Welcome to Qashqadaryo viloyat hokimiyati   Click to listen highlighted text! Welcome to Qashqadaryo viloyat hokimiyati Powered By GSpeech

wrapper

Maxsus imkoniyatlar
  • Mehnat huquqlari - Soliq inspektsiyasida ishlayotgan davrimda meni tumanimizning xalq deputatlari kengashiga deputat qilib saylashdi. SHu munosabati bilan men egallab turgan lavozimimdan ozod etildim. Menga vakolat muddatim tugagach biror bir imtiyoz beriladimi?

    Mehnat kodeksining 69-moddasiga ko’ra, davlat organlaridagi saylab qo’yiladigan lavozimlarga saylanganligi tufayli ishdan ozod qilingan xodimlarga saylab qo’yiladigan lavozimdagi vakolatlari tugagandan keyin avvalgi ishi (lavozimi) beriladi, bunday ish (lavozim) mavjud bo’lmasa, avvalgisiga teng ish (lavozim) beriladi.

  • Mehnat huquqlari - Men kasalxonada ishlayman. Kecha majlisda bizning kasaba uyushmamiz raisi jamoa shartnomasiga ko’p martotaba havola qilib kasalxona xodimlarining huquq va rahbariyat bilan o’zaro munosabatlarining o’ziga xos jihatlari haqida gapirdi. Men ish boshlagan paytimda ushbu jamoa shartnomasi tuzib bo’lingan edi. Men uni imzolamaganman. Endi ushbu jamoa shartnomasi menga nisbatan ham tatbiq qilinadimi, deb o’ylanib qoldim.

    Albatta, tatbiq qilinadi. Jamoa shartnomasi ish beruvchiga va mazkur korxonaning barcha xodimlariga, shu jumladan, jamoa shartnomasi kuchga kirganidan keyin ishga qabul qilingan shaxslarga ham tatbiq etiladi.

    Mehnat kodeksining 29-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq jamoa shartnomasi – korxonada ish beruvchi bilan xodimlar o’rtasidagi mehnatga oid, ijtimoiy-iqtisodiy va kasbga oid munosabatlarni tartibga soluvchi normativ hujjatdir.

    Siz o’zingizning shaxsiy mehnatga oid huquq va majburiyatlaringizga taalluqli bo’lgan mehnat shartnomasini imzolaysiz.

    Ish beruvchi bilan jamoa shartnomasini tuzish zarurligi haqida qaror qabul qilish huquqiga kasaba uyushmasi o’z vakillik organi orqali, xodimlar tomonidan vakolat berilgan boshqa vakillik organi yoki bevosita mehnat jamoasining umumiy yig’ilishi (konferentsiyasi) ega. Jamoa shartnomasi, basharti uni umumiy yig’ilishda (konferentsiyada) ishtirok etayotganlarning ellik foizidan ko’prog’i yoqlab ovoz bergan bo’lsa, ma’qullangan hisoblanadi.

    Umumiy yig’ilishda (konferentsiyada) ma’qullanganidan keyin taraflarning vakillari jamoa shartnomasini uch kun ichida imzolaydilar. SHunday qilib, jamoa shartnomasi har bir xodim tomonidan emas, balki ish beruvchi xodimlarning vakillari tomonidan imzolanadi.

    Jamoa shartnomasi ish beruvchiga va mazkur korxonaning barcha xodimlariga, shu jumladan, jamoa shartnomasi kuchga kirganidan keyin ishga qabul qilingan shaxslarga ham tatbiq etiladi. Sizning jamoa shartnomasini mazmuni bilan tanishishga va uning qoidalariga rioya qilinishini talab qilishga to’liq haqqingiz bor.

  • Mehnat huquqlari - Qo’shma korxonaga ishga joylashayotgan vaqtimda, ish beruvchi korxonaga chet el fuqarolari rahbarlik qilayotganligi sababli korxonadagi yillik mehnat ta’tili 12 kunni tashkil etishini aytdi. Bu to’g’rimi?

    Bu noto’g’ri. Mehnat kodeksining 5-moddasiga muvofiq mehnat haqidagi kelishuvlar va shartnomalarning xodimlar ahvolini mehnat to’g’risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarda nazarda tutilganiga qaraganda yomonlashtiradigan shartlari haqiqiy emas. SHu bilan birga, Mehnat kodeksining 134-moddasiga muvofiq xodimlarga o’n besh ish kunidan kam bo’lmagan muddat bilan yillik asosiy ta’til berilishi nazarda tutilgan.

  • Hisob-kitob - Korxonamning bankdagi xisob raqamini menga qulay bo'lgan va mening korxonam joylashgan viloyat hududidagi istalgan tijorat banklarida ochishim mumkinmi yoki faqatgina korxonam davlat ro'yxatdan o'tgan hududda joylashgan tijorat banklardami?

    “O'zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to'g'risidagi” Yo'riqnomaning (ro'yxat raqami 1948, 2009-yil 27 -aprel) 3-bandi ikkinchi xatboshisiga muvofiq, ulgurji savdo korxonalari-yagona soliq to'lovi to'lovchilari (ulgurji dorixona tashkilotlari, ulgurji savdo korxonalari uyushmasi tizimiga kiruvchi ixtisoslashtirilgan ulgurji baza-idoralar bundan mustasno) milliy valyutadagi asosiy va ikkilamchi hisobvaraqlarini ular yuridik shaxs sifatida davlat ro'yxatidan o'tgan tuman (shahar)dagi tijorat banklari va (yoki) ularning filiallarida ochishlari lozimligi belgilangan.

  • Hisob-kitob - Agar ta'sischi o'z mablag'larini plastik kartaga o'tkazmoqchi bo'lsa, bank 5 foiz ushlab qolish huquqiga egami?

    O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 780-moddasida mijoz bankning hisobvaraqda turgan pul mablag'lari bilan operatsiya qilish bo'yicha xizmatlariga bank hisobvarag'i shartnomasida nazarda tutilgan shartlar asosida haq to'lashi belgilab qo'yilgan.

    “O'zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to'g'risida”gi Yo'riqnoma (ro'yxat raqami 1948, 2009-yil 27-aprel)ning 7-bandi 3-xatboshisiga muvofiq bank hisobvarag'i shartnomasida bank xizmatlari uchun to'lanishi lozim bo'lgan komissiyalar belgilab olinadi. “Banklar va bank faoliyati to'g'risida” Qonunining 28-moddasiga asosan bank operatsiyalari bo'yicha foiz stavkalari va vositachilik haqi miqdori banklar tomonidan mustaqil belgilanadi.

    Yuqoridagilardan kelib chiqib, bank operatsiyalari bo'yicha foiz stavkalari va vositachilik haqi miqdori tijorat banklari tomonidan mustaqil belgilanadi.

  • Hisob-kitob - Yuridik shaxs yakka tartibdagi tadbirkor bilan pul o'tkazish yo'li orqali operatsiyalar bajarishi mumkinmi? Huquqiy asosi qanaqa?

    O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 790-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq yuridik shaxslar o'rtasidagi hisob-kitoblar, shuningdek fuqarolarning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishi bilan bog'liq holda ular ishtirokidagi hisob-kitoblar naqd pulsiz tartibda amalga oshiriladi. Ko'rsatib o'tilgan shaxslar o'rtasidagi hisob-kitoblar, agar qonunda boshqacha tartib belgilab qo'yilgan bo'lmasa, naqd pulda ham amalga oshirilishi mumkin.

    O'zbekiston Respublikasi hududida naqd pulsiz hisob-kitoblarni o'tkazish tartibi “O'zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to'g'risida”gi Nizomga (ro'yxat raqami 2465, 2013 yil 3 iyun) muvofiq tashkil etiladi.

  • Transport - Yuridik vа jismoniy shаxslаrning trаnsport vositаlаrini ro`yxаtdаn o`tkаzish yuzаsidаn аrizаlаrni ko`rib chiqish tаrtibini tushuntiring?

    Trаnsport vositаlаrini qаytа ro`yxаtdаn o`tkаzish O`zbekiston Respublikаsi Vаzirlаr Mаhkаmаsining 1997-yil 26-mаydаgi 256-sonli qаrori аsosidа аmаlgа oshirilаdi.

    YHXX orgаnlаridа yuridik yoki jismoniy shаxslаrgа tegishli trаnsport vositаlаri egаsi korxonа yoki tаshkilotning yozmа аrizаsi fuqаrolаr uchun shаxsiy pаsport yoki uning o`rnigа berilgаn hujjаt, trаnsport vositаsini qonuniy sotib olingаnligini, ro`yxаtdаn o`tkаzish uchun belgilаngаn yig`imlаr to`lаngаnligini tаsdiqlovchi hujjаtlаr аsosidа ro`yxаtdаn o`tkаzilаdi.

    Yuridik shаxslаr trаnsport vositаlаrini ro`yxаtdаn o`tkаzishdа yuridik shаxsning dаvlаt ro`yxаtidаn o`tkаzilgаnligi to`g`risidаgi guvohnomа nusxаsini tаqdim etаdilаr.

    Trаnsport vositаlаri ulаrni qаyd etishdаn oldin hududiy mudofаа ishlаri bo`yichа bo`limlаrdа ro`yxаtdаn o`tkаzilаdi yoki ro`yxаtdаn chiqаrilаdi.

    Yangi tаshkil etilgаn tаshkilot vа korxonаlаrni аvtoxo`jаliklаrni ro`yxаtdаn o`tkаzish vаqtidа trаnsport vositаlаrini sаqlаsh uchun yetаrli joy mаydoni (gаrаj, аvtosаroy) mаvjudligi yoki bundаy joy ijаrаgа olingаnligi hаqidаgi shаrtnomаdаn nusxа, hududiy YHXX orgаni tomonidаn shu joyning ko`rikdаn o`tkаzilgаni to`g`risidаgi dаlolаtnomа tаqdim etilаdi.

    Trаnsport vositаlаri ushbu hollаrdа qаytа ro`yxаtdаn o`tkаzilаdi:

    Trаnsport vositаlаrining turаr-joy yoki egаsining yashаsh joyi o`zgаrgаndа, quyidаgi hujjаtlаr аsosidа:

    • belgilаngаn tаrtibdа аrizа;
    • texnik hujjаt (qаyd etish guvohnomаsi, texnik pаsport, texnik tаlon);
    • korxonа vа tаshkilotlаr trаnsport vositаlаrining turgаn o`rni o`zgаrishigа аsos bo`lgаn hujjаt (buyruq, ijаrа shаrtnomаsi, hokimlik qаrori);
    • trаnsportlаrning turgаn o`rnini hududlаrdаgi YHXB orgаnlаri tomonidаn ko`rikdаn o`tkаzgаnligi hаqidаgi dаlolаtnomа;
    • Tаshkilotning nomi, egаsining fаmiliyasi, ismi vа otаsining ismi o`zgаrgаndа, quyidаgi hujjаtlаr аsosidа:
    • belgilаngаn tаrtibdа аrizа;
    • ismi o`zgаrgаnligini tаsdiqlovchi hujjаt (buyruq, fаrmoyish, qаror);
    • fuqаrolаr uchun shаxsiy pаsport, fаmiliyasi, ismi vа otаsining ismi o`zgаrgаnligini tаsdiqlovchi hujjаt (fuqаrolik holаtini dаlolаtnomаlаrini qаyd etish orgаni yoki sud orgаni tomonidаn berilgаn hujjаt).

    Egаsi o`zgаrgаndа, quyidаgi hujjаtlаr аsosidа:

    • belgilаngаn tаrtibdа аrizа;
    • notаriаl idorаlаri tomonidаn berilgаn oldi-sotdi, hаdya, аyirboshlаsh shаrtnomаlаri, vorislik, meros vа mulkkа egаlik qilish huquqini beruvchi guvohnomаlаr;
    • sud qаrori;
    • O`zbekiston Respublikаsi Dаvlаt mulk qo`mitаsi idorаlаri tomonidаn berilgаn order;
    • chetdаn keltirilgаn vа bojxonа nаzorаti ostidа turgаn trаnsport vositаlаri uchun bojxonа idorаsi tomonidаn berilаdigаn mаxsus guvohnomа.
  • Transport - Men shаxsiy аvtotrаnsportimdа аvtoxаlokаtgа uchrаdim. Kimgа vа qаndаy qilib murojааt etishim kerаk?

    Yo`l trаnsport xodisаsigа uchrаgаndа hаr bir xаydovchi, xududiy Yo`l hаrаkаti xаvfsizligi xizmаtigа yoki yaqin orаdаgi ichki ishlаr idorаlаrigа xаbаr berishi kerаk.

  • Konsullik xizmatlari - O`zbekistondan hujjatlarni so`rab olish tartibi qanday?

    O`zbekiston Respublikasidan hujjatlarni so`rab olish uchun O`zbekiston Respublikasi fuqarolari, xorijiy fuqarolar va fuqarolikka ega bo`lmagan shaxslar bevosita O`zbekiston Respublikasi arxiv muassasalariga ham, shuningdek O`zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalariga va konsullik muassasalariga ham murojaat etishlari mumkin.

    O`zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonasiga yoki konsullik muassasasiga murojaat etuvchi shaxs har bir so`rab olinayotgan hujjat uchun alohida belgilangan shakldagi maxsus anketani ikki nusxada to`ldirishi, shuningdek konsullik yig`imini, hamda amaldagi xarajatlarni qoplash yig`imini to`lashi shart.

    Mehnat va pensiya daftarchalari, harbiy biletlarning asl nusxalarini so`rab olish, jo`natib yuborish yoki xorijga chaqirtirib olishga yo`l qo`yilmaydi.

    Shuningdek, agar nikoh bekor qilingan bo`lsa, nikohdan o`tganlik to`g`risidagi guvohnomani, shuningdek vafot etgan shaxsning tug`ilganlik to`g`risidagi guvohnomasini qaytadan so`rab olinishi mumkin emas. Voyaga yetmagan shaxslarning tug`ilganlik to`g`risidagi guvohnomalari ularning qonuniy vakillari tomonidan so`rab olinishi mumkin. Vafot etganlik to`g`risidagi guvohnomalar vafot etgan shaxsning qarindoshlari yoki yuridik shaxslar tomonidan rasmiy maqsadlar uchun so`rab olinishi mumkin.

    Amaliyotning ko`rsatishicha, ma’lumot to`g`risidagi hujjatlarni (attestatlar, diplomlar va ulardan ko`chirmalarni) O`zbekiston Respublikasidan so`rab olishda manfaatdor shaxslarning bevosita o`quv muassasasiga murojaat etishi bir muncha samarali natija beradi. Buning uchun shaxsiy ishni arxivlardan izlab topish, hujjatning dublikatini tayyorlash, shahodatlash va arizachiga jo`natib yuborish bilan bog`liq barcha xarajatlarning qoplanishi shart bo`ladi.

  • Konsullik xizmatlari - Xorijga doimiy yashashga chiqqan O’zbekiston Respublikasi fuqarolari qayerda pasport olishlari yoki almashtirishlari mumkin?

    Xorijda doimiy yashayotgan O’zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun O’zbekiston Respublikasi fuqarosi pasporti O’zbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarida beriladi.

    Bunday holatda arizachi doimiy konsullik ro’yxatiga olingan O’zbekiston Respublikasining xorijdagi vakolatxonalariga murojaat qiladi.

  • Konsullik xizmatlari - Xorijda istiqomt qilayotgan vaqtda familiyani, ismini, otasining ismini o`zgartirish mumkinmi, bu harakatni qanday holatlarda amalga oshirish mumkin?

    Xorijda doimiy istiqomat qiluvchi fuqarolarning arizalari konsul tomonidan ko`rib chiqiladi. Familiyani, ismini, otasining ismini o`zgartirish to`g`risidagi ariza arizachi tomonidan u 16 yoshga to`lganidan keyin taqdim etilishi mumkin (arizachining tashrifi majburiy).

    Familiyani, ismini, otasining ismini o`zgartirish to`g`risidagi ariza quyidagi hollarda ko`rib chiqiladi:

    • agar familiyasi, ismi va otasining ismi hunuk bo`lsa;
    • agar familiyasi, ismi va otasining ismi millatiga mos bo`lmasa;
    • o`z xohishiga ko`ra nikohgacha bo`lgan familiyani qaytarish ixtiyor qilinsa (nikohda turgan holatda ham, nikoh bekor qilingandan keyin ham);
    • oila uchun umumiy familiyani olish istagi tug`ilganda (agar nikoh tuzilayotganda er-xotin umumiy familiyani tanlagan bo`lmasa);
    • konsul uzrli deb hisoblagan boshqa holatlarda.

    Familiyani, ismini, otasining ismini o`zgartirish uchun taqdim etiladigan hujjatlar ro`yxati:

    • Familiyani, ismini, otasining ismini o`zgartirish to`g`risidagi ariza (o`rnatilgan shakli konsuldan olinadi).
    • Arizachining tug`ilganlik to`g`risidagi guvohnomasi.
    • Agar arizachi nikohlangan bo`lsa, nikoh tuzilganligi to`g`risidagi guvohnoma, agar ajrashgan bo`lsa, nikohdan ajrashganligi to`g`risidagi guvohnoma.
    • Agar arizachining voyaga yetmagan farzandlari bo`lsa, bolaning tug`ilganligi to`g`risidagi guvohnomalari.
    • Pasportdan yoki arizachining shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatdan ko`chirma.
    • Agar arizachi voyaga yetmagan bo`lsa (16 yoshdan 18 yoshgacha), yoki sud qarori bilan muomalaga layoqatsiz deb topilgan bo`lsa, ota-onasining, yoki vasiyning, yohud homiyning arizasi.
    • 1 ta fotosurat (3x4 hajmli).
    • Voyaga yetmagan (16 yoshdan 18 yoshgacha) shaxslar uchun, shuningdek ota-onasining roziligi ham talab etiladi.

    Agar 16 yoshga to`lgan shaxs pasport yoki uning shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatni olgunga qadar familiyani, ismini, otasining ismini o`zgartirish to`g`risida ariza bersa, arizaga tug`ilganlik to`g`risidagi guvohnoma va tug`ilganlikni qayd etish dalolatnomasining nusxasi ilova qilinadi.

  • Soliqqa tortish - Menga tegishli bo'lgan mol-mulk obyekti kadastr idoralarida baholanmagan. Mazkur holatda mulkning inventar qiymati qay tartibda aniqlanadi?

    Jismoniy shaxslarning mol-mulkini baholash bo'yicha vakolatli organ tomonidan aniqlangan soliq solish obyektining bahosi mavjud bo'lmagan taqdirda, Toshkent shahri va viloyat markazlarida 18 480,0 ming so'm, boshqa shaharlar va qishloq joylarda - 8 030,0 ming so'm miqdorida mol-mulkning shartli qiymati qabul qilinadi. (O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 25 dekabrdagi PQ-2099-sonli qarorining 18 ilovasi)

  •  
     
  • Bandlik - Mehnat to'g'risidagi qonun hujjatlari chet el korxonalarida qo'llaniladimi?

    O'zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 12 moddasiga muvofiq Chet ellik yuridik va jismoniy shaxslarga to'liq yoki qisman tegishli bo'lgan va O'zbekiston Respublikasi hududida joylashgan korxonalarda O'zbekiston Respublikasining mehnat to'g'risidagi qonun hujjatlari qo'llaniladi.

     
  • Bandlik - Necha yoshdan ishga qabul qilishga yo'l qo'yiladi?

    O'zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 77-moddasiga muvofiq, ishga qabul qilishga o'n olti yoshdan yo'l qo'yiladi. Yoshlarni mehnatga tayyorlash uchun umumta'lim maktablari, o'rta maxsus, kasb-hunar o'quv yurtlarining o'quvchilarini ularning sog'lig'iga hamda ma'naviy va axloqiy kamol topishiga ziyon etkazmaydigan, ta'lim olish jarayonini buzmaydigan engil ishni o'qishdan bo'sh vaqtida bajarishi uchun — ular o'n besh yoshga to'lganidan keyin ota-onasidan birining yoki ota-onasining o'rnini bosuvchi shaxslardan birining yozma roziligi bilan ishga qabul qilishga yo'l qo'yiladi. O'n sakkiz yoshga to'lmagan shaxslarni ishga qabul qilish ushbu Kodeksning 241-moddasida nazarda tutilgan talablarga rioya etilgan holda amalga oshiriladi.

     
  • Agarda mol-mulk solig'ini o'z vaqtida to'lamasam qonunda qanday javobgarlik choralari belgilangan?

    Mol-mulk solig'i o'z vaqtida to'lanmasa, to'lov muddati o'tkazib yuborilgan har bir kun uchun 0,033 foiz miqdorida penya undiriladi. Biroq, penya undirilishi soliq to'lovchini soliq to'lash majburiyatidan ozod etmaydi. Shuningdek, muddatida to'lanmagan soliqlar soliq organlarining da'vo arizalari asosida sud tartibida majburiy tarzda undiriladi. (O'zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 62 va 120-moddalari)

     
  • Sarmoya - Kredit ajratilishida amaliy yordam ko'rsatish masalasi.

    O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g'risidagi Qonunining 50-moddasiga muvofiq Markaziy bank moliya-bank tizimi barqarorligini saqlab turish, omonatchilar, qarz oluvchilar va kreditorlarning manfaatlarini himoya qilinishini ta'minlash maqsadida banklar, mikrokredit tashkilotlari va garovxonalar faoliyatini tartibga soladi va ushbu qonun bilan berilgan vakolatlar doirasida nazorat qiladi.  Mazkur Qonunga muvofiq tijorat banklari mijozlariga kreditlar berish to'g'risida ko'rsatma berish Markaziy bank vakolatlari doirasiga kirmaydi.

     
  • Sarmoya - Kredit bo'yicha garovga qo'yilayotgan mol-mulk qiymati bank tomonidan past bahoda qabul qilinib, natijada garov yetarli emasligi masalasi.

    O'zbekiston Respublikasining Banklar va bank faoliyati to'g'risidagi Qonunining 34-moddasiga asosan banklar qonun hujjatlariga muvofiq ko'char va ko'chmas mulkni garovga qo'yish, kafolat berish, kafillikka olish va majburiyatlar asosida kredit beradilar.   O'zbekiston Respublikasining Garov to'g'risidagi Qonunining 10-moddasida garov narsasini baholash garovga qo'yuvchi bilan garovga oluvchi o'rtasidagi kelishuvga ko'ra yoki baholash faoliyati to'g'risidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiq garov narsasini baholashdan o'tkazish orqali amalga oshirilishi ta'kidlangan.   Shuningdek, Markaziy bankning Tijorat banklari kredit siyosatiga nisbatan qo'yiladigan talablar to'g'risidagi Nizomning (dav. ro'y. №905, 02.03.2000 y.) 2.7 bandi 2-xatboshisiga asosan kredit siyosati garovga olingan mulk turiga qarab garov mavzuiga nisbatan qo'yiladigan talablar va kreditning garov qiymatiga nisbatini o'z ichiga olishi lozim bo'lib, mazkur bandda garov mavzui sinchiklab baholanishi va uning bozor qiymati uni sotish lozim bo'lgan paytda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan zarar o'rnini qoplashi lozimligi aniq yoritilishi zarur.

     
  • Transport - Men shаxsiy аvtotrаnsportimdа аvtoxаlokаtgа uchrаdim. Kimgа vа qаndаy qilib murojааt etishim kerаk?

    Yo`l trаnsport xodisаsigа uchrаgаndа hаr bir xаydovchi, xududiy Yo`l hаrаkаti xаvfsizligi xizmаtigа yoki yaqin orаdаgi ichki ishlаr idorаlаrigа xаbаr berishi kerаk.

     
  • Transport - Yuridik vа jismoniy shаxslаrning trаnsport vositаlаrini ro`yxаtdаn o`tkаzish yuzаsidаn аrizаlаrni ko`rib chiqish tаrtibini tushuntiring?

    Trаnsport vositаlаrini qаytа ro`yxаtdаn o`tkаzish O`zbekiston Respublikаsi Vаzirlаr Mаhkаmаsining 1997-yil 26-mаydаgi 256-sonli qаrori аsosidа аmаlgа oshirilаdi. YHXX orgаnlаridа yuridik yoki jismoniy shаxslаrgа tegishli trаnsport vositаlаri egаsi korxonа yoki tаshkilotning yozmа аrizаsi fuqаrolаr uchun shаxsiy pаsport yoki uning o`rnigа berilgаn hujjаt, trаnsport vositаsini qonuniy sotib olingаnligini, ro`yxаtdаn o`tkаzish uchun belgilаngаn yig`imlаr to`lаngаnligini tаsdiqlovchi hujjаtlаr аsosidа ro`yxаtdаn o`tkаzilаdi. Yuridik shаxslаr trаnsport vositаlаrini ro`yxаtdаn o`tkаzishdа yuridik shаxsning dаvlаt ro`yxаtidаn o`tkаzilgаnligi to`g`risidаgi guvohnomа nusxаsini tаqdim etаdilаr. Trаnsport vositаlаri ulаrni qаyd etishdаn oldin hududiy mudofаа ishlаri bo`yichа bo`limlаrdа ro`yxаtdаn o`tkаzilаdi yoki ro`yxаtdаn chiqаrilаdi. Yangi tаshkil etilgаn tаshkilot vа korxonаlаrni аvtoxo`jаliklаrni ro`yxаtdаn o`tkаzish vаqtidа trаnsport vositаlаrini sаqlаsh uchun yetаrli joy mаydoni (gаrаj, аvtosаroy) mаvjudligi yoki bundаy joy ijаrаgа olingаnligi hаqidаgi shаrtnomаdаn nusxа, hududiy YHXX orgаni tomonidаn shu joyning ko`rikdаn o`tkаzilgаni to`g`risidаgi dаlolаtnomа tаqdim etilаdi. Trаnsport vositаlаri ushbu hollаrdа qаytа ro`yxаtdаn o`tkаzilаdi: Trаnsport vositаlаrining turаr-joy yoki egаsining yashаsh joyi o`zgаrgаndа, quyidаgi hujjаtlаr аsosidа: - belgilаngаn tаrtibdа аrizа; - texnik hujjаt (qаyd etish guvohnomаsi, texnik pаsport, texnik tаlon); - korxonа vа tаshkilotlаr trаnsport vositаlаrining turgаn o`rni o`zgаrishigа аsos bo`lgаn hujjаt (buyruq, ijаrа shаrtnomаsi, hokimlik qаrori); - trаnsportlаrning turgаn o`rnini hududlаrdаgi YHXB orgаnlаri tomonidаn ko`rikdаn o`tkаzgаnligi hаqidаgi dаlolаtnomа;

    Tаshkilotning nomi, egаsining fаmiliyasi, ismi vа otаsining ismi o`zgаrgаndа, quyidаgi hujjаtlаr аsosidа:

    - belgilаngаn tаrtibdа аrizа; - ismi o`zgаrgаnligini tаsdiqlovchi hujjаt (buyruq, fаrmoyish, qаror); - fuqаrolаr uchun shаxsiy pаsport, fаmiliyasi, ismi vа otаsining ismi o`zgаrgаnligini tаsdiqlovchi hujjаt (fuqаrolik holаtini dаlolаtnomаlаrini qаyd etish orgаni yoki sud orgаni tomonidаn berilgаn hujjаt). Egаsi o`zgаrgаndа, quyidаgi hujjаtlаr аsosidа:

    - belgilаngаn tаrtibdа аrizа; - notаriаl idorаlаri tomonidаn berilgаn oldi-sotdi, hаdya, аyirboshlаsh shаrtnomаlаri, vorislik, meros vа mulkkа egаlik qilish huquqini beruvchi guvohnomаlаr; - sud qаrori; - O`zbekiston Respublikаsi Dаvlаt mulk qo`mitаsi idorаlаri tomonidаn berilgаn order; - chetdаn keltirilgаn vа bojxonа nаzorаti ostidа turgаn trаnsport vositаlаri uchun bojxonа idorаsi tomonidаn berilаdigаn mаxsus guvohnomа.

     
  •  
    Matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing.

    Bazaviy interaktiv xizmatlar

    Manzilimiz


    Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
    Pochta indeksi:180100
    Telefon
    : 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
    Faks
    : 0(375)221-13-40
    Veb-sayt
    http://www.qashqadaryo.uz
    Elektron pochta
    Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
    Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
    Avtomashrut
    1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
    37,44,462,11,21,37,33

    Hozir saytimizda

    Bizning saytimizda 85 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

    Foydali resurslar

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati
    www.press-service.uz
       
    O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati
    www.senat.uz
       
    O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi
    www.parliament.gov.uz
       
    O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali
    www.gov.uz
       
    O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)
    www.ombudsman.uz
       
    O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi
    www.prokuratura.uz
       
     
    Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo'yicha davlat inspeksiyasi
    http://gis.uz/

     

    Mobil ilovalar

    Bosh sahifa

    Qabul kunlari

    A- A A+

    Rahbariyatga murojaat etish

    Rahbariyatga murojaat etish

    Viloyat hokimligining umumiy bo'limiga murojjat etish (Yangi oynada ochiladi)

    Mobil versiya

    Mobil versiyaga o'tish

    Bog'lanish

    Ishonch telefon raqami 
    0(371) 200-55-05 
    Ishonch telefon raqami reglament
    Yagona telefon raqami
    0(375) 221-07-60 
    Yagona telefon raqami reglamenti

    Batafsil>>>

    Biz bilan bog'lanish

    Sahifa adressi

    Maxsus imkoniyatlar

    K'orinish

    Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
    Blue Green Red Radian
    Select menu
    Google Font
    Body Font-size
    Body Font-family
    Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech