wrapper

Maxsus imkoniyatlar

Matbuot xizmating asosiy vazifalari:

 ·         fuqarolarni mahalliy davlat boshqaruv idorasining faoliyati, dasturlari va tadbirlari to’g’risidagi axborot bilan ta’minlaydi;

  • ·         viloyatdagi ommaviy axborot vositalariga tezkor axborot yetkazadi;
  • ·         broshura va boshqa axborot materiallari tayyorlaydi;
  • ·         markaziy, viloyat va mahalliy OAV bilan aloqa o’rnatadi hamda uni mustahkamlab boradi;
  • ·         matbuot konferentsiyalari, brifinglar va boshqa mediatadbirlar uyushtiradi;
  • ·         hokimlikning boshqa bo’limlari bilan ishchan munosabatlar  o’rnatadi;
  • ·         hokim va hokimlik boshqa xodimlarining aholi bilan uchrashuvlarini tashkil qiladi hamda ularni OAVda yoritadi;
  • ·         hokim va hokimlikning boshqa mansabdor shaxslarini televidenie, radio orqali chiqishlarini, jonli muloqotlarini tashkil qiladi;
  • ·         viloyat, shahar, tuman yoki ulardan tashqaridagi hamjamiyatlar uchun foydali bo’lgan aloqalar o’rnatadi; -internet, telefon, SMS va boshqa vositalar yordamida aholining hokimiyat faoliyati, u ko’rsatayotgan davlat xizmatlari to’g’risidagi savollariga tezkorlik bilan javob qaytaradi.
  • ·         Qashqadaryo viloyati hokimligi rasmiy veb-saytiidagi axborotlarni shakllantirish, joylashtirish va yangilash uchun mas'ul.

Axborot olishga doir so'rovlarni qabul qilish tartibi:

Axborotdan foydalanuvchining so'rovi ro'yxatdan o'tkazilgan kundan e'tiboran ko'pi bilan o'n besh kunlik muddatda ko'rib chiqilishi kerak.
Ommaviy axborot vositasining davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to'g'risida axborot olishga doir, shuningdek mansabdor shaxslarning intervyusini tashkil etish to'g'risidagi so'rovi ko'pi bilan etti kunlik muddatda ko'rib chiqiladi.
Agar axborotdan foydalanuvchining so'rovini ko'rib chiqish davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining vakolatlariga kirmasa, so'rov so'ralayotgan axborotni taqdim etish vakolatiga kiritilgan organga ro'yxatdan o'tkazilgan kundan e'tiboran uch ish kuni ichida yuboriladi, axborotdan foydalanuvchi esa bu haqda xabardor qilinadi.
Rasmiy nashrlarda, ommaviy axborot vositalarida e'lon qilingan (chop etilgan) yoxud rasmiy veb-saytlarda joylashtirilgan axborot so'ralganda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari so'rovga beriladigan javobda so'ralayotgan axborot e'lon qilingan (chop etilgan) rasmiy nashrning, ommaviy axborot vositasining nomi, chiqarilish sanasi hamda raqamini va (yoki) so'ralayotgan axborot joylashtirilgan rasmiy veb-saytning elektron manzilini ko'rsatgan holda havola berishi mumkin.
Agar davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari olingan so'rov bo'yicha davlat hokimiyati va boshqaruvining boshqa organlari vakolatlari to'g'risidagi ma'lumotlarga ega bo'lmasa, axborotdan foydalanuvchiga so'rov ro'yxatdan o'tkazilgan kundan e'tiboran uch ish kuni ichida tegishli javob yuboriladi.
So'rov rad etilgan taqdirda axborotdan foydalanuvchiga asoslantirilgan javob yuboriladi.

So'rovga qo'yiladigan talablar

Jismoniy shaxsning so'rovida uning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi to'g'risidagi ma'lumotlar ko'rsatilgan va so'rovning mohiyati bayon etilgan bo'lishi kerak. Yuridik shaxsning so'rovida yuridik shaxsning to'liq firma nomi, uning joylashgan eri (pochta manzili) to'g'risidagi ma'lumotlar ko'rsatilgan, so'rovning mohiyati bayon etilgan bo'lishi kerak.
Yozma so'rovlar axborotdan foydalanuvchining shaxsiy imzosi bilan tasdiqlangan bo'lishi kerak. So'rovni shaxsiy imzo bilan tasdiqlash imkoniyati bo'lmagan taqdirda, u qo'shimcha ravishda tuzuvchining ham familiyasi, ismi, otasining ismi qo'yilgan holda uning imzosi bilan tasdiqlangan bo'lishi kerak.
Axborotdan foydalanuvchini identifikasiyalash imkoniyatini beradigan ma'lumotlar ko'rsatilmagan so'rov anonim hisoblanadi va ko'rib chiqilmaydi.
So'rov unda qo'yilgan masalalar yuzasidan axborot taqdim etish vakolatiga kiradigan davlat hokimiyati va boshqaruvi organiga yoki mansabdor shaxsga yuboriladi.
Belgilangan tartibda yuborilgan so'rov ko'rib chiqilishi ta'minlanadi.

Cheklab qo'yilgan axborotlari:

Qashqadaryo viloyat hokimligi faoliyati to'g'risidagi axborotdan foydalanish, agar mazkur axborot qonunda belgilangan tartibda davlat sirlari yoki qonun bilan qo'riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma'lumotlar jumlasiga kiritilgan bo'lsa, cheklab qo'yiladi.

Qashqadaryo viloyat hokimligi faoliyati to'g'risidagi foydalanilishi cheklab qo'yilgan axborotga taalluqli ma'lumotlarning ro'yxati, shuningdek ma'lumotlarni bunday axborot jumlasiga kiritish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.

 

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to'g'risida O'zbekiston Respublikasining Qonuni

 

 

Matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing.

Bazaviy interaktiv xizmatlar

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 103 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Foydali resurslar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati
www.press-service.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati
www.senat.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi
www.parliament.gov.uz
   
O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali
www.gov.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)
www.ombudsman.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi
www.prokuratura.uz

Mobil ilovalar

Bosh sahifa

Qabul kunlari

A- A A+

Rahbariyatga murojaat etish

Rahbariyatga murojaat etish

Viloyat hokimligining umumiy bo'limiga murojjat etish (Yangi oynada ochiladi)

Mobil versiya

Mobil versiyaga o'tish

Bog'lanish

Ishonch telefon raqami 
0(371) 200-55-05 
Ishonch telefon raqami reglament
Yagona telefon raqami
0(375) 221-07-60 
Yagona telefon raqami reglamenti

Batafsil>>>

Biz bilan bog'lanish

Sahifa adressi

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family
Reset