wrapper

Maxsus imkoniyatlar

 

 

Viloyat sog'liqni saqlash boshqarmasi.

Boshqarma boshlig'i- Rasulov Tulqin Berdievich

Manzil: Qarshi shahri, Xonabod shox kuchasi 28 - uy. Pochta indeksi:180100
Telefon: 0(375)223-17-82
Faks: 0(375)223-03-65
E-mail: 
Fuqarolarni qabul qilish kunlari: Haftaning juma kuni soat 10:00 dan - 13:00 gacha, Boshqarma  binosi Fuqarolarni qabul qilish xonasida

Nizomi: yuklab olish Word 68 kb

 

  • Funksiya va vazifasi

      Boshqarmaning asosiy vazifalari

    6. Quyidagilar Boshqarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi: tasarrufidagi hududda sog'liqni saqlash sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish; fuqarolar salomatligini muhofaza qilish sohasidagi qonunchilikning bajarilishini ta'minlash; aholiga tibbiy va tibbiy-ijtimoiy yordam ko'rsatishni tashkil qilish, tasarrufidagi hududda onalik va bolalikni muhofaza qilishning samarali tizimini tashkil etish; (6-bandning to'rtinchi xatboshisi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 13 martdagi 130-sonli qarori tahririda — O'R QHT, 2017 y., 15-son, 249-modda) tasarrufidagi davolash-profilaktika muassasalari va tibbiy-ijtimoiy muassasalar faoliyatini muvofiqlashtirib borish, ular tomonidan ko'rsatiladigan tibbiy va tibbiy-ijtimoiy xizmatlar sifati, byudjet mablag'laridan belgilangan maqsadda va samarali foydalanish ustidan nazoratni amalga oshirish; (6-bandning beshinchi xatboshisi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 13 martdagi 130-sonli qarori tahririda — O'R QHT, 2017 y., 15-son, 249-modda) profilaktik sog'liqni saqlashni rivojlantirish, sog'lom turmush tarzini keng ommalashtirish; tasarrufidagi hududda sog'liqni saqlashni boshqarishning barcha darajalarida aholiga shoshilinch tibbiy yordam ko'rsatish tizimini tashkil qilish va mustahkamlash; bozor tamoyillari va mexanizmlarini joriy etish, maqsadli dasturlarni amalga oshirish asosida sog'liqni saqlash tizimini isloh qilishni ta'minlash; sog'liqni saqlashni texnika bilan qayta jihozlash va uning moddiy bazasini rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish, tashxis qo'yishga, bemorlarni davolash va sog'lomlashtirishga zamonaviy texnologiyalar va texnika vositalarini joriy etish; fan, texnika va ilg'or tajriba yutuqlarini tibbiyot amaliyotiga joriy qilish; tibbiyot va farmasevtika xodimlarini tayyorlash hamda ularning kasbiy darajasini oshirish chora-tadbirlarini amalga oshirish; xususiy sog'liqni saqlash tuzilmalari faoliyatini rivojlantirishga va tashkil qilishga ko'maklashish; xorijiy investisiyalarni, xalqaro tashkilotlar, jamg'armalar va jamoat tashkilotlari mablag'larini sog'liqni saqlash tizimiga jalb etish uchun shart-sharoitlar yaratish. tibbiy xizmatlar ko'rsatishda diagnostika va davolashda yagona standartlarni joriy etish, shuningdek ularga tibbiyot muassasalari va tibbiy-ijtimoiy muassasalarda rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish; (6-bandning o'n uchinchi xatboshisi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 13 martdagi 130-sonli qarori tahririda — O'R QHT, 2017 y., 15-son, 249-modda) tegishli hududlarda joylashgan tibbiyot muassasalari tibbiy-ijtimoiy muassasalar faoliyatiga tashkiliy-metodik rahbarlikni amalga oshirish; (6-bandning o'n to'rtinchi xatboshisi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 13 martdagi 130-sonli qarori tahririda — O'R QHT, 2017 y., 15-son, 249-modda) samarali sanitariya-epidemiologiya nazoratini ta'minlash, yuqumli va o'ta xavfli kasalliklar tarqalishining oldini olish bo'yicha ta'sirchan chora-tadbirlarni amalga oshirish; oilada tibbiy madaniyatni oshirish bo'yicha aholi o'rtasida profilaktika ishlarini amalga oshirishni tashkil qilish»; (6-band O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 15 iyundagi 164-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan to'ldirilgan — O'R QHT, 2009 y., 25-son, 285-modda) yolg'iz keksalar, nogironlarni va aholining boshqa zaif qatlamlarini ijtimoiy muhofaza qilish bo'yicha amaliy va manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirish, ijtimoiy xizmat ko'rsatish mexanizmlarini takomillashtirish, tibbiy-ijtimoiy muassasalarning moddiy bazasini mustahkamlash. (6-band O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 13 martdagi 130-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to'ldirilgan — O'R QHT, 2017 y., 15-son, 249-modda)

    Sog'liqni saqlash boshqarmasining funksiyalari

    7. Sog'liqni saqlash boshqarmasi o'z zimmasiga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi asosiy funksiyalarni amalga oshiradi: tasarrufidagi hududda sog'liqni saqlashni rivojlantirishning asosiy yo'nalishlarini belgilaydi, ularni amalga oshirishda davlat, jamoat tuzilmalarining va boshqa tuzilmalarning o'zaro hamkorligini ta'minlaydi; aholiga dastlabki tibbiy va tibbiy-ijtimoiy yordam ko'rsatishni tashkil qiladi, undan barchaning bahramand bo'lishini ta'minlaydi, tibbiy va tibbiy-ijtimoiy xizmatlar ko'rsatish sifatining tibbiy-sanitariya standartlariga rioya etilishini nazorat qiladi; (7-bandning uchinchi xatboshisi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 13 martdagi 130-sonli qarori tahririda — O'R QHT, 2017 y., 15-son, 249-modda) muntazam nazoratdagi bemorlar kontingentining tibbiy ko'rikdan o'tkazilishini ta'minlaydi; kasallanish profilaktikasini takomillashtirish va aholiga malakali tibbiy xizmat ko'rsatish tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi, tibbiy xizmat ko'rsatish darajasi va sifatini oshirish chora-tadbirlarini ko'radi; tasarrufidagi butun hududda aholiga favqulodda shoshilinch tibbiy yordam ko'rsatishni ta'minlaydi; yuqumli, parazit kasalliklarning, shuningdek insonning yashashiga noqulay ta'sir ko'rsatuvchi muhit omillari bilan bog'liq bo'lgan kasalliklar va boshqa kasalliklarning oldini olishga doir ishlarni amalga oshiradi; onalik va bolalikni muhofaza qilish xizmatini rivojlantiradi, sud-tibbiy ekspertizani va sud-ruhiy ekspertizani ta'minlaydi; rahbar xodimlarning malakaviy tarkibi va kasbiy saviyasi ustidan nazoratni amalga oshiradi, tibbiyot muassasalari va tibbiy-ijtimoiy muassasalarni yuqori malakali kadrlar bilan butlashni va vrachlar, farmasevtlar va tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini oshirishni ta'minlaydi; (7-bandning to'qqizinchi xatboshisi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 13 martdagi 130-sonli qarori tahririda — O'R QHT, 2017 y., 15-son, 249-modda) Boshqarma nomenklaturasidagi lavozimlarga kadrlar tanlashni amalga oshiradi va Boshqarmani yuqori malakali kadrlar bilan butlashni ta'minlaydi; fan, texnika va ilg'or tajriba yutuqlarini tibbiy amaliyotga joriy etishga ko'maklashadi; iqtisodiy va moliyaviy ishlarni tashkil qiladi, tasarrufidagi muassasalar faoliyatini tahlil qiladi, shuningdek byudjet mablag'laridan samarali va belgilangan maqsadda foydalanish ustidan nazoratni amalga oshiradi; sog'liqni saqlashda statistikani yuritish ishlarini tashkil qiladi, tasarrufidagi tashkilotlar va muassasalarda statistik hisobga olish va hisobot tartibotiga uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi, statistik axborotlarning ishonchliligini nazorat qiladi; Boshqarma tasarrufidagi muassasalar va tashkilotlar tuzilmasini takomillashtirish tadbirlarini amalga oshiradi, tasarrufidagi korxonalar, muassasalar, tashkilotlarni belgilangan tartibda tashkil qiladi, qayta tashkil etadi va tugatadi, ular to'g'risidagi nizomlar va ustavlarni tasdiqlaydi; tasarrufidagi hududda sog'liqni saqlash muassasalari va tashkilotlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish bo'yicha takliflar ishlab chiqadi, sog'liqni saqlashning nodavlat (xususiy) sektorini rivojlantirishni rag'batlantiruvchi shart-sharoitlar yaratadi; turli favqulodda vaziyatlar va halokatlarni bartaraf etish bo'yicha dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda qatnashadi, odamlarning hayotini saqlash va salomatligini muhofaza qilishga, fuqarolarni favqulodda vaziyat hududidagi vaziyat va ko'rilayotgan chora-tadbirlar to'g'risida xabardor qilishga doir chora-tadbirlarni amalga oshiradi; jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko'rib chiqadi, Boshqarma tasarrufidagi tashkilotlar va muassasalar faoliyatidagi qonunchilik buzilishlarini, kamchiliklarni bartaraf etishga doir zarur chora-tadbirlarni ko'radi; (7-bandning o'n ettinchi xatboshisi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 31 martdagi 74-sonli qarori tahririda — O'R QHT, 2015 y., 13-son, 155-modda) belgilangan tartibda xalqaro aloqalarni, sog'liqni saqlash sohasidagi chet el tajribasini o'rganishni va undan foydalanishni amalga oshiradi; viloyat, tuman, shahar ijroiya hokimiyat organlari ishtirokida yolg'iz keksa fuqarolarga, nogironlarga va davlatning qo'llab-quvvatlashiga muhtoj bo'lgan aholining boshqa guruhlariga ijtimoiy-maishiy xizmat ko'rsatishni tashkil etadi; ijtimoiy ta'minlash muassasalarida («Muruvvat» va «Saxovat» uylarida, pansionatlar, sanatoriylarda) yashovchi keksa fuqarolar va nogironlarga maishiy, tibbiy va madaniy xizmat ko'rsatishni tashkil etadi; aholiga tibbiy-ijtimoiy yordam berish dasturlarini moliyalashtirish uchun mablag'larni jalb etish ishida nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlarning o'zaro hamkorlik qilishini ta'minlaydi; idoraviy mansub tashkilotlar ishini, shu jumladan ularning aholiga tibbiy-ijtimoiy yordam berishni moliyalashtirish ehtiyojidan kelib chiqib amalga oshiriladigan tijorat faoliyatini muvofiqlashtiradi; nogironlarni reabilitasiya qilish ishiga rahbarlik qiladi; nogironlarni tibbiy-ijtimoiy reabilitasiya qilish bosqichi sifatida ularning jismoniy tarbiya va sport harakati rivojlanishiga ko'maklashadi; taqdim etilgan buyurtmalarga muvofiq maxsus harakatlanish vositalari, ishlab chiqarish va maishiy tusdagi moslamalar, nogironlarni reabilitasiya qilish va ularni parvarish qilishning boshqa texnik vositalarini ishlab chiqarishga buyurtmalarni amalga oshiradi; (7-band O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 13 martdagi 130-sonli qaroriga asosan o'n to'qqizinchi — yigirma beshinchi xatboshilar bilan to'ldirilgan — O'R QHT, 2017 y., 15-son, 249-modda) qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

 

Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi

Boshqarma boshlig'i-Xolov Laziz Tursunpo'latovich

Manzil: Qarshi shahri, O'zbekiston kuchasi 219 uy. Pochta indeksi:180100
Telefon: 0(375)221-11-48
Faks: 0(375)221-04-68
E-mail: 
Fuqarolarni qabul qilish kunlari: Haftaning chorshanba kuni 10-00 dan 13-00 gacha

Nizomi: yuklab olish PDF 235 kb

 

  • Funksiya va vazifasi

      Boshqarmaning asosiy vazifalari

     Viloyat Hokimiyatining tegishli bo'limlari, joylardagi davlat boshqaruv organlari, jamoat va boshqa tashkilotlar bilan hamkorliqda O'zbekiston Respublikasi «Ta'lim to'g'risida»gi Qonuni, Kadrdar tayyorlash milliy dasturi, maktab ta'limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturlarining maqsad va vazifalarini amalga oshirishga yo'naltirilgan tadbirlarni ishlab chiqadi;

    ta'lim muassasalari ish amaliyotiga umumiy o'rta ta'lim davlat standartlari, ilmiy yutuqlar va ilg'or pedagogik tajribalarning tadbiq etilishini ta'minlaydi; ta'lim muassasalaridagi ta'lim-tarbiya jarayoniga uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi;

    idoraviy mansubligidan va mulkchilik shaklidan qa'iy nazar, umumta'lim maktablari, maktabgacha va maktabdan tashqari ta'lim muassasalari faoliyatini nazorat qiladi;

    maktabgacha ta'limning, shu jumladan, bolalarni oila sharoitida tarbiyalashning samarali ruhiy-pedagogik uslublarini izlab topish va joriy etishni amalga oshiradi; o'quvchilar bilan maktabdan tashqari ishlarni, jumladan bolalar turizmi, bolalar texnik ijodkorligi va xalq hunarmandchiligining mavjud turlari va shakllarini takomillashtiradi, ularning milliy turlari va shakllarini qayta tiklaydi va yangilarini joriy etadi;

    bolalar sportini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratadi, ommaviy sport va jismoniy tarbiya-sog'lomlashtirish tadbirlarini tashkil qiladi; ta'lim muassasalarini o'quv dasturlari, rejalari, ko'rgazmali o'quv qo'llanmalari, o'quv jihozlari va texnik uskunalari, uslubiy qo'llanma va adabiyotlari bilan ta'minlash bo'yicha ish olib boradi;

    umumta'lim maktablarining kutubxona zahirasini darsliklar, o'quv va badiiy adabiyotlar bilan boyitish hamda ta'lim jarayonida ulardan samarali foydalanish borasida tegishli ishlarni amalga oshiradi;

    maktab-internatlarda, mehribonlik uylarida va maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarni ovqatlantirishning tashkil etilishi ustidan nazorat yuritadi;

    ota-ona qarovidan mahrum bo'lgan bolalarni homiylik va vasiylik. tashkilotlariga biriktirishda ko'maklashadi;

    to'liq davlat ta'minoti asosida, etim bolalarni va ota-ona qarovidan mahrum bo'lgan bolalarni davlat va nodavlat ta'lim muassasalari ta'minotiga olish, o'qitish, tarbiyalash va kasb-hunarga tayyorlash uchun shart-sharoitlar yaratadi;

    jismoniy va aqliy rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalarni o'qitish, tarbiyalash va ta'minlashni tashkil qiladi, ularni kasb-hunarga tayyorlashni, ijtimoyy-maishiy sharoitlarini va moddiy ta'minotini, tibbiy xizmat ko'rsatilishini va sog'lomlashtirishni takomillashtiradi, ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasalari va maktablar tarmog'ini rivojlantiradi;

    o'sib kelayotgan avlodni ma'naviy-ma'rifiy tarbiyalashning milliy mustaqillik g'oyalariga, xalqning boy milliy madaniy-tarixiy an'analarga, urf-odatlariga va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan samarali tashkiliy hamda pedagogik shakl va vositalarini joriy qiladi, shaxsni tarbiyalash va har tomonlama kamol toptirish ustuvorligini ta'minlaydi;

    Viloyat ta'lim muassasalarining ota-onalar, oilalar, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari, jamoat tashkilotlari, jamg'armalar bilan ijodiy faol, O'zbekistan mustaqilligi g'oyalariga sadoqatli va jamiyat taraqqiyotiga aniq hissa qo'shishga layoqatli shaxsni kamol toptirish bo'yicha o'zaro yaqin hamkorlikni amalga oshiradi;

    mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda aholining maktabgacha ta'limga bo'lgan ehtiyojlarini qondirish, maktabgacha yoshdagi bolalarni to'laqonli jismoniy va aqliy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlarini amalga oshiradi, bolalar va o'smirlar uchun maktabdan tashqari va o'quv-tarbiya muassasalari tarmog'ini rivojlantiradi, o'sib kelayotgan avlodning ijodiy faoliyatini va sog'lom hordig'ini, ularning qiziqishlari va istaklarini qondirishni, qobiliyati va isteododini har tomonlama rivojlantirishni ta'minlovchi muassasalar komplekslarini rivojlantiradi;

    tasarrufidagi viloyat ta'lim muassasalari Nizomlarini tasdiqlaydi;

    tasarrufidagi ta'lim muassasalariga ularda pulli (asosiy ta'lim dasturlarida nazarda tutilmagan) ta'lim xizmatlari ko'rsatish tizimini rivojlantirish yuzasidan yordam beradi;

    Viloyat sog'liqni saqlash boshqarmalari bilan birgalikda bolalar, o'quvchilar va pedagoglarning salomatligini muhofaza qilish va mustahkamlashni ta'minlash ishlarini amalga oshiradi;

    ta'lim muassasalarida xorijiy tillarni faol o'rganish uchun zarur shart-sharoitlar yaratib beradi;

    ta'lim muassasalaridagi jismoniy tarbiya daryo va mashgulotlarining doimiy takommllashtirib borilishini ta'minlaydi, viloyat maktablari sport musobaqalarini, yosh turistlar slyotlarini, texnik ijodkorlik ko'riklarini, maktab olimpiadalarini hamda o'quv-tarbiyaviy yo'nalishdagi boshqa tadbirlarni o'rnatilgan tartibda o'tkazadi; belgilangan tartibda maktabgacha, maktab, maktabdan tashqari ta'limning muhim masalalari bo'yicha yig'ilishlar chaqiradi;

    tasarrufidagi ta'lim muassasalarini malakali mutaxassislar bilan ta'minlash va ularning malakasini oshirish bo'yicha tegishli ishlarni amalga oshiradi; pedagog xodimlarni mehnatda yuqori ko'rsatkichlari, o'quvchi yoshlarni o'qitish va tarbiyalashdagi faol ishtiroki uchun Hukumat va idoraviy mukofotlarga belgilangan tartibda takdim etadi;

    vasiylik kengashlari faoliyatining tashkil etilishiga va ular bilan umumta'lim maktablari o'rtasidagi o'zaro hamkorlikni ta'minlashga ko'maklashadi;

    o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarining faoliyatiga, shuningdek, akademik liseylar va kollejlarning umumta'lim maktablari to'qqizinchi sinf bitiruvchilari bilan ta'minlanishiga ko'maklashadi;

    fuqarolarning murojaatlarini o'z vaqtida hamda to'g'ri ko'rib chiqilishini ta'minlaydi, fuqarolarning shikoyatlariga sabab bo'layotgan omillarni bartaraf etishga yo'naltirilgan tadbirlarni amalga oshiradi.

     

 

Viloyat Moliya boshqarmasi 

Boshqarma boshlig'i Maxmadaliev Baxrom Samadovich 

 Manzil: Qarshi shahri, Alisher Navoiy kuchasi 8 uy. Pochta indeksi:180100 
 Telefon: 0(375)221-16-10
 Faks: 0(375)221-17-65
 E-mail:   
 Fuqarolarni qabul qilish kunlari: Haftaning dushanba kuni 10-00 dan 13-00 gacha

Nizomiyuklab olish Word 103 kb

 

  • Funksiya va vazifasi

      Boshqarmaning asosiy vazifalari

     Moliya boshqarmasi o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O’zbekiston Respublikasi qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining boshqa qarorlariga, Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nizomga va boshqa me’yoriy aktlarga amal qiladi.

     Asosiy funksiya va huquqlari

     Qashqadaryo viloyat hokimligi moliya boshqarmasi davlat boshqaruvi organi hisoblandi va yagona soliq-byudjet siyosatini tashkil etish faoliyatini amalga oshiradi. Qashqadaryo viloyat hokimligi moliya boshqarmasi tizimiga: shahar va tuman hokimliklarining moliya bo’limlari kiradi.

     Moliya boshqarmasining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:

     Qashqadaryo viloyat mahalliy byudjeti loyhasini tayyorlash, tasdiqlash, uning bajarilishini ta’minlash, mahalliy byudjetning bajarilganligi haqidagi hisobotni tayyorlash va moliya vazirligiga taqdim etish;

     Moliya boshqarmasi zimmasiga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi ishlarni amalga oshiradi:

     Iqtisodiyotni rivojlanishi hamda aholi turmush farovonligini oshirish maqsadida soliq siyosati va soliqqa tortish tizimini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish va Moliya vazirligiga taqdim etish;

    Byudjetga soliq va boshqa tushumlarni, shuningdek davlat mulkini xususiylashtirishdan hamda davlat ulushiga hisoblangan dividendlar tushishi ustidan nazorat olib boradi;

    Berilgan vakolati doirasida byudjet mablag’laridan maqsadli va samarali foydalanishi hamda davlat ulushi bo’lgan xo’jalik sub’ktlarda moliya intizomiga rioya etilishini nazorat qiladi;

 

Viloyat Mehnat bosh boshqarmasi 

Boshqarma boshlig'i Qadirov Abdurauo Abduazizovich

 Manzil: Qarshi shahri, Honabod shox kuchasi 46 - uy. Pochta indeksi:180100 
 Telefon: 0(375)224-13-30
 Faks: 0(375)224-04-80
 E-mail:  
 Fuqarolarni qabul qilish kunlari: Haftaning seshanba kuni 10-00 dan 13-00 gacha

Nizomiyuklab olish Word 86 kb

 

  • Funksiya va vazifasi

      Boshqarmaning asosiy vazifalari

    Mintaqalar bo‘yicha mehnat bozorini shakllantirishda samarali siyosatni amalga oshirish, demografik omillarni, iqtisodiyot tarmoqlarini e’tiborga olgan holda bandlikning yangi shakllarini keng tadbiq etish hisobiga aholi bandligining o‘sishini ta’minlash, mehnat bozorini shakllantirish va aholini ish bilan ta’minlash, aholini ijtimoiy muhofaza qilish, mehnat munosabatlarini tartibga solish, mehnatni tashkil etish, unga haq to‘lash shartlarini va uni muhofaza qilishni tashkillashtirish. Bosh boshqarma, uning tasarrufidagi muassasalar va tashkilotlar faoliyatiga rahbarlik qiladi hamda Bosh boshqarmaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi ustidan doimiy nazorat o‘rnatadi;

    O‘z o‘rinbosarining vakolatlarini belgilaydi, Bosh boshqarma tizimidagi boshqa mansabdor shaxslarning vakolatlarini, o‘z o‘rinbosarining hamda boshqa mansabdor shaxslarning Bosh boshqarma faoliyatining alohida yo‘nalishlari va uchastkalariga rahbarlik qilish yuzasidan hamda tasarrufidagi tashkilotlar ishi yuzasidan shaxsiy javobgarligi darajasini belgilaydi;

    O‘z vakolatlari doirasida Bosh boshqarma tizimi xodimlari bajarishi majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi;

    Xodimlarning belgilangan umumiy soni doirasida shtatlar jadvalini, shuningdek Bosh boshqarma apparatining, o‘ziga qarashli tashkilotlarning xarajatlar smetasini tasdiqlaydi;

    Bosh boshqarmaning tarkibiy va hududiy bo‘linmalari to‘g‘risidagi nizomlarni, Bosh boshqarma tizimiga kiruvchi o‘ziga qarashli boshqa tashkilotlarning nizomlarini (ustavlarini) belgilangan tartibda tasdiqlaydi;

    Bosh boshqarma apparati xodimlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;

    Bosh boshqarmaga qarashli tashkilotlar va hududiy bo‘linmalar rahbarlarini, tuman (shahar) hokimlarining tavsiyanomasiga binoan va O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligining roziligi bo‘yicha lavozimga tayinlaydi ;

    Alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarni belgilangan tartibda davlat faxriy unvonlari, yorliqlar va mukofotlar berishga taqdim etadi;

    Qonun hujjatlarida belgilangan vakolatlar doirasida bashka vakolatlarni amalga oshiradi.

Viloyat madaniyat va sport ishlari boshqarmasi 

Boshqarma boshlig'i Sayimov Salim Sayimovich

 Manzil: Qarshi shahri, Mustakillik shox kuchasi 2 - uy. Pochta indeksi:180100 

 Telefon: 0(375)221-11-24
 Faks: 0(375)221-11-24
 E-mail:   
 Fuqarolarni qabul qilish kunlari: Haftaning shanba kuni 10-00 dan 13-00 gacha

Nizomiyuklab olish Word 86 kb

 

  • Funksiya va vazifasi

      Boshqarmaning asosiy vazifalari

    - madaniyat sohasida davlat siyosatini yuritish, asrlar davomida shakllangan yuksak ma'naviyat, an'analar va urf-odatlar, xalkimizning boy madaniy merosini milliy mustaqillik g'oyalari asosida tiklash va yanada rivojlantirish;

    - milliy mustaqillik g'oyalari, O'zbekiston xalkining madaniy va ma'naviy- axlokiy an'analaridan kelib chiqqan holda respublika aholisi o'rtasida madaniy-ma'rifiy ishlarni amalga oshirish, fuqarolarning madaniy va estetik ehtiyojlarini yanada to'laroq qondirish, professional, xalq va havaskorlik ijodiyotini keng targ'ib qilish;

    - teatr, musiqa, xoreografiya, estrada, opera, sirk va xalq ijodiyoti hamda xalqamaliy san'atini yanada rivojlantirish, ijodiy jamoalarga xalqimiz tarixining eng yorqin saxifalarini va uning hozirgi hayotini, mamlakatimizni erkin demokratik rivojlantirishni aks ettiruvchi asarlar yaratishda har tomonlama ko'maklashish;

    - madaniy-ommaviy va bayram tadbirlarini chuqur g'oyaviy mazmun bilan boyitishni ta'minlash, respublika ijodiy uyushmalari va jamoat tashkilotlari bilan uzviy hamkorlikni yo'lga qo'yish, davlatlararo va xalqaro madaniy aloqalarni kengaytirish;

    - madaniy meros ob'ektlarini muhofaza qilish, ulardan foydalanilishini, shuningdek, madaniy boyliklarning chetdan keltirilishini va chetga olib chiqib ketilishini nazorat qilish;

    - kadrlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar, insonparvarlik va yuksak ma'naviyat ruhida tayyorlash jarayonini takomillashtirish, kishilarni o'zining umumta'lim va madaniy saviyasini oshirishga intilishini rag'batlantirish, ularni milliy va jaxon madaniyatining eng yaxshi namunalariga erishtirish bo'yicha ishlarni tashkil etish;

    - teatrlar, madaniyat va aholi dam olish markazlari, kutubxonalar, madaniyat va istiroxat bog'lari, muzeylar, bolalar musiqa va san'at maktablari hamda boshqa madaniy-ma'rifiy muassasalarni rivojlantirish, ularning moddiy- texnika bazasini mustahkamlash, ma'naviy boy, intellektual rivojlangan va yuksak madaniyatli shaxslarni tarbiyalash ishidagi imkoniyatlardan keng va samarali foydalanish;

    - ijodkor yoshlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, ularning o'z qobiliyati va iste'dodini to'liq namoyon qilishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish.

    Boshqarma o'ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

    -idoralar, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning madaniyat soxasidagi ishlarini muvofiqlashtiradi;

    - vakolatga taalluqli masalalar bo'yicha qonun hujjatlariga rioya qilish monitoringini olib boradi, uni takomillashtirish bo'yicha takliflar ishlab chiqadi va ularni ko'rib chiqish uchun belgilangan tartibda Vazirlikka va viloyat xokimligiga taqdim etadi;

    - joylarda teatr, musiqa, xoreografiya, estrada, opera va xalk ijodiyoti, hamda xalq amaliy san'atini rivojlantirishni ta'minlaydi, ijodiy jamoalarga xalqimiz tarixining eng yorkin sahifalarini, uning hozirgi hayotini. mustaqil rivojlanish tajribasini aks ettiruvchi asarlar yaratishda har tomonlama yordam beradi;

    -kadrlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar, insonparvarlik va yuksak ma'naviyat ruhida tayyorlash jarayonini tashkil qiladi, kishilarni o'zining umumta'lim va madaniy saviyasini oshirishga intilishini rag'batlantirish, ularni milliy, jaxon madaniyati va san'atining eng yaxshi namunalaridan bahramand etish ishlarini amalga oshiradi;

    - muzeylarda milliy mustaqillik g'oyalariga hamohang bo'lgan, o'zbek xalqining boy madaniy merosini, uning insoniyat tarixidagi roli va ahamiyatini, uning rivojlanish bosqichlarini haqqoniy aks ettiruvchi ekspozisiyalarning tashkil etilishini, shuningdek, zamonaviy rivojlanish istiqbollarini chuqur o'rganishni, muzeyshunoslik, muzeylar fondlaridagi eksponatlarning yagona katalogini yuritish bo'yicha umummilliy siyosatning amalga oshirilishini ta'minlaydi;

    - aholini O'zbekiston xalqlari tarixi tug'risida xabardor qiluvchi chet ellarda saqlanayotgan buyumlar, shuningdek, mamlakatimiz muzeylarida namoyish qilinayotgan noyob eksponatlar bilan keng tanishtirish orqali kishilarda umuminsoniy qadriyatlarni, boy milliy madaniy merosni hurmat qilish va e'tirof etish tuyg'usini tarbiyalashga ko'maklashadi;

    - madaniy meros ob'ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish bo'yicha qonun hujjatlarining yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;

    - madaniy meros ob'ektlarini muhofaza qilish, qo'riqlash, targ'ib qilish va ulardan foydalanish bo'yicha davlat dasturlarini ishlab chiqishda qatnashadi;

    - madaniy meros ob'ektlarini joriy etish, konservasiya va rekonstruksiya qilish va ulardan foydalanish bo'yicha davlat dasturlarining amalda ro'yobga chiqarilishini ta'minlaydi;

    - madaniy meros ob'ektlarini aniqlash, ro'yxatdan o'tkazish, muxofaza qilish. targ'ib etish va ulardan foydalanishni ta'minlaydi;

    - madaniy meros ob'ektlarining davlat kadastrini yuritilishini, ularni tarixiy-madaniy ekspertizadan o'tkazilishini tashkil qiladi;

    - tizimga kiruvchi tashkilotlarning jamoalari va solistlarining gastrol- konsert faoliyatini, shu jumladan, chet ellardagi gastrol-konsert faoliyatini tashkil qilish bo'yicha Vazirlikka taklif kiritadi;

    - joylarda festivallar, ko'rik-tanlovlar, professional san'at va havaskorlik san'ati ko'rgazmalari o'tkazishni tashkil qiladi;

    - “O'zbekkonsert”davlat muassasasi bilan birgalikda viloyat madaniyat saroylarida, konsert zallarida va stadionlarida o'tkaziladigan madaniy-ma'rifiy hamda konsert tadbirlarining mavzularini, repertuar rejalari vadasturlarini takomillashtirishga doir ishlarning muvofiqlashtirilishinita'minlaydi;

    - joylardagi ta'lim muassasalarida maxorat darslarini tashkil etish uchun

    geslublikaning tanikli ijrochilarini va san'at arboblarini, etakchi mutaxassis pedagoglarini taklif kiladi,

    - respublikadagi oliy ta'lim muassasalarida o'qiyotgan va samarali ijodiy faoliyat ko'rsatayotgan ijodkor yoshlarni joylarda o'tkaziladigan ko'riklarda, tanlovlarda va festivallarda qatnashishini ta'minlaydi;

    - iqtidorli yoshlarning ijodiy safarlarini tashkil qiladi hamda ularning san'at sohasida o'tkaziladigan xalqaro va respublika miqyosidagi ko'riklarda, tanlovlarda, festivallarda, boshqa anjumanlarda ishtirok etishini ta'minlaydi;

    - madaniyatshunoslikni, teatrshunoslikni, san'atshunoslikni, musiqashunoslikni, folklorshunoslikni va mazkur sohadagi boshqa ilmiy yo'nalishlarni rivojlantirish, oliy o'quv yurtlarida va ilmiy-tadqiqot muassasalarida ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash chora-tadbirlarini tashkil etishda faol ishtirok etadi;

    - aholining keng qatlamlari o'rtasida madaniy va konsert-tomosha tadbirlarini tashkil etish va o'tkazishda mamlakatning davlat va nodavlat notijorat tashkilotlariga ko'maklashadi;

    - o'ziga qarashli tashkilotlarning moddiy-texnika bazasini rivojlantirishda va ularni axborot bilan ta'minlashda, maslaxat berish, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashda hamda boshqa yordam turlarini ko'rsatishda ularga ko'maklashadi;

    Boshqarma o'ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita, o'zining tuman, shahar bo'limlari hamda o'ziga qarashli boshqa tashkilotlar orkali amalga oshiradi.

 

Viloyat O'rta-maxsus kasb-hunar ta'limi boshqarmasi.

Boshqarma boshlig'i Normuxammedov Qahramon Kamolovich 

 Manzil: Qarshi shahri, Mustakillik maydoni 2 uy . Pochta indeksi:180100 
 Telefon: 0(375)221-14-66
 Faks: 0(375)221-17-83
 E-mail:  
 Fuqarolarni qabul qilish kunlari: Haftaning dushanba kuni 10-00 dan 13-00 gacha

Nizomiyuklab olish Word 21 kb

 

  • Funksiya va vazifasi

      Boshqarmaning asosiy vazifalari

    O`rta maxsus, kasb-hunar ta'limi faoliyatini barcha yo`nalishlar va shalar bo`yicha boshqarish;

    Boshqarma faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi;

    O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi tayyorlov yo‘nalishlari va kasblarni unifikatsiyalash va birxillashtirish yuzasidan takliflar kiritadi;

    Ta'lim muassasalarida davlat ta'lim va tarmoq standartlarini tadbiq etilishini nazorat qiladi hamda me'yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalariga takliflar kiritadi;

    Boshqarmaning ish faoliyatini rejalashtirish, yillik va istiqbol ish rejalarini ishlab chiqish hamda sifatli ijro etilishi ustidan nazorat olib boradi;

    Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari direktorlarini tanlash va tayinlash bo‘yicha takliflar kiritadi;

    Ta'lim muassasalarining rahbar kadrlari va muhandis-pedagoglarini attestatsiyadan o‘tkazishni tashkil etadi.

     

 

Viloyat Statistika boshqarmasi.

Boshqarma boshlig'i Turaev Farxod Samadovich

 Manzil: Qarshi shahri, Mustakillik maydoni 2 uy . Pochta indeksi:180100 
 Telefon: 0(375)221-14-66
 Faks: 0(375)221-14-66
 E-mail:  
 Fuqarolarni qabul qilish kunlari: Haftaning dushanba kuni 10-00 dan 13-00 gacha

Nizomiyuklab olish Word 21 kb

 

  • Funksiya va vazifasi

      Boshqarmaning asosiy vazifalari

    Quyidagilar Boshqarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:

    • davlat statistikasi sohasida yagona siyosatni amalga oshirish va statistikani tashkil etishning samarali tizimini ta'minlash;

    • xalqaro standartlarga muvofiq bo'lgan yagona statistika metodologiyasini hamda davlat statistika kuzatuvlari shakllarini joriy etish;

    • ijtimoiy-iqtisodiy hodisalar, jarayonlar va ularning natijalari to'g'risidagi statistika axborotlarini yig'ish, qayta ishlash, to'plash, saqlash, umumlashtirish va tahlil qilish;

    • Viloyatidagi davlat organlarini va fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlarini, yuridik shaxslarni, davlat muassasalarini, shuningdek jamoatchilikni statistika axborotlari bilan belgilangan tartibda ta'minlash;

    • Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registrini, statistika ishlarini tashkil etish uchun zarur bo'lgan iqtisodiy-statistik klassifikatorlar tizimini yuritishda ishtirok etish.

    Asosiy  funksiyalari

    Boshqarma o'ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

    a) davlat statistikasi sohasida yagona siyosatni amalga oshirish va statistikani tashkil etishning samarali tizimini ta'minlash borasida:

    • Viloyatida statistik ma'lumotlardan foydalanuvchilarning talablarini o'rganishni hisobga olgan holda Davlat statistika ishlari dasturiga kiritish uchun takliflar tayyorlaydi;

    • davlat statistikasi tamoyillariga rioya etilishini va xalqaro standartlarga muvofiq bo'lgan statistik metodologiyaning yagonaligini ta'minlaydi;

    b) xalqaro standartlarga muvofiq bo'lgan yagona statistika metodologiyasini va davlat statistika kuzatuvlari shakllarini joriy etish sohasida:

    • davlat statistika kuzatuvlari shakllarini joriy etadi va davlat statistika kuzatuvlarini yagona statistika metodologiyasiga qat'iy amal qilgan holda o'tkazilishini ta'minlaydi;

    • statistika axborotlarining tezkorlik bilan qayta ishlanishi va uzatilishini ta'minlovchi yangi axborot-kommunikatsiya resurslari va texnologiyalarini viloyati davlat statistikasi organlari faoliyatiga joriy etadi;

    • Viloyati davlat statistikasi organlari kadrlarining malakasi oshirilishini va qayta tayyorlanishini tizimli asosda ta'minlaydi;

    c) statistika axborotlarini yig'ish, qayta ishlash, to'plash, saqlash, umumlashtirish va tahlil qilish sohasida:

    • Davlat statistika ishlari dasturi va Davlat statistika ishlarini ishlab chiqarish dasturining bajarilishini ta'minlaydi;

    • Viloyatini, uning tuman va shaharlarini, iqtisodiyot tarmoqlari va sektorlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish davlat dasturlarining bajarilishi yuzasidan davlat statistika kuzatuvlarini amalga oshiradi;

    • qog'oz yoki elektron shakldagi davlat statistika hisobotlarini yig'ishni, uy xo'jaliklarini kuzatishni, ro'yxatdan o'tkazishlarni, bir martalik hisobga olishlarni, so'rovlarni va boshqa kuzatuvlarni o'tkazishni Davlat statistika qo'mitasi tomonidan tasdiqlangan shakllar va metodologiyaga qat'iy amal qilgan holda tashkil etadi va ta'minlaydi;

    • Davlat statistika ishlarini ishlab chiqarish dasturida belgilangan makroiqtisodiy ko'rsatkichlarning statistik hisob-kitoblarini amalga oshiradi hamda Navoiy viloyati bo'yicha eng muhim iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlar va hodisalarning dastlabki statistik tahlilini olib boradi;

    • statistika va hisobot ko'rsatkichlarining tezkorligi, ishonchliligi, xolisligini, statistika axborotlarning qulayligi, ochiq-oydinligi va oshkoraligini kengaytirish bo'yicha chora-tadbirlari amalga oshirilishini ta'minlaydi;

    • statistika ishlarini tashkil etishning statistika axborotlarini yig'ish, qayta ishlash va umumlashtirish tartibiga davlat organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining har qanday aralashuvini istisno qiladigan tizimini yaratish bo'yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

    • olingan statistika ma'lumotlarining maxfiyligini, davlat sirlariga ega bo'lgan statistika ma'lumotlarining himoya  qilinishini ta'minlaydi;

    • statistika axborot resurslarining xavfsizligini va davlat statistikasi axborot-hisoblash tizimining ruxsatsiz foydalanishdan himoya qilinishini ta'minlaydi;

    • respondentlarni tasdiqlangan davlat statistika hisoboti shakllari to'g'risida xabardor qiladi hamda respondentlarni belgilangan miqdorda davlat statistika kuzatuvlari shakllarining blankalari, ularni to'ldirish bo'yicha tushuntirishlar bilan bepul ta'minlaydi;

    d) belgilangan tartibda statistika ma'lumotlari bilan ta'minlash sohasida:

    •Viloyati bo'yicha barcha foydalanuvchilarga ochiq statistika axborotini tarqatadi va ulardan foydalanish uchun teng sharoitlar bilan ta'minlaydi;

    • statistika kuzatuvlari va rasmiy statistika ma'lumotlari masalalari bo'yicha axborot-tushuntirish ishlarini olib boradi;

    • qonunchilikda belgilangan tartibda, shartnoma asosida Davlat statistika ishlari dasturida ko'rsatilganlaridan tashqari statistik, tahliliy, axborot va boshqa xizmatlar ko'rsatadi;

    e) Korxona va tashkilotlarning yagona davlat registrini va iqtisodiy-statistik tasniflagichlarni yuritish sohasida:

    • tasniflashning yagona tizimi asosida Navoiy viloyatida joylashgan yuridik shaxslarni hisobga olish va identifikatsiyalashni, shuningdek Korxona va tashkilotlarning yagona davlat registrining samarali faoliyat ko'rsatishini ta'minlashda ishtirok etadi;

    • davlat statistika kuzatuvlarida statistik tasniflagichlardan foydalanishni ta'minlaydi va foydalanuvchilarga statistik tasniflagichlar va ularga kiritiladigan o'zgartirishlar to'g'risidagi axborotni belgilangan tartibda taqdim etadi.

    • Boshqarma qonun hujjatlarida belgilangan boshqa funksiyalarni ham bajaradi.

     

 

 

Viloyat kompyuterlashtirish markazi DUK

Markaz boshlig'i Turdiev Uktam Jurakulovich

 Manzil: Qarshi shahri, Mustakillik maydoni 2 uy . Pochta indeksi:180100 
 Telefon: 0(375)221-52-17
 Faks: 0(375)221-52-17
 E-mail: 
 Fuqarolarni qabul qilish kunlari: Haftaning juma kuni 10-00 dan 13-00 gacha

Nizomiyuklab olish Winrar 10999 kb

 

  • Funksiya va vazifasi

      Boshqarmaning asosiy vazifalari

    - Viloyatda kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish ishlarini rivojlantirish va muvofiqlashtirish;

    - Viloyat hokimligida hamda joylardagi davlat boshqaruvi organlarida lokal va korporativ kompyuter tarmoqlarini tashkil qilish, ularni kengaytirish va takomillashtirish, unda elektron hujjat aylanishi tizimlarini shakllantirish;

    - Ish yuritish, boshqaruv va nazorat qilishning zamonaviy usullariga o’tishni ta’minlaydigan kompyuter dasturlari yaratish va viloyat hokimligi hamda joylardagi davlat boshqaruvi organlari tizimlarida joriy etish; - Viloyat hokimligining markazlashgan elektron ma’lumotlar banklarini shakllantirish, ularning xavfsizligi va barqaror ishlashini ta’minlash;

    - Axborot xizmatini tashkil etish, viloyat hokimi tomonidan belgilanadigan axborot siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda qatnashish;

    - Joylarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo’yicha viloyat, shahar va tuman hokimliklariga qaror qabul qilish uchun takliflar kiritish;

     

Matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing.

Bazaviy interaktiv xizmatlar

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 80 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Foydali resurslar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati
www.press-service.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati
www.senat.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi
www.parliament.gov.uz
   
O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali
www.gov.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)
www.ombudsman.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi
www.prokuratura.uz
   
 
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo'yicha davlat inspeksiyasi
http://gis.uz/

 

Mobil ilovalar

Bosh sahifa

Qabul kunlari

A- A A+

Rahbariyatga murojaat etish

Rahbariyatga murojaat etish

Viloyat hokimligining umumiy bo'limiga murojjat etish (Yangi oynada ochiladi)

Mobil versiya

Mobil versiyaga o'tish

Bog'lanish

Ishonch telefon raqami 
0(371) 200-55-05 
Ishonch telefon raqami reglament
Yagona telefon raqami
0(375) 221-07-60 
Yagona telefon raqami reglamenti

Batafsil>>>

Biz bilan bog'lanish

Sahifa adressi

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family
Reset