat bankidan yordam so'ragan. Hujjatlari joyida bo'lsa-da, anchadan beri chiqmay turgan kredit ishchi gurug'i aralashuvi bilan tadbirkorga berildi.           9 oktyabr kuni “O'zsanoatqurilishbank” hududiy filiali tomonidan ushbu sub'ektga 488 ming AQSh dollari miqdorida kredit ajratilishi ta'minlandi.
Kitob tumanidagi “Inter mega biznes” xususiy korxonasi esa hududda yaqinda barpo etilgan kichik sanoat zonasidan joy olgandi. Bu erda zamonaviy sanoat ishlab chiqarishi yo'lga qo'yish belgilangan. Texnologik uskunalarni sotib olish uchun mo'ljallangan kredit esa kechikkan. Tadbirkor bilan muloqot davomida uning kreditni qaytarishga qodirligi, qolaversa, u ilgari surgan loyihaning ahamiyati e'tiborga olinib, muammoga echim berildi. 17 sentyabr kuni “Xalq banki”  filiali tomonidan ushbu maqsad uchun 440 million so'm miqdorida moliyaviy ko'mak ajratildi.
Shuningdek, Qamashi tumanida kurkachilikni rivojlantirishni ko'zda tutuvchi loyiha uchun zamonaviy parrandachilik majmuasi bunyod etib, xorijdan nasldor kurkalar olib kelishni maqsad qilgan “Azza parranda” MChJga ham amaliy ko'mak ko'rsatildi. Hududiy ta'minot korxonasi va sub'ekt o'rtasida 12 kilometr masofadan gaz tarmog'i tortib kelish bo'yicha shartnoma tuzildi. Tarmoqning montaj ishlari boshlangan. Shu tumanda gidroponika usulida koreyalik mutaxassislar hamkorligida qishloq xo'jaligi mahsuloti etishtirishga bel bog'lagan “Komfortabel biznes” MChJ muammosi ham echim topdi. Unga  6,5 gektar er maydoni ajratilishi bo'yicha tuman hokimi qarori berildi.
Muborak tumanidagi “Sponta Sulfur” MChJ vakillari ham bir darddan qutuldi. Ko'pdan beri joydan qiynalgan tadbirkorlik sub'ektiga amaliy yordam ko'rsatildi. Korxona hududda joylashgan, bo'sh turgan bino-inshootdan ijara asosida uzoq muddat foydalanish imkoniga ega bo'ldi.
Qarshi shahridagi “Viloyat kooperasiya qurilish materiallari ta'minoti” MChJ o'zi taklif etgan ishlab chiqarish loyihasi asosida mulkni garovga taqdim etishni ko'zlagandi. Buning uchun Xususiylashtirilgan korxonalarga ko'maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo'mitasi viloyat hududiy boshqarmasi roziligi kerak edi. Ishchi guruh a'zolari o'rganishidan keyin masala tadbirkor manfaatiga hal etildi.
Chiroqchi tumanidagi “Avtomobilchi MMTP” MChJ tomonidan amalga oshirilayotgan loyiha doirasida ishlab chiqarishni tashkil etish uchun uzluksiz elektr energiyasi ta'minoti zarur. Shu kungacha mas'ullar qo'l siltab kelgan bu holatga ham tezda chora topildi.
Ishchi guruhi tomonidan aniqlangan boshqa muammolarning ham ishbilarmonlar foydasiga echilishi choralari ko'rilmoqda. Binobarin, tadbirkor bosh og'rig'idan xalos bo'lsa, uning faoliyatiga biror qiyinchilik xavf solmasa, faol tashabbus ko'rsatib ishlaydi. Ular tomonidan ilgari surilgan investisiyaviy loyihalar ro'yobi ham jadallashadi. Joylarda ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish sohalari rivoji, ishbilarmon muhiti yaxshilanishi hududning ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan ravnaq etishida ham o'z aksini topadi. Biroq, bitadigan ishlarni kimningdir aralashuvini kutib turgandek muammo qo'rinishini olishidan kim manfaatdor?! Ana shunisi haqida jiddiy bosh qotirish kerak, chamamda.
M.ShUHRATOV
Qashqadaryogz.uz ma'lumotlari   asosida


Bugungi kunda viloyatimizda sarxil qishloq xo'jaligi mahsulotlarini qayta ishlash darajasi oshayapti. Bultur hududda etishtirilgan 10 ming tonnadan ziyod meva-cheva va sabzavotga sanoat usulida ishlov berilgani e'tiborga molik. Ushbu raqam borgan sari o'sayotganini taxmin qilish qiyin emas. Chunki o'tgan davrda shu yo'nalishda bir qancha yangi korxona faoliyat boshladi. Ishlab turganlarida esa mavjud quvvat texnologik jihatdan yangilanmoqda. Bu o'z navbatida mazkur jabhada mahsuldorlik yanada yuqori bo'lishini ta'minlayapti.

Joriy yilda ham vohamiz bog'bonu dehqonlari tomonidan katta miqdorda qishloq xo'jaligi noz-ne'matlari etishtirilib, uning asosiy qismi aholi ehtiyojini qoplashga hamda eksportga yo'naltirilmoqda. Ayni kunlarda esa g'arq pishgan meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash korxonalariga yuborish ishlari ham avjida. Qarshi shahridagi “Darmon farm” xususiy korxonasiga qarashli, bundan ikki yil avval Yakkabog' tumanida barpo qilingan zavodda ham xom ashyoni qayta ishlashga yaqindan kirishildi. Mavsum boshlanganidan buyon ushbu ob'ektda o'rnatilgan zamonaviy texnologiya asosida meva-sabzavotdan 74 tonna tabiiy sharbat tayyorlashga ulgurildi.
- Seximizda soatiga 2 tonna meva-sabzavotni qayta ishlash imkoni mavjud, - deydi korxona rahbari Anzur Normurodov. - Bu quvvatdan to'liq foydalanishga harakat qilayapmiz. Uzluksiz xom ashyo etkazib berish chorasi ko'rilgan. Avvaliga faqat olmadan tabiiy sharbat tayyorlagan bo'lsak, endilikda mahsulotimiz turi yanada ko'paydi. Sabzi-olma, sabzi-olma-qovoq, olma-qovoq kabi meva-sabzavot kombinasiyasidan ham ajoyib sharbat ishlab chiqarayapmiz. Sharbat xom ashyo suvini bevosita siqib olish natijasida tayyorlanadi. Ya'ni bunda hech bir qo'shimcha ishlatilmaydi.  Olingan suyuqlik ma'lum haroratda qizdiriladi. Shu tariqa sharbat tarkibida meva va sabzavotning tabiiy xususiyatlari saqlanib qolishiga erishiladi. Hozirda tayyor mahsulot 1,5 va 3 litrli maxsus idishlar – akseptik paketlarga qadoqlanmoqda.

Tadbirkorning aytishicha, ayni paytda tabiiy sharbat ichki bozorga chiqarilayapti, xolos. Uni xorijga eksport qilish imkoniyatlari ham o'rganilmoqda. Shuningdek, boshqa meva-chevalarni ham qayta ishlashni o'zlashtirish ko'zda tutilgan. Shu maqsadda Italiyadan qiymati 1 million 300 ming evroga teng uskunalar keltirilmoqda. Kelgusida yangi liniyani muvaffaqiyatli ishga tushirib, uzum, anor singari totli mevalardan sharbat olish, bundan  tashqari, pyure ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish mo'ljallangan.
Ma'lum bo'lishicha, zavod hozirgi quvvat bilan ham oyiga 500 tonnadan ziyod meva-sabzavotni qayta ishlashi kerak. Yangisi ishga tushirilsa, xom ashyoga ehtiyoj bundan-da ko'payishi tabiiy. Korxona qoshida tashkil etilgan 20 gektar intensiv bog'dan terib olinadigan hosil esa bunga etmaydi. Mavjud talab hududdagi bog'bonlardan xarid qilinadigan mahsulot evaziga bir qadar qoplanadi. Ahamiyatlisi, ishbilarmon bu borada imkon qadar o'z ichki resurslariga tayanmoqchi.

Ro'yobga chiqarilayotgan yangi loyiha shunga keng sharoit hozirlaydi. Qo'shimcha ravishda 200 gektar maydonda intensiv bog' barpo etilmoqda. 714 ming dona serhosil olma ko'chatlari o'tqaziladi. Bog' Turkiyadan olib kelingan, qiymati 1 million 200 ming AQSh dollariga baholangan zamonaviy tomchilatib sug'orish tizimi bilan jihozlanadi. Nihollarni sug'orish bilan bog'liq barcha jarayon   kompyuterlashgan holda amalga oshiriladi. Bog'dorchilik ishlarini bajarish uchun 40 ta maxsus texnika ham sotib olingan. Tadbirkorning ushbu sarmoyaviy tashabbusi natijasida 100 ga yaqin doimiy, 250 mavsumiy ish o'rni yaratiladi.
Mirzohid JO'RAYEV
Sobir NARZIYEV olgan suratlar.
Qashqadaryogz.uz ma'lumotlari asosida

Joriy yil 17 oktyabr kuni soat 10.00da viloyat hokimligi kichik majlislar zalida “Maktabgacha ta'lim: natijalar va istiqboldagi vazifalar” mavzusida viloyat hokimligi yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy - ma'rifiy ishlar bo'yicha kotibiyati mudiri No''mon Rayimqulov, viloyat hokimligi etakchi mutaxassisi To'ra Nazarov, viloyat maktabgacha ta'lim boshqarmasi boshlig'i Asror Alimardonov, viloyat maktabgacha ta'lim boshqarmasi mas'ul xodimlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida matbuot anjumani o'tkaziladi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Maktabgacha ta'lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida» 2017 yil             30 sentyabrdagi PF-5198-sonli  Farmoni ijrosini ta'minlash shuningdek,  O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 sentyabrdagi “O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to'g'risida”gi PQ-3305-sonli qaroriga binoan O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi va uning hududiy boshqarmalari tashkil etilgan.

Viloyatda joriy yil boshida 328 ta maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyat ko'rsatib kelgan (1990 yilda 612 ta bo'lgan) bo'lib, hozirgi kunda ushbu muassasalar soni 345 taga (17 ta) etdi, shu bilan birga nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari soni 223 (reja 295) tani tashkil etib, jami muassasalar soni 568 tani tashkil etadi.

           Hozirgi kunda yaratilayotgan qulay shart-sharoit va imkoniyatlardan foydalanib viloyatimizda 223 ta nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari tashkil etildi. Ta'lim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasining rasmiy saytida Qashqadaryo viloyati nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalarni tashkil etish bo'yicha Respublikada Toshkent shahridan keyin 2-o'rinda qayd etilgan.
            Ayni vaqtda viloyat bo'yicha davlat xususiy sherikchiligi asosida jami               68 ta nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi tashkil etish borasida 1-bosqichda
33 ta ya'ni 43 mld 840 mln so'mlik nol qiymatda ajratilgan er va binolar negizida nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari tashkil etilmoqda.

             2-bosqichda 35 ta (bu o'z vaqtida  Respublika bo'yicha eng yuqori ko'rsatkich) nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalar tashkil etish borasida jami                             18 mlrd 460 mln so'mlik bitimlar imzolandi.

     Viloyatda “Obod qishloq” dasturi doirasida 21 ta maktabgacha ta'lim muassasalarida 45 372,0 mln.so'mlik qurilish-ta'mirlash ishlari olib borilishi nazarda tutilgan bo'lib, bugungi kunda 12 ta ob'ekt foydalanishga tayyor.

    “Obod mahalla” dasturi doirasida 2018 yilda 3 ta maktabgacha ta'lim muassasalarida qurilish-ta'mirlash ishlari rejalashtirilgan.


        




Qashqadaryo, Samarqand, Buxoro va Xorazm viloyatlarida 23 ta oilaviy mehmon uyi ochilib, 50 dan ortiq ish o'rinlari yaratildi.
Joriy yilning 25 sentyabr holatiga ko'ra, respublikada 23 ta oilaviy mehmon uyi ro'yxatga olindi. Mazkur oilaviy mehmon uylari asosan Qashqadaryo, Samarqand, Buxoro va Xorazm viloyatlarida ochilib, 50 dan ortiq ish o'rinlari yaratildi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ta'kidlash joizki, yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan ochilgan oilaviy mehmon uyi 3 nafargacha xodim yollashi mumkin. Bugungi kunda mazkur oilaviy mehmon uylari xorijiy va respublikaning boshqa viloyatlaridan kelayotgan sayyohlar va mehmonlarni joylashtirish uchun xizmat qilmoqda.
Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 7 avgustdagi «Oilaviy mehmon uylari faoliyatini tashkil etish to'g'risida"gi qarorining qabul qilinishi turizm faoliyati sub'ektlarini rivojlantirishni yanada qo'llab-quvvatlash, hududlarning turizm salohiyatidan foydalanish samaradorligini oshirish, dam olish va turizm uchun shart-sharoitlarni yaxshilash, shuningdek, aholining bandligi va farovonligini oshirishga qaratilgan.
Mazkur hujjatning mazmun mohiyatini keng targ'ib etish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi tomonidan tadbirkorlik sub'ektlari va aholi o'rtasida tushuntirish ishlari olib borildi.
Shuningdek aholi tomonidan o'z uyida oilaviy mehmon uylari ochishga qiziqish tobora ortib bormoqda va O'zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi, uning hududiy bo'linmalariga oilaviy mehmon uylari ochish masalasiga oid 100 dan ortiq murojaatlar kelib tushib, ular bilan tegishli tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Shu bilan birga, O'zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 7 avgustdagi «Oilaviy mehmon uylari faoliyatini tashkil etish to'g'risida"gi qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan yo'riqnomadaoilaviy mehmon uylarini ochish to'g'risida batafsil ma'lumotga ega bo'lishingiz mumkin.
Gazeta.uz ma'lumotlari asosida

samedi, 20 octobre 2018 00:00

Non va non mahsulotlari doimo xaridorgir

Avtor


Uddaburon tadbirkor mahsuloti uchun bozorni birdaniga uzoqdan qidirmaydi. Avvaliga o'ziga yaqin hududni qamrab oladi.

Qarshi tumanidagi “Mirjahon Akmal” xususiy korxonasi rahbari Akmal Omonov ham shunday yo'l tutgan. 2015 yilda biznesini tashkil etar ekan, ishlab chiqargan mahsulotini o'zi yashayotgan Fayzobod mahallasi ahliga taqdim etdi. Yaxshi bo'lsa, erda qolmaydi, deganicha bor. Sifati xaridorlarga ma'qul keldi, bu esa ishbilarmonning foydasiga xizmat qildi.
 Korxona asosan milliy shirinlik va non mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Nima ko'p, mahalladoshlarning yaxshi kuni, to'yi ko'p. Shu sabab tadbirkor taklif etayotgan noz-ne'mat hududning o'zidan ortmaydi.
- Chetdan yangi uskuna sotib olib kelib, ishni faqat qolipli non chiqarishdan boshlaganmiz, - deydi tadbirkor. – Mana, bugun ancha o'sishga erishdik. Mahsulot turini ko'paytirdik. Qolipli non yoniga obi non, patir ham qo'shildi. Qolaversa, 3 xil turdagi milliy shirinliklar tayyorlanayapti. Natijada seximizni ancha kengaytirib oldik. Hozir 10 nafarga yaqin qishloqdoshimni ish bilan ta'minlaganman. Asosan buyurtmaga qarab ishlaymiz. Kuniga 100 kilogramm qandolat, 200 dona qolipli non tayyorlab sotamiz. Yaqindan tuman markazi va Qarshi shahriga ham mahsulot etkazib berishni boshladik.
Yosh ishbilarmonning rejasi ko'p. Qo'lga kiritgani bilan ham kifoyalanmoqchi emas. Birinchidan, o'sib borayotgan talabni hisobga olib ishlab chiqarish hajmini sezilarli oshirmoqchi. Qolaversa, tayyorlanayotgan mahsulot turini ham ko'paytirish maqsad qilingan. Loyihani hayotga tatbiq etish uchun moliyaviy yordam olish maqsadida tijorat bankiga zarur hujjatlarni ham topshirgan.
Mirzohid JO'RAYEV
Sobir NARZIYEV olgan surat.
Qashqadaryogz.uz ma'lumotlari asosida

samedi, 20 octobre 2018 00:00

Xalqimiz madaniy merosining ajralmas qismi

Avtor

Asrlar davomida kishilar ruhiyatiga sokinlik baxsh etib kelgan Sharq xalqlarining nodir san'at namunasi – maqom jozibasi 6–10 sentyabr kunlari Shahrisabz shahrida bo'lib o'tgan 1-Xalqaro maqom san'ati anjumanida yana bir bor yorqin namoyon bo'ldi. Unda turli xalqlar vakillari ijrosida  yangragan musiqa va ijrolar zavqi hamon dillarni to'lqinlantirib turibdi. Eng quvonarlisi, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 17 noyabrdagi “O'zbek milliy maqom san'atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qaroriga asosan ushbu xalqaro anjuman endi har ikki yilda bir marta qadim Keshda an'anaviy tarzda o'tkaziladi.

– Bugun maqom san'ati haqida gap ketsa, albatta Shahrisabz, ko'hna Kesh haqida gap ketganda esa maqom san'ati tilga olinadi, – deydi milliy maqom san'ati jonkuyari Boymurod Elmurodov. – Avvallari asosan o'rta yoshdan oshganlar, ziyoli qatlam vakillari ushbu yo'nalishdagi kuy–qo'shiqlarni ko'proq tinglagan bo'lsa, endi har bir O'zbekistonlik qalbida milliy maqomimizga tashnalik paydo bo'ldi, unga bo'lgan qiziqish ortdi. Shunga monand, mazkur yo'nalishni tanlagan yangi–yangi yosh ijrochilar ko'paymoqda.
Darhaqiqat, zamonaviy ijodiy an'analar, asrlar davomida mohir bastakorlar, hofiz va sozandalarning ijodiy tafakkuri bilan sayqal topib kelayotgan noyob san'at namunalari hech bir san'atga oshno qalbni befarq qoldirmaydi. Binobarin, xalqimiz madaniy merosining ajralmas qismi bo'lgan milliy maqom san'ati o'zining qadimiy tarixi, teran falsafiy ildizlari, betakror badiiy uslubi va boy ijodiy an'analari bilan ma'naviy hayotimizda alohida muhim o'rin egallaydi.
“Bu noyob boylikni ko'z qorachig'idek asrab-avaylash, undan dunyo ahlini bahramand qilish, kelgusi nasllarga bezavol etkazish turli qit'a va mamlakatlar vakillarini bu go'zal maskanda mujassam etgan anjumanimizning asosiy maqsadidir”, deya ta'kidlagan edi   Prezidentimiz 1-Xalqaro maqom san'ati anjumani ochilish marosimida.   Shuningdek, uning doirasida tashkil etilgan konferensiya, qizg'in ilmiy muloqotlar bilan bir qatorda, bevosita Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan Shaxrisabzda ochilgan va o'zida maqom san'atiga oid hujjatlar, kino, fono, fotomateriallar va turli qadimiy topilma ashyolarini to'plagan “Maqom muzeyi” ham xalqimizning ushbu madaniy merosi bardavomligini ta'minlashga xizmat qiladigan muhim manba bo'ldi.  
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 6 avgustdagi “Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida “Maqom muzeyi” faoliyatini tashkil etish to'g'risida”gi qarori bilan  shahar madaniyat bo'limi huzuridagi Madaniyat va aholi dam olish markazi binosida joylashtirilgan muassasada, ma'lumotlarga ko'ra, dastlab yuzga yaqin   ekspozisiya namoyishga qo'yilgan edi. Xususan, unda 1937 yilda Surxondaryo viloyatining Ayritom mavzesida olib borilgan arxeologik qazishmalar chog'ida topilgan va ayni paytda Sankt-Peterburgdagi Ermitaj davlat muzeyida saqlanayotgan qadimiy friz nusxasini uchratish mumkin. Yodgorlikda chang va ud musiqa asboblarini chalayotgan ayollar haykalchalari aks etgani o'lkamizda musiqa ilmi juda ko'p asrlar muqaddam shakllanganidan dalolat beradi.

- “Maqom muzeyi” muassasamiz filiali sifatida faoliyat ko'rsatayapti, - deydi Amir Temur nomidagi moddiy-madaniyat tarixi muzeyi direktori Nabi Xushvaqtov. – Muntazam ravishda undagi eksponatlar tarkibini boyitib borishga harakat qilayapmiz. Ana shu sa'y-harakatlarimiz evaziga hozirda undan joy olgan ashyolar soni 400 dan oshdi. Turli musiqa asboblari, qator etnografik materiallar ushbu muzey fondini to'ldirayapti. Shunga monand, bu muassasaga keluvchilar soni ham ortib bormoqda. Hozir bir oyda o'rtacha ming nafarga yaqin san'at ixlosmandlari “Maqom muzeyi”ni tomosha qilayotgan bo'lsa, shundan yuz nafarga yaqini xorijlik sayyohlar ekanini qayd etish o'rinli.
Maqom san'ati, uning tarixiga oid xalqimizning boy madaniy merosi barchamizda g'urur va iftixor tuyg'ularini kuchaytirishi bilan ham ahamiyatli. Ayniqsa, yosh avlodda milliy va umuminsoniy qadriyatlar, bebaho tarixiy va madaniy merosga hurmat, Vatanga sadoqat tuyg'ularini tarbiyalash, milliy o'zlikni anglash tuyg'usi, yuksak badiiy-estetik did va tafakkurni kamol toptirishda uning o'rni beqiyosdir. Shundan kelib chiqib mulohaza etsak, Xalqaro maqom san'ati anjumaniga an'anaviy tus berilishi, uning doirasida yo'lga qo'yilgan ilmiy-amaliy jarayonlar, “Maqom muzeyi” faoliyati ma'naviy-madaniy sohada erishgan katta yutug'imiz bo'ldi. 
 
Go'zal FAYZIYEVA,
Shahrisabz tumanidagi 70-maktabning tarix fani o'qituvchisi
Qalbiniso HUSANOVA,
Yakkabog' tumanidagi 75-maktabning tarix fani o'qituvchisi
                                                            Qashqadaryogz.uz ma'lumotlari asosida

samedi, 20 octobre 2018 00:00

Ishlab chiqarish hajmi ortmoqda

Avtor

Qarshi shahridagi “Radiant Silk” O'zbekiston-Xitoy qo'shma korxonasi yiliga 450 tonna quruq pillani qayta ishlash quvvatiga ega.
Joriy yilning o'tgan 9 oyida bu erda 20 tonnadan ziyod ipak-kalava ishlab chiqarildi. 2017 yilda 790 ming AQSh dollari miqdorida mahsulot eksport qilingan bo'lsa, joriy yilning 9 oyidayoq bu ko'rsatgichga erishildi.

Korxona mutasaddilari xorijlik investorlar bilan hamkorlikda istiqbolli loyihalarni amalga oshirish harakatida. Mazkur loyihalar doirasida ipakdan tayyor mahsulot ishlab chiqarish, ipak gilamlar to'qishni yo'lga qo'yish ko'zda tutilgan. Dastlabki hisob-kitoblarga ko'ra, loyihani amalga oshirish uchun 30 million dollar qiymatida investisiya kiritiladi.

Jamshid Norqobilov (surat), O'zA

samedi, 20 octobre 2018 00:00

Yangi arxeologik yodgorlik topildi

Avtor

Amir Temur nomidagi moddiy-madaniyat tarixi muzeyi  ilmiy xodimlari  tomonidan Hisor tog'ining Yakkabog' hamda Qamashi xududlarida olib borilgan arxeologik kuzatuv ishlari va izlanishlar jarayonida Qo'rg'oncha nomi bilan ataluvchi yodgorlik topildi. Bu haqda O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining axborot xizmati ma'lum qilmoqda.
Yodgorlikka Turnasoyning Darvoza deb ataluvchi darasi ichidan Kelintoymas tor yo'lagi orqali chiqiladi va tosh devorlar Qatovdan Tatar qishlog'iga qadar  davom etgan.
Yodgorlik ikkita me'moriy qurilish tizimiga ega bo'lib, hududi janubdan Shimol tomondagi devorgacha 180 metr, sharqdan g'arbiy devorgacha esa 276 metr masofani tashkil etadi. Inshoot qadimgi davrlardayoq jiddiy zarar ko'rgani, buzib tashlangani yaqqol ko'zga tashlansa-da, uning mudofaa maqsadida qurilgani haqida tasavvur hosil bo'ladi.
Ta'kidlash joizki, milodiy VIII asrda  arab xalifaligiga qarshi ko'tarilgan Muqanna (Hoshim ibn Hakim) qo'zg'oloni va mazkur qo'zg'olon bilan bog'liq tarixiy joylar masalasida manbashunoslar, tarixchilar, arxeologlar o'rtasida qizg'in munozarali tortishuvlar mavjud.
Ushbu qo'zg'olonlarning  asosiy markazlari Kesh va Nasaf viloyatlari  bo'lgan. Manbalarda Muqanna qo'rg'oni Siyom tog'ida joylashganligi, mazkur tog' Narshaxiy asarlarida Som va Ibn Rustada Sinom deb atalishi ta'kidlab o'tilgan. Qo'rg'on o'rnini aniqlash maqsadida o'rganilgan mavjud yozma manbalardan biri - Mahmud Qoshg'ariyning “Devoni lug'otit turk” asarida “Inchkand - Muqanna fuqarolari yashagan shaharning nomi. So'ng xarob bo'lgan” degan ma'lumot bor. “Inch” so'zi “tinch” degan ma'noni beradi.
Ma'lumot o'rnida keltirib o'tish kerakki, aynan Inchkand Hisor tog' oldi hududida joylashgan Yakkabog' tumanidagi Ishkent qishlog'idir. Som yoki Siyom termini so'g'diycha bo'lib, arab geograflari mazkur tog'ni arabchada Hisor deb ataydilar. Muqanna qal'asining arab bosqinchilari tomonidan buzib tashlanganligi haqida barcha yozma manbalarda to'liq ma'lumotlar mavjud.
Qamashi tumanidagi xushmanzara Qatov tog'i va uning atrofidagi qishloqlarda olib borilgan arxeologik, etnografik va manbaashunoslik yo'nalishida amalga oshirilgan dastlabki tadqiqotlar natijasida Qo'rg'oncha yodgorligi kashf etilishi ilm olamidagi katta yangilikdir.
JAHONGIR


Page 1 sur 28

Address


Address: Kashkadarya region, Karshi city,Independence squre, 1
Post index:180100
Telephone
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Fax
: 0(375)221-13-40
Web site
http://www.qashqadaryo.uz
Email adress
Hear bus stop 
Nasional Bank Kashkadarya region and Independence squre station
Automachine
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Online users

Nous avons 167 invités et aucun membre en ligne

Useful resources

The press of president of the Republic Uzbekistan
www.press-service.uz
   
The Senate's meeting of the Republic Uzbekistan
www.senat.uz
   
The legality chamber of the Republic Uzbekistan Supreme Minister
www.parliament.gov.uz
   

The goverment chamber of the Republic Uzbekistan
www.gov.uz

   
The represent of human rights of the Republic Uzbekistan Supreme Minister
www.ombudsman.uz
   
The main prosecution of the Republic Uzbekistan
www.prokuratura.uz

 

Mobile Applications

Bosh sahifa

Qabul kunlari

Rahbariyatga murojaat etish

Rahbariyatga murojaat etish

Viloyat hokimligining umumiy bo'limiga murojjat etish (Yangi oynada ochiladi)

Mobil versiya

Mobil versiyaga o'tish

Bog'lanish

Ishonch telefon raqami 
0(371) 200-55-05 
Ishonch telefon raqami reglament
Yagona telefon raqami
0(375) 221-07-60 
Yagona telefon raqami reglamenti

Batafsil>>>

Biz bilan bog'lanish

Sahifa adressi

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family