wrapper

Hayotimizni to'y-tanatanalarisiz tasavvur etib bo'lmaydi. Xalqimiz ezgu tilaklarini ham to'y bilan bog'laydi: “to'ylarga etkazsin”, “to'ydan boshingiz chiqmasin” tarzida. Chunki, to'y- ezgulik, saodat, yaxshilik, baxt timsoli, orzular ruyobi. Shu sababli ham, to'y – qadim-qadimdan  millatimizning eng yaxshi an'analarini o'zida mujassam etib kelayotgan qadriyat hisoblanadi.
Lekin, keyingi paytlarda bu qadriyatdan og'ishib, ortiqcha harajatlar, dabdaba va kim uzarga to'y qilish kabi salbiy odatlar natijasida to'y qilish tashvishga, ba'zan esa haqiqiy ma'noda azobga aylandi. 
To'y-hashamlar bilan bog'liq ortiqcha xarajatlar ming-minglab oilalarning nafaqat iqtisodiy ahvoliga, balki butun hayotiga jiddiy salbiy ta'sir ko'rsatayotgani ayni haqiqat. Shu ma'noda Respublika “Mahalla” xayriya jamoat fondi va “Nuroniy” jamg'armasi faollarining to'ylar, oilaviy tantanalar hamda boshqa marosimlarni ortiqcha sarf-xarajatlarsiz va dabdabasiz o'tkazish bo'yicha Murojaati juda ko'pchilik fuqarolarimiz ko'nglidagi gap bo'ldi.
Jiddiy mulohaza qiladigan bo'lsak, bugun hayotimizda ko'payib borayotgan oilaviy mojarolar, nizo-janjallar, ajralishlar, qudalar o'rtasidagi sovuqchilik sabablari ham aksariyat hollarda aynan serxarajat to'ylarga, ular bilan bog'liq behad ortiqcha sarf-xarajatlarga borib taqaladi.
Ayni masalani Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev o'tgan 2017 yilning 3 avgustida mamlakatimiz ziyolilari bilan uchrashuvda ham o'rtaga tashlagan, “Mana, o'zinglar ko'ryapsizlar, soppa-sog' yurgan ayrim odamlar ellikka kirmasdan turib to'satdan insult bo'lyapti, infarkt bo'lyapti. Sababini surishtirsangiz, boshqalardan qolmaslikka tirishib, katta to'y qilaman, deb qarzga botgan bo'ladi...
Eng yomoni, ayrim pul topib aql topmagan, ma'naviy saviyasi past kimsalar to'y-hashamlar, ma'rakalarni o'tkazish bo'yicha musobaqa o'ynab, turli-tuman yangi odatlarni o'ylab topyapti. Bularni eshitib, ba'zan odam hayratdan yoqasini ushlab qoladi”, degan edi. O'tgan davr ichida shu narsa oydinlashdiki, to'ylarimizni aniq bir hujjat, qonun bilan tartibga solmasa bo'lmas ekan.
Shu o'rinda jadid ma'rifatparvari Hoji Muin Nasafiy
1919 yilda “To'y va aza marosimi haqinda” nomli maqolasida bildirgan fikrlarga quloq tuting: “...ilmsizligimiz sababli turli marosim va odatlar yuki ostinda ezilib, muning uchun axloqiy va moliy jihatdan g'oyat ko'b zararlar ko'rmakda bo'lg'on bir millatmiz. Bizning xalq “mol va jon ketsa ketsun, obro'i ketmasun”, deb xatna yoki nikoh va yo aza marosimini o'rung'a keturmak uchun qo'llarinda bor narsalarini 1-2 kunda barbod etadilar, qarzdor bo'lalar. Qarzlarini ado eta olmag'ach, oxiri, “molni odam topar, odamni mol topmas”, deb o'z bog' va hovlilarini sotib, qarzlarig'a beralar”.
Biroq afsuski, yillar o'tsa-da, zamon o'zgarib borayotgan bo'lsa-da, milliy taraqqiyotimizga katta to'siq va g'ov bo'lib kelayotgan bu illatga barham berish, to'y-ma'rakalarni ixcham, zamonaviy ko'rinishda o'tkazish o'rniga, to'ydan oldin va keyin bo'ladigan kerakli-keraksiz tadbirlarni o'ylab topish, dabdababozlik qilib, haddan ziyod isrofgarchilikka yo'l qo'yish holatlari tobora kuchayib bormoqda.
Misol uchun, Chiroqchi tumanida o'tadigan to'ylarni olaylik. Bilamizki, Chiroqchi tumanining aksariyat hududlarida to'ylar “maslahat oshi”dan boshlanadi. Ba'zida maslahat oshi kichikroq to'ydan ham o'tib ketadi. Xarajat borasida ham to'y egasi bor topgan-tutganini ana shu marosimdan ayamaydi. Qoidaga ko'ra, “maslahat oshi”ga kelganlar to'y kuni xizmatda bo'lishadi va shuning uchun ularga aynan “maslahat oshi”da ziyofat beriladi. Yana bir tomoni esa, to'y spirtli ichimliksiz o'tishi mumkin, biroq “maslahat oshi” usiz o'tmaydi. Boz ustiga 50 kilogramm osh damlanib, 50 kilogramm go'shtdan sho'rva pishiriladi.
Aslida ushbu marosimning mohiyati qarindosh-urug' yig'ilib, to'yni qanday o'tkazish, kimlarni chaqirish, tashkillashtirish, kunini belgilash borasida kelishib olishdan iborat bo'lsa-da, bugungi kunda u kamida yuzlab kishilar yig'iladigan  bazmu jamshidga aylanib qolganini qanday izohlash mumkin? Buncha xarajatning kimga, nimaga kerak?
Tumanda to'ylar odatda kunuzog'i davom etadi. Chunki bu – tartibga solinmagan, qachon boshlanishiyu qachon tugashi bilan birov qiziqmagan. Shuning uchun hamma xohlagan vaqtida keladi. Bu to'y egasini, ayniqsa, uy bekalarini xursand qiladi, deysizmi? To'yga deb kunning istalgan vaqtida kelgan mehmon qo'shimcha tashvishni keltirib chiqaradi, xolos.
Ayrim qishloqlardagi to'ylarda esa “boshlanib o'tar” degan ibora bor. Yaqin insonlarga berilgan taklifnomada albatta, shu so'z bo'ladi. Misol uchun, to'y 25 mart kuni bo'lsa, taklifnomaga “24 mart kuni boshlanib, 25 mart kuni o'tadi” deb yoziladi. O'z-o'zidan ayonki, ikki soatda tugaydigan to'yning ikki kun davom etishi to'y egasining ham ruhiy, ham moddiy tinkasini quritadi.
Ko'pni ko'rgan, kayvoni otaxon va onaxonlar bosh bo'lib, to'ylarni ixcham, kamchiqim, zamonaviy qilib o'tkazish bo'yicha takliflar berishsa, keyin unga amal qilinsa, bundan xalqimiz faqat va faqat  naf ko'radi.
Nafat  to'y xarajatlari, balki, to'y oldi sarflari ham fuqarolar uchun jiddiy muammo keltirib chiqarmoqda. Ayrim tumanlirmizda keyingi vaqtda yana bir bema'ni odat paydo bo'libdi, ya'ni,  kuyov bo'lmish bo'lajak kelinga “egalik” qilib qo'yishi uchun albatta zirak, uzuk yoki tilla zanjir olib berarmish. Qaerdan chiqdi bunday odatlar? Kim o'ylab topayapdi? Azaliy sovchilik odatlari, fotiha o'qilib, non ushatilgani etarli edi-ku?!
Ota-bobolarimiz azal-azaldan ikki yosh unashtirildimi, ularning boshini bitta qilishga asosiy maqsad sifatida qaragan, dabdabali to'y emas, chiroyli turmush haqida qayg'urishgan. Hozir-chi? Turmush, ro'zg'orni yuritish haqida hech kim o'ylab ko'rmayotganday, qanday qilib bo'lmasin, hashamatga, boshqalarga o'zini ko'rsatib qo'yishga intilish kuchayganday chamamda.
Misol uchun, bo'lajak kelin-kuyov tomonidan bir-biriga to to'y o'tgunga qadar har bayram, tug'ilgan kunda falon million so'mlik sovg'a-salom yuborishning nima zarurati bor? Odatda bunday sovg'a-salomlar konfetu shokoladlar, qimmatbaho kiyimlardan iborat bo'lishini hisobga olsak, ular ikki yoshga keyingi hayotida nima naf berarkan, deb o'ylab qolasan kishi.
Aksariyat hollarda fotiha to'ylari katta to'ylardan umuman qolishmaydi. Bunday to'ylarga kamida uch-to'rtta jonliq so'yiladi, 400-500 odamga ziyofat beriladi. Buyam etmaganday, fotiha to'yida ayollar to'yga keluvchilarning deyarli hammasiga sarpo-surug' tayyorlashadi. Ayniqsa, quda tomonga 3-4 kiyimlik qimmat mato, ro'mol va boshqa ustki kiyimlar, quda tomondan kelgan 20-30 ayolga ham kiyimlik matolar sovg'a qilinadi.
Aslida sarpo, buyum yig'ishga ruju qo'yish, ortiqcha orzu-havasga berilish nafaqat oila byudjetiga, balki yosh oilalar ma'naviyatiga ham jiddiy putur etkazishini unutmaslik lozim. Bu masalada ko'p narsa ayollarga bog'liq.
Albatta, to'y dasturxonlarining to'kin-sochinligi aholining turmush darajasi tobora yaxshilanib borayotganidan ham dalolat. Ammo isrofgarchilik, uvol yomon. Taxminiy hisob-kitoblarga ko'ra, ayni paytda to'yxonalarda bir nafar mehmon uchun xarajatlar o'rtacha 40-50 ming so'mni tashkil etarkan. Nikoh to'ylariga o'rtacha 400-500 nafar (ayrimlarida bundan ham ko'p) mehmon keladi. Bu degani to'y egasi 15-20 million so'm (san'atkorlar va shunga o'xshash xizmatlarni hisoblamaganda) sarflaydi degani. Shu bilan xarajatlar tugasa qani. Hali oldinda “kelin salom”, “ota ko'rdi”, “kuyov oshi”, “kelin chaqirdi” singari marosimlar bor. To'y kuni kelolmaganlar “qulluq bo'lsin”ga keladi, oqibatda uy egasi qaytadan dasturxon tuzagan, jonliq so'ygan. Ko'rinib turibdiki, bitta to'yga sarf bo'ladigan pul kamxarjroq oilani tubsiz jarga uloqtiradi.
Endi bir o'ylab ko'raylik. Dabdabali to'y qilgan odamning topgani nimayu yo'qotganlari nima? Topgani – quloq eshitmagan, ko'z ko'rmagan amallar orqali keladigan bir kunlik “obro'”. Yo'qotganlarining esa sanab adog'iga etib bo'lmaydi. Ko'rayapmiz. To'ydan keyin oylab qora qozonning qaynashi qiyin kechayotgan, janjalu nizodan boshi chiqmay qolgan oilalar ham bor, afsuski. Bularga kim aybdor? Avvalo, o'zimiz. Chunki ortiqcha dabdababozlikni, isrofgarchilikni o'zimiz xohladik.
Yo noto'g'rimi?..
Bu borada targ'ibot tadbirlari to'xtab qolgan emas. Ayrim holatlar bo'yicha uchrayotgan salbiy holatlar joyiga borib o'rganilgan, ortiqcha dabdabaga berilgan kishilarga qilayotgan ishlari to'g'ri emasligi bo'yicha tushuntirishlar berilgan. Biroq kamxarj, ixcham to'ylar haqida odamlarning o'zida to'g'ri, ongli munosabat shakllanmasa, bu borada ijobiy natijalarga erishib bo'lmas ekan. Natijada to'ylarni ixchamlashtirish qonun bilan tartibga solinishiga zarurat tug'ilgandi.
To'y-ma'rakalar millatimizning azaliy qadriyatlari va an'analarini namoyon etadigan ko'zgu ekan, ularni yuksak ma'naviy mezonlarga munosib tarzda o'tkazaylik. Bu ezgu ishga hamma birday bosh qo'shishi lozim, hech kim o'zini chetga olishi, menga buning daxli yo'q, deb loqayd bo'lishi mumkin emas. Zero, to'y va marosimlar shaxsiy ish emas, mamlakat va millat taqdiriga daxldor ijtimoiy ahamiyatga ega masaladir.
Zafar RO'ZIYEV,
viloyat hokimi, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zosi

Matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing.

Bazaviy interaktiv xizmatlar

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 96 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Foydali resurslar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati
www.press-service.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati
www.senat.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi
www.parliament.gov.uz
   
O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali
www.gov.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)
www.ombudsman.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi
www.prokuratura.uz
   
 
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo'yicha davlat inspeksiyasi
http://gis.uz/

 

Mobil ilovalar

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family
Reset