wrapper

Maxsus imkoniyatlar

 1.Viloyat hokimligi apparatida fuqarolarning og´zaki yoki yozma shakldagi ariza, taklif va shikoyatlari bilan ishlash hamda fuqarolarni qabul qilish O´zbekiston Respublikasining Fuqarolarning murojaatlari to´g´risidagi qonuni hamda Qashqadaryo viloyati hokimligida fuqarolarning murojaatlarini ko´rib chiqish va ularni qabul qilish tartibi asosida amalga oshiriladi.

2.Fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash uchun mas´uliyat viloyat hokimining o´rinbosarlari, umumiy bo´lim, gurux rahbarlari va kotibiyat mudirlari zimmasiga yuklanadi.

3.Viloyat hokimligida fuqarolar viloyat hokimi, hokim o´rinbosarlari, hokimlik apparatining kotibiyat, bo´lim va guruh rahbarlari tomonidan fuqarolarni qabul qilish xonasida qabul qilinadi. Fuqarolarni qabul qilish viloyat hokimi tasdiqlagan jadval asosida amalga oshiriladi. Qabul jadvali fuqarolar e´tiboriga etkaziladi. 

4.Viloyat hokimi va hokim o´rinbosarlari tomonidan fuqarolar xududlarda maxsus jadval asosida sayyor qabul qilinadi. Fuqarolar qabulini tashkil etish uchun mas´uliyat viloyat hokimligi umumiy bo´lim zimmasiga yuklatiladi.

5.Har bir fuqaroning qabulidan so´ng qabul varaqalari rasmiylashtiriladi. Unda qabul qilingan fuqaroning familiyasi, ismi, otasining ismi, aniq istiqomat qiladigan manzili, murojaatning qisqacha mazmuni yozib qo´yiladi. Qabul varaqasi umumiy bo´limda ro´yxatdan o´tkaziladi. Qabulda ko´tarilgan masalalar ko´rib chiqilishi uchun tegishli ijrochilarga yuboriladi va uning nazorati hokimlik apparatining tegishli bo´linmasi tomonidan amalga oshiriladi.

6. Fuqarolarning murojaatlari to´g´risidagi O´zbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasiga muvofiq murojaatlarda fuqaroning familiyasi(ismi,otasining ismi), yashash joyi to´g´risidagi ma´lumotlar ko´rsatilgan, ariza, taklif yoki shikoyatning mohiyati bayon qilingan bo´lishi kerak. Yozma murojaatlarda murojaat etuvchining imzosi bo´lishi lozim. Murojaatga shaxsiy imzo qo´yish imkoni bo´lmagan taqdirda, uni yozgan shaxsning imzosi bilan tasdiqlanib, familiyasi,ismi,otasining ismi ham yozib qo´yiladi.Fuqarolarning familiyasi (ismi, otasining ismi), yashash joyi to´g´risidagi ma´lumotlar ko´rsatilmagan yoki u haqda soxta ma´lumotlar ko´rsatilgan, shuningdek imzo qo´yilmagan yozma murojaatlar haqqoniy emas(anonim) deb hisoblanadi va ko´rib chiqilmaydi.

7.Viloyat? hokimligiga kelgan fuqarolarning murojaatlari umumiy bo´limda ro´yxatga olinadi. Mazmuniga qarab viloyat hokimi, hokim o´rinbosarlariga ko´rib chiqish uchun kiritiladi.Murojaatni o´rganish bo´yicha berilgan topshiriq umumiy bo´limda ro´yxatdan o´tkaziladi va tegishli ijrochilarga etkaziladi. Viloyat hokimligiga tushadigan barcha yozma murojaatlar belgilangan shakl bo´yicha qabul qilinadi, ro´yxatdan o´tkaziladi va hisobga olinadi.

8.Viloyat hokimi o´rinbosarlari yoki hokimlik apparatining bo´linmalari raxbarlari nomiga kelgan murojaatlar ham umumiy bo´lim tomonidan xuddi shu tartibda rasmiylashtiriladi va nazoratga olinadi. Fuqarolarning murojaatlarini o´rganib chiqish uchun viloyat hokimi topshirig´i asosida yoki murojaatni ko´rib chiqish uchun yuborilgan hokim o´rinbosari tomonidan tegishli mutaxassislardan iborat ishchi guruh tuzilishi mumkin.

9.Fuqarolarning murojaatlari kelib tushgan kundan e´tiboran bir oygacha bo´lgan muddat ichida ko´rib chiqiladi, ko´shimcha o´rganish talab etiladigan takliflar bundan mustasno va bu haqda taklif kiritgan shaxsga o´n kunlik muddat ichida ma´lum qilinadi. Agar murojaatlarda qo´yilgan masalalarni hal etish hokimlik vakolati doirasiga kirmasa, besh kun muddatdan kechikmay ular tegishli idoralarga jo´natiladi va bu haqda fuqaroga yozma ravishda xabar qilinadi. Umumiy bo´lim mudiri fuqarolarning murojaatlarini ro´yxatdan o´tkazish va ular bilan olib borilgan ishlarni tahlil qiladi, qonun buzilish holatlariga yo´l qo´ymaslik choralarini ko´radi. Oy yakuni bo´yicha viloyat hokimligiga fuqarolardan kelgan murojaatlarni umumlashtiradi va ularni mazmuni bo´yicha tahlil qiladi. Tahliliy ma´lumotlarni viloyat hokimlik soati va apparat yig´ilishlari muhokamasiga kiritadi.


Fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash bo´yicha mas´ul shaxs:


    Rajabov Rafik Gaibovich


    Viloyat hokimligi apparati umumiy bo´limi bosh mutaxasis

    Mazkur vazifada 2016 yildan buyon faoliyat ko´rsatadi. 

    Manzil: Qarshi shaxri, Mustaqillik maydoni 2-uy

    Telefon:8(375) 221-07-60 
     E-mail: 

 
 



Matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing.

Bazaviy interaktiv xizmatlar

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 222 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Foydali resurslar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati
www.press-service.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati
www.senat.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi
www.parliament.gov.uz
   
O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali
www.gov.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)
www.ombudsman.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi
www.prokuratura.uz

Mobil ilovalar

Bosh sahifa

Qabul kunlari

A- A A+

Rahbariyatga murojaat etish

Rahbariyatga murojaat etish

Viloyat hokimligining umumiy bo'limiga murojjat etish (Yangi oynada ochiladi)

Mobil versiya

Mobil versiyaga o'tish

Bog'lanish

Ishonch telefon raqami 
0(371) 200-55-05 
Ishonch telefon raqami reglament
Yagona telefon raqami
0(375) 221-07-60 
Yagona telefon raqami reglamenti

Batafsil>>>

Biz bilan bog'lanish

Sahifa adressi

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family
Reset