wrapper

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo'yicha maslahat kengashi tashkil etiladi.

Bu haqida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining bugun qabul qilingan «Mamlakatni demokratik yangilanish jarayonida fuqarolik jamiyati institutlarining rolini tubdan oshirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi farmonida ko'rsatib o'tilgan.

Unga ko'ra, Maslahat kengashining bir qator vazifalari belgilangan. Xususan, fuqarolik jamiyatini va keng jamoatchilikni tashvishlantirayotgan dolzarb masalalarni muhokama qilish, shuningdek, mazkur sektorning holati va rivojlanish tendensiyasi haqida O'zbekiston Respublikasi Prezidentini muntazam ravishda xabardor qilib boradi.

Shuningdek, fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatining tashkiliy-huquqiy va iqtisodiy asoslarini takomillashtirish, ijtimoiy sheriklik va jamoatchilik nazoratini amalga oshirish, mazkur institutlarning jamiyat boshqaruvidagi ishtirokini kengaytirish uchun qulay sharoitlar yaratish masalalari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Prezidentiga takliflar kiritadi.

Shu o'rinda qayd etish joizki, fuqarolik jamiyati institutlariga ularning xalqaro hamkorligini rivojlantirishda, ilg'or xalqaro tajribani o'rganishda va ushbu tajribani O'zbekiston sharoitida joriy etishda ko'maklashish ham mazkur kengashning vazifasiga kiradi.

Matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing.

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 76 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family