wrapper

YIRIK ZAVOD QOSHIDA – TIKUVCHILIK SEXI

Biror hududda yirik sanoat korxonasi ishga tushishi o‘sha joy iqtisodiyoti rivoji tezlashishiga xizmat qilib qolmay, shu yerda yashovchi aholi hayotida ham ijobiy o‘zgarish yasaydi. Avvalo ular muqim ish o‘rniga, doimiy daromad manbaiga ega bo‘ladi. Buni “Dehqonobod kaliyli o‘g‘itlar zavodi” unitar korxonasi faoliyati misolida ham ko‘rish mumkin. Asosan qishloq xo‘jaligi uchun zarur va shu bilan birga dunyo bozorida xaridorgir mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan mazkur sanoat gigantida bugun mehnat qilayotganlarning ko‘pchiligini dehqonobodliklar tashkil etadi.

Ahamiyatlisi, korxona rahbariyati muhim yo‘nalishlarni yo‘lga qo‘yish evaziga tumandagi vaqtincha ishsiz yurgan odamlar bandligini ta’minlashga ham alohida e’tibor qaratayapti. Bir muddat avval ish so‘rab murojaat qilgan ehtiyojmand oila vakillariga ham yordam ko‘rsatildi. Zavod hududidan maxsus bino ajratilib, tikuvchilik sexi faoliyati yo‘lga qo‘yildi. 8 nafar xotin-qizga chevarlik sirlari o‘rgatilgach, ular shu sexga ishga joylashtirildi. Natijada korxona ehtiyoji uchun zarur tikuvchilik-trikotaj mahsulotlarini chetdan buyurtma qilmasdan, shu yerning o‘zida ishlab chiqarish imkoni yuzaga keldi.

- Seximiz talablar asosida jihozlangan, - deydi ishlab chiqarish ustasi Nizomiddin G‘uzorov. – 10 donadan ortiq yangi dastgoh olib kelganmiz. Ushbu maqsadlar uchun 30 million so‘mga yaqin mablag‘ sarflandi. Zavodimizning tog‘-kon va ishlab chiqarish majmualari ishchi-xizmatchilari uchun maxsus kiyimlarni ham shu yerda tayyorlayapmiz. Shuningdek, xona jihozlari, choyshab va yostiqlar ham seximizda tikilmoqda. Zamonaviy tikish mashinalari barcha murakkab operatsiyalarni bajarish imkonini beradi. Kelgusida turli yozuv bosishga mo‘ljallangan qo‘shimcha uskunalar keltirish ko‘zda tutilgan. Chunki bu kiyimlarga zavod logotipini tushirishda asqatadi.

Darhaqiqat, ushbu tashabbus yuqori ijtimoiy ahamiyatga ega ekani bilan muhim. Avval bekor qolgan shuncha xotin-qiz bugun o‘zini ko‘rsatib, yaxshi daromad topayotgani buning isbotidir. Qolaversa, zavod ma’muriyati ham bundan hech nima yutqizayotgani yo‘q. Qaytanga ayrim sarf-xarajatlarni kamaytirib, mahsuldorlikni oshirayapti. Korxona mutasaddilarining bildirishicha, yangi sex faoliyatini yanada kengaytirish, qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish, chetdan bo‘ladigan buyurtmalar bilan ishlashni ham tashkil etish maqsad qilingan.

Mirzohid JO‘RAYEV

Sobir NARZIYEV olgan surat.

Matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing.

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 131 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Bosh sahifa

Qabul kunlari

Rahbariyatga murojaat etish

Rahbariyatga murojaat etish

Viloyat hokimligining umumiy bo'limiga murojjat etish (Yangi oynada ochiladi)

Mobil versiya

Mobil versiyaga o'tish

Bog'lanish

Ishonch telefon raqami 
0(371) 200-55-05 
Ishonch telefon raqami reglament
Yagona telefon raqami
0(375) 221-07-60 
Yagona telefon raqami reglamenti

Batafsil>>>

Biz bilan bog'lanish

Sahifa adressi

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family