wrapper

Maxsus imkoniyatlar

Tuman(shahar) hokimi

  • Tuman(shahar)ning tegishli vakillik va ijroiya hokimiyatini boshqaradi. Vakolati doirasida viloyat hokimi va xalq deputatlari shahar Kengashi oldida hisobdordir;
  • O'zbekiston Respublikasining Qonunlari, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining me'yoriy hujjatlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari hamda xalq deputatlari shahar Kengashi qarorlarining ijrosini tashkil etadi;
  • Jamoat tartibiga rioya etilishi va jinoyatchilikka qarshi kurash, fuqarolarning xavfsizligini ta'minlash, ularning huquqlarini himoya qilish va salomatligini muhofaza etish bilan bog'liq barcha chora-tadbirlarni ko'radi. Tabiiy ofatlar, epidemiyalar va boshqa favqulodda holatlarda tegishli ishlarni tashkil etadi;
    tuman(shahar)ni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning asosiy yo'nalishlarini, shahar byudjetining asosiy ko'rsatkichlarini va ularning ijrosiga doir hisobotlarni xalq deputatlari shahar Kengashining tasdig'iga taqdim etadi;
  • O'z o'rinbosarlari va ijroiya hokimiyati tizimi bo'linmalarining rahbarlarini tegishli tartibda lavozimga tayinlash hamda lavozimdan ozod etish to'g'risidagi qarorlarini xalq deputatlari shahar Kengashi tasdig'iga taqdim etadi;
  • Hokimlik bo'linmalari rahbarlarini va mas'ul xodimlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
    rahbarlari tegishli xalq deputatlari Kengashlari tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan ijroiya hokimiyati tizimi bo'linmalarining ishini nazorat qiladi;
  • Xalq deputatlari shahar Kengashi va shahar hokimi tomonidan qabul qilingan qaror va farmoyishlarni bajarmagan hollarda mansabdor shaxslarni intizomiy javobgarlikka tortish to'g'risida qonunda belgilangan tartibda taqdimnoma kiritadi;
  • Davlat mukofotlari bilan taqdirlashga doir iltimosnomalarni ko'rib chiqadi va takliflar kiritadi;
  • Respublika va xorijda shaharning rasmiy vakili sifatida ish yuritadi;
  • Aholini qabul qilishni tashkil etadi, fuqarolarning shikoyatlari, arizalari va takliflarini ko'rib chiqadi;
  • Rejalashtirish, byudjet, moliya, hisob-kitob, shahar mulkini boshqarish, mulkchilikning turli shakliga mansub korxonalar, muassasalar va tashkilotlar bilan hamjihatlik qilish, er va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish, tabiatni muhofaza qilish, qurilish, transport, yo'l xo'jaligi va aloqa, aholiga kommunal, savdo va ijtimoiy-madaniy xizmat ko'rsatish, aholini ijtimoiy muhofaza qilish, qonuniylik, huquq-tartibot va xavfsizlikni ta'minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish sohasida qonun hujjatlarida o'z vakolatiga berilgan boshqa masalalarni ham hal etadi; 
  • O'ziga berilgan vakolatlar va amaldagi qonunlar doirasida shahardagi barcha korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar, shuningdek, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo'lgan qarorlar va farmoyishlar qabul qiladi;
  • Zaruratga qarab, ammo bir yilda kamida ikki marta xalq deputatlari shahar Kengashining sessiyasini chaqiradi, sessiyalarga raislik qiladi, kun tartibiga kiritiladigan masalalar yuzasidan takliflar beradi. Kengash qarorlariga imzo qo'yadi va tasdiqlaydi;
  • Ish faoliyati yuzasidan bir yilda bir marta xalq deputatlari shahar Kengashiga hisobot beradi;
  • O'ziga berilgan vakolat va amaldagi Qonunlar doirasida boshqa masalalarni hal etadi;
  • Shahar hokimligi tizimidagi tashkiliy-nazorat, huquqni muhofaza qilish organlari faoliyati, harbiy safarbarlik va favqulodda vaziyatlar masalalari bo'yicha, safarbarlik tayyorgarligi, kanselyariya bo'limi hamda shahar hokimligi xuquq-maslahatchisi faoliyatiga bevosita rahbarlik qiladi.

Quyidagi shahar tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtiradi:

- tuman(shahar) prokuraturasi;
- tuman(shahar) ichki ishlar boshqarmasi;
- jinoyat ishlari bo'yicha tuman(shahar) sudi;
- fuqarolik ishlari bo'yicha tuman(shahar) sudi;
-O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatdan va moliyaviy ta'minlash departamentining tuman(shahar) hududiy boshqarmasi;
- tuman(shahar) Davlat soliq inspeksiyasi;
-O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining tuman(shahar) hududiy boshqarmasi;
- tuman(shahar) favqulodda vaziyatlar bo'limi;
- tuman(shahar) mudofaa ishlari bo'limi,
- voyaga etmaganlar ishlari bo'yicha tuman(shahar) komissiyasiga raislik qiladi;
- tuman(shahar) hokimligi huzuridagi narkotik moddalarini nazorat qilish bo'yicha mintaqaviy komissiyaga raislik qiladi;
-odam savdosiga qarshi kurashish bo'yicha tuman(shahar) idoralararo komissiyasiga raislik qiladi.


Tuman(shahar) hokimining kapital qurilish, industriya, investisiya, kommunikasiya, kommunal xo'jalik va obodonlashtirish bo'yicha
birinchi o'rinbosari

 Quyidagilar tuman(shahar) hokimining kapital qurilish, industriya, investisiya, kommunikasiya, kommunal xo'jalik va obodonlashtirish masalalari bo'yicha o'rinbosarining asosiy vazifalari hisoblanadi:

- sanoatni rivojlantirish, xom-ashyo bilan ta'minlash, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, qo'shma va kichik korxonalar tashkil etish, bu borada xorijiy mamlakatlar bilan aloqalar o'rnatish;
- xalq hunarmandchiligining rivojiga keng yo'l ochib berish, qurilish, maishiy va pullik xizmat ko'rsatish hamda qishloq infrastrukturasi va investisiya dasturlarining bajarilishini ta'minlash;
- kommunal xizmat ko'rsatish sohasida amalda oshirilayotgan islohotlarni yanada chuqurlashtirish va bu soha korxonalari faoliyatini muvofiqlashtirish;
- shaharda mahalliylashtirish dasturi ijrosini ta'minlash va shahar iqtisodiyotiga chet el sarmoyalari kiritilishini tashkil etish.

Tuman(shahar) hokimining kapital qurilish, industriya, investisiya, kommunikasiya, kommunal xo'jalik va obodonlashtirish masalalari bo'yicha o'rinbosari sanoat korxonalari, tadbirkorlik, kichik va o'rta biznes sub'ektlari, qurilish birlashmalari, kompaniyalari, ixtisoslashgan qurilish-montaj va loyihalash tashkilotlari, kommunikasiya, transport, aloqa, yoqilg'i, energetika ta'minoti tashkilotlari, obodonlashtirish tashkilotlari, maishiy xizmat, davlat ulushi mavjud bo'lgan aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatini muvofiqlashtiradi hamda o'ziga tegishli shahar komissiyalariga bevosita rahbarlik qiladi.

Quyidagi tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi:

- tuman(shahar) arxitektura va qurilish boshqarmasi;
- tuman(shahar) hokimligi xuzuridagi xo'jalik hisobidagi yakka tartibda uy-joy qurilishini muvofiqlashtirish  boshqarmasi;
- tuman(shahar) er tuzish va ko'chmas mulk kadastr xizmati davlat unitar korxonasi;
- tuman(shahar) hokimligi qoshidagi xo'jalik hisobidagi qurilish, uy-joy masalalarini muvofiqlashtirish va kommunal sohada iqtisodiy islohotlarni jadallashtirish hamda yangi texnologiyalar va hisob kitoblar mexanizmini joriy etish bo'limi;
- tuman(shahar) markaziy kanallar boshqarmasi;
- tuman(shahar) hokimligi uy-joy, kommunal sohada islohotlarni jadallashtirish boshqarmasi;
- tabiatni muhofaza qilish qo'mitasi tuman(shahar) bo'limi;
- tuman(shahar)dagi mulk shaklidan qat'iy nazar, barcha loyihalash institutlari;
- tuman(shahar) hokimligi binolardan foydalanish departamenti;
- tuman(shahar) hokimligi qoshidagi Davlat idoralardan tashqari loyiha va smetalarni ekspertiza qilish boshqarmasi;
- tuman(shahar) xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari uyushmalari;
- tuman(shahar) obodonlashtirish departamenti va kommunal xo'jaliklari ishini muvofiqlashtirish;
- tuman(shahar) hokimligi xuzuridagi Tadbirkorlik sub'ektlarini ro'yxatdan o'tkazish inspeksiyasi;
- tuman(shahar) hokimligi savdo, xizmat ko'rsatish sohasi va xalq iste'mol mollari ishlab chiqarish departamenti;
- “O'zbektelekom” AKning tuman bog'lamalari;
- tuman(shahar) maishiy xizmat ko'rsatish korxonalari uyushmasi;
- “Tuman(shahar) elektr tarmoqlari» korxonasi;
- “Janubgazta'minot” unitar korxonasi «Qarshi shahargaz» filiali hamda xududiy gaz sotish bo'linmalari;
- tuman(shahar) “Suvoqova” davlat unitar korxonasi va xududiy bo'linmalari ;
- tuman(shahar) obodonlashtirish xizmati;
- belgilangan tartibda o'ziga tegishli kotibiyat xodimlari o'rtasida vazifalar taqsimotini tasdiqlaydi.

O'z funksional vazifalari taqsimlanishi bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va farmoyishlari, Oliy Majlis, Vazirlar Mahkamasi hamda xalq deputatlari shahar Kengashi va shahar hokimining qaror va farmoyishlari ijrosini tashkil etish va nazorati bilan shug'ullanadi.

Tuman(shahar) hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo'yicha o'rinbosari

 Quyidagilar tuman(shahar) hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo'yicha o'rinbosarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
- hududni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish va ishlab chiqarish kuchlarini oqilona joylashtirish dasturlari hamda tuman(shahar) byudjeti loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirishni nazorat qilish;
- tuman(shahar) byudjeti ijrosini ta'minlash borasida barcha iqtisodiy masalalar faoliyatini muvofiqlashtirish;
- mahalliy soliqlar va boshqa yig'imlar hajmini belgilash, narx-navo siyosati, hududni kompleks rivojlantirish, aholini ijtimoiy himoya qilish bo'yicha mavjud qonun va hukumat qarorlarining bajarilishini ta'minlash;
- tuman(shahar)ni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, mahsulotlar eksporti hamda pul-kredit muomalasi masalalari bilan shug'ullanish;
- tuman(shahar)da Davlat tilini amalga oshirish, toponimik, muruvvat yordamlarini qabul qilish, taqsimlash va favqulodda epidemiyaga qarshi kurash ishlarini muvofiqlashtirish;

Madaniy meros ob'ektlarini saqlash masalalarida tegishli mahalliy hokimiyat organlari, jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlarning birgalikdagi harakatini ta'minlaydi;

Tuman(shahar)da «Haj» va «Umra» tadbirlarni tashkil etish bo'yicha ishlarni muvofiqlashtiradi;
- milliy va davlat bayramlarini o'tkazishni tashkil etish.
Tuman(shahar)da moliya, bank, soliq, statistika, ijtimoiy ta'minot, bandlik, sug'urta va savdo tashkilotlari, xalq ta'limi, fan, oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlari, sog'liqni saqlash, madaniyat, matbuot, jismoniy tarbiya, sport, turizm va din sohalari majmuiga hamda tegishli shahar komissiyalari faoliyatiga rahbarlik qiladi.

Quyidagi tuman(shahar) tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirib boradi:

- tuman(shahar) iqtisodiyot bo'limi;
- tuman(shahar) Davlat soliq inspeksiyasi;
- tuman(shahar) hokimligi moliya bo'limi;
- tuman(shahar) hokimligi xalq ta'limi bo'limi;
- tuman(shahar) tibbiyot birlashmasi;
- tuman(shahar) hokimligi madaniyat va sport ishlari bo'limi;
- tuman(shahar) Faznachilik bo'limi;
- Byudjetdan tashqari pensiya jamg'armasi tuman(shahar) bo'limi;
- respublika tijorat banklari tuman(shahar) bo'limlari;
- tuman(shahar) bandlikka ko'maklashi va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi;
- Sug'urta kompaniyalarning tuman(shahar) bo'limlari
- tuman(shahar) statistika bo'limi;
- tuman(shahar) tibbiy-mehnat ekspertiza xizmati;
- tuman(shahar)dagi barcha dehqon va buyum bozorlari;
- tuman(shahar) davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi;
- tuman(shahar) veterenariya xizmati;
- tuman(shahar) pochta aloqa tarmog'i;
- tuman(shahar) ilmiy muassasalari va oliy va o'rta-maxsus o'quv yurtlari;
- tuman(shahar)dagi barcha turdagi sport federasiyalari;
- tuman(shahar) imom xatibligi;
- barcha diniy tashkilotlar;
- “Ma'naviyat targ'ibot markazi” tuman(shahar) bo'limi;
- Nogironlar jamiyati tuman(shahar) bo'limi;
- “Kamolot” Yoshlar ijtimoiy harakati tuman(shahar) bo'limi Kengashi;
- “Vatanparvar” tashkiloti tuman(shahar) bo'limi;
- “Nuroniy” jamg'armasi tuman(shahar) bo'limi Kengashi;
- Oqsoqollar Kengashi va “Mahalla” jamg'armasi tuman(shahar) bo'limi;
- tuman(shahar) iste'molchilar xuquqlarini himoya qilish jamiyati;- 
- Baynalminal jangchilar uyushmasi;
- tuman(shahar)dagi barcha ziyoratgohlar.
tuman(shahar)da nashr etiladigan barcha ommaviy axborot vositalari, radio-televidenielar tahririyatlari;
- “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi tuman(shahar) bo'limi;
- tuman(shahar)dagi barcha muzey va axborot-resurs markazlari.

Belgilangan tartibda o'ziga tegishli kotibiyat xodimlari o'rtasida vazifalar taqsimotini tasdiqlaydi.
O'z funksional vazifalari taqsimlanishi bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va farmoyishlari, Oliy Majlis, Vazirlar Mahkamasi hamda xalq deputatlari shahar Kengashi va shahar hokimining qaror va farmoyishlari ijrosini tashkil etish va nazorati bilan shug'ullanadi.

Tuman(shahar) hokimining o'rinbosari, Xotin-qizlar qo'mitasi raisi

 Quyidagilar tuman(shahar) hokimining o'rinbosari, Xotin-qizlar qo'mitasi raisining asosiy vazifalari hisoblanadi:

- tuman(shahar)da ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojlanish masalalarini hal qilishga xotin-qizlarni keng jalb etish, ularning davlat va jamiyatni boshqarishdagi ishtirokini kengaytirish, sog'lom turmush tarzini targ'ibot qilish, shuningdek, tegishli korxona va tashkilotlar hamda jamoat birlashmalarining ushbu yo'nalishdagi ishini muvofiqlashtirib borish;
- xotin-qizlarni ijtimoiy-huquqiy jihatdan qo'llab-quvvatlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, ayollarni moddiy va ma'naviy turmush sharoitlarini yaxshilash hamda sog'lom avlodni tarbiyalash, ma'naviy, kasbiy, jismoniy, axloqiy jihatdan rivojlantirish, ijtimoiy-siyosiy o'rnini oshirish;
- xotin-qizlarning yashash joylari va turmush sharoitlarini o'rganish, ishlab chiqarishda ular bilan yaqindan aloqada bo'lish;
- joylarda milliy-diniy urf-odatlarni to'g'ri targ'ib etish, xotin-qizlarning Konstitusion huquqlarini himoya qilish va tadbiq etish, ularning ongini zaharlab, turli xil ekstremistik diversion-terroristik faoliyatga aralashib qolishining oldini olish;
- xotin-qizlarni ish bilan ta'minlash masalalariga, shuningdek, ularning ish faoliyatini yaxshilash, ayniqsa, qishloq joylardagi tashkilotlarda, muassasalarda, korxonalarda ijtimoiy himoya qilish hamda ularni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etishga qaratilgan dasturlarni tayyorlash va tadbiq etish.
Quyidagi tashkilotlar  faoliyatini muvofiqlashtiradi:
-sog'lom avlod, ayollar sog'lig'ini mustahkamlash va oilaning tibbiy madaniyat darajasini oshirish masalalari bo'yicha doimiy ishlovchi viloyat komissiyasi;
-oilada tibbiy  madaniyatni yuksaltirish, ayollar  sog'lig'ini mustahkamlash, sog'lom avlod tug'ilishi  va uni  tarbiyalashning ustuvor yunalishlarini  amalga oshirish bo'yicha  maqsadli tadbirlar dasturining bajarilishini ta'minlash bo'yicha viloyat  komissiyasi;
-Zulfiya  nomidagi Davlat  mukofoti bilan taqdirlash bo'yicha viloyat  komissiyasi;
-Yod tanqisligi kasalliklarini oldini olish bo'yicha viloyat muvofiqlashtirish  komissiyasi;
-Viloyat favqulodda epidemiyaga qarshi kurashish komissiyasining OIV/OITS epedimiyasi tarqalishiga qarshi kurashish Respublika Strategik dasturining  viloyatdagi  muvofiqlashtiruvchi  komissiyasi.

Vakolati doirasida sohasiga oid masalalar yuzasidan Respublika vazirliklari, boshqaruv organlari, jamg'armalar va boshqarmalar bilan hamkorlikda ish olib boradi. Xotin-qizlar mehnat qilayotgan barcha korxona, muassasalar, boshqarma va idoralar faoliyatini o'ziga tegishli masalalar bo'yicha muvofiqlashtiradi.

Belgilangan tartibda o'ziga tegishli kotibiyat xodimlari o'rtasida vazifalar taqsimotini tasdiqlaydi.

O'z funksional vazifalari taqsimlanishi bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va farmoyishlari, Oliy Majlis, Vazirlar Mahkamasi hamda xalq deputatlari shahar Kengashi va shahar hokimining qaror hamda farmoyishlari ijrosini tashkil etish  va nazorati bilan shug'ullanadi.

Matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing.

Bazaviy interaktiv xizmatlar

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 177 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Foydali resurslar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati
www.press-service.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati
www.senat.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi
www.parliament.gov.uz
   
O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali
www.gov.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)
www.ombudsman.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi
www.prokuratura.uz

Mobil ilovalar

Bosh sahifa

Qabul kunlari

A- A A+

Rahbariyatga murojaat etish

Rahbariyatga murojaat etish

Viloyat hokimligining umumiy bo'limiga murojjat etish (Yangi oynada ochiladi)

Mobil versiya

Mobil versiyaga o'tish

Bog'lanish

Ishonch telefon raqami 
0(371) 200-55-05 
Ishonch telefon raqami reglament
Yagona telefon raqami
0(375) 221-07-60 
Yagona telefon raqami reglamenti

Batafsil>>>

Biz bilan bog'lanish

Sahifa adressi

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family
Reset