wrapper

“2700 yildan ziyod tarixga, qadimiy madaniyat va sivilizasiya
durdonalariga ega bo'lgan Qashqadaryo zamini bizga Yaratganning
marhamati bilan ato etilgan bebaho va buyuk zamindir”
                                          Shavkat Mirziyoev

O'zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida Qashqadaryoning salmoqli o'rni bor. Viloyatda 50 ta yirik sanoat korxonasi, 57 qo'shma korxona, 14 ming 960 dan ortiq kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ekti, 20 ming 333 ta fermer va 19 ming 917 ta dehqon xo'jaliklari faoliyat yuritmoqda.
Mamlakatimizda qazib olinayotgan gazning 64, neftning 67, gaz kondensatining 87,4 foizi Qashqadaryo viloyati hissasiga to'g'ri kelayotir. Viloyat hududida kaliy tuzi, marmar, keramzit, yonuvchi slanes, toshko'mir, ko'rg'oshin, marganes, chinni toshi, bentonitli gil, kumli glaukonit kabi 10 dan ortiq turli foydali qazilmalar mavjud. Vohaning hayvonot va nabotot olami, dehqonchilik tarkibi ham g'oyat o'ziga xosdir.
Viloyatda sanoat izchil rivojlanib, yalpi hududiy mahsulotda bu sohaning ulushi 38 foizni tashkil etayotgani buning yorqin dalilidir. «Sho'rtan neft-gaz», «Muborak neft-gaz» konlari, «Sho'rtan gaz-kimyo» majmuasi, Muborak gazni qayta ishlash zavodi, Dehqonobod kaliyli o'g'itlar zavodi, Tallimarjon issiqlik elektr stansiyasi, «Hisor neft-gaz» singari yirik ishlab chiqarish quvvatlari mamlakatimiz sanoatida ham alohida o'rin tutadi. «Ko'kdumaloqgaz», «Sho'rtangazmahsulot» kabi qo'shma korxonalar ham yurtimiz iqtisodiy taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etayotir. 
2017 – 2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari bo'yicha Harakatlar strategiyasining “Faol tadbirkorlik, innovasion g'oyalar va texnologiyalarni qo'llab-quvvatlash yili” da amalga oshirishga oid davlat dasturi asosida viloyat hududiy dasturi ishlab chiqildi.
Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev 2018 yil 29-31 yanvar kunlari Qashqadaryo viloyatiga tashrifi chog'ida ko'plab istiqbolli loyihalar bilan tanishib, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan Respublika vazirlariga ko'plab zarur topshiriqlar berdi. Shuningdek viloyatning turizm salohiyati va mavjud noyob tarixiy-madaniy merosidan samarali foydalanish, tarixiy me'moriy  yodgorliklar holatini yaxshilash bo'yicha aniq vazifalar belgilab berildi.
Amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlari natijasida Shahrisabz qiyofasi tubdan o'zgardi. Shahrisabz (Kesh) shahrining maqomi ko'tarilib viloyat bo'ysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritildi.
Shaharning tarixiy obidalari qayta ta'mirlandi. Sayyohlik infratuzilmasi rivojlantirilib, xizmat ko'rsatish darajasi xalqaro standartlar darajasiga etkazilmoqda.
Kesh (Shahrisabz) shahri  “Qubbat ul-ilm val-adab” (“ilm va adab qubbasi”) nisbasi bilan muhrlangan. Shaharda jami 39, jumladan Amir Temur va temuriylar davrida kurilgan 18 me'moriy obida mavjud. Shashmaqom markazi,  bolalar musiqa va san'at maktabida va shaharga keladigan xorijiy sayyohlarga o'zbek mumtoz san'atidan bahramand bo'lish imkoniyati yaratildi. Viloyatda bugungi kunda 1 ming 311 ta madaniy meros ob'ekti ro'yxatga olingan. Shu raqamning o'zi Qashqadaryo turizm sohasida katta salohiyatga ega ekanligini ko'rsatadi.
Viloyatning boshqa hududlarida ham turizmni rivojlantirish uchun ulkan imkoniyatlar mavjud. Shularni hisobga olgan xolda 2017-2018 yillarda Qashq adaryo viloyatida turizm sohasini kompleks rivojlantirish dasturi ishlab chiqildi. Hududning yirik turizm salohiyatidan samarali foydalanish maqsadida joriy yilda 12 tarixiy-madaniy ob'ektni qayta tiklash va ta'mirlash, turizm infratuzilmasini rivojlantirish, mehmonxona, restoranlar tashkil etish, xizmat ko'rsatish sifatini yaxshilash, madaniy meros ob'ektlarini restavrasiya qilish rejalashtirilgan.
Ekoturizm yo'nalishi bo'yicha tog' va tog'oldi hududlarida sayyohlarning maroqli dam olishi uchun barcha sharoit yaratilgan. Agroturizm sohasini rivojlantirish maksadida Kitob tumani tokzorlarida «Vino degustasiyasi» ni yo'lga qo'yish, ekstremal turizm sohasida Muborak tumani cho'llariga kvadrosikllarda safar uyushtirish, tarixiy-madaniy turizm sohasida Shahrisabz shahri tarixiy markazida «Zafarli yurish» va «Shoh bazmi» teatrlashtirilgan tomoshalarini muntazam tashkil etish mo'ljallangan.
«Afrosiyob» tezyurar poezdi qatnovini Shahrisabzgacha yo'lga qo'yish bo'yicha ishlar olib borilmoqda.
Buyuk   ipak yo'li chorrahasidagi ko'hna sardobalar o'lkasi Qashqadaryo vohasining har bir qarich eri  muqaddasdir. Agar jahon xaritasiga nazar tashlasak, 2700 yillik shaharlari bor davlatlar kam. 
Dunyoda ikkita 2700 yillik  shaharlar – Nasaf (Qarshi) va Kesh (Shahrisabz) vohamizda joylashgan. O'rta asrlarda Sharqning to'rtta hadis ilmining markazlaridan biri va sakkizta  madina maqomini olganlardan biri ham Nasaf  hisoblanadi.
 IX–XII asrlarda Turonzaminda 3000 mingdan ziyod taniqli muhaddislar, jumladan Samarqandda – 1000 nafardan ziyod, Buxoroda – 600 nafardan ortiq, Nasafda – 400 nafardan ziyod, Shoshda – 70 nafardan ziyod, Farg'onada – 60 dan ortiq, Keshda – ham 60 nafardan ziyod, Xorazmda – 40 nafardan ziyod va boshqa qo'shni mintaqalarda ham ko'plab olimu fuzalolar samarali faoliyat yuritishgan.
Nasafda o'z vaqtida hadis ilmining sultoni Imom Buxoriy, tasavvufning buyuk namoyandasi Bahouddin Naqshband ta'lim olgan. X asrda Nasafda xalqaro ilmiy anjuman – “majlisi tadris” o'tkazilgan. Bu yirik shaharda o'sha davrda al-qallos deb atalgan “Olimlar uyi” samarali faoliyat yuritgan. Bu ma'rifatli maskanda Naxshabiy, Nasafiy, Pazdaviy, Kasbaviy, Ofuroniy, Baladiy, Subahiy kabi taxalluslar bilan ko'plab olimu fuzalolar samarali faoliyat yuritgan.
Vohadan etishib chiqqan buyuk allomalardan biri «Sayful Haqq» («Haqiqat qilichi») degan yuksak unvonga sazovor bo'lgan  Abu-l Mu'in an-Nasafiy (1027-1114)  moturidiya ta'limotining eng yirik namoyandasi hisoblanadi. Respublika Vazirlar Mahkamasi 2017 yil 18 aprelda kalom ilmi rivojiga beqiyos hissa qo'shgan buyuk donishmand “Abu-l Mu'in an-Nasafiy boy ilmiy ma'naviy merosini chuqur o'rganish, xalqimiz va jamoatchilik o'rtasida keng targ'ib qilish to'g'risida” farmoyish qabul qildi.
Davlatimiz rahbarining 2017 yil 17 noyabrdagi “O'zbek milliy maqom san'atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida” gi qarori qabul qilinib, ijrosini ta'minlashga kirishildi. Shahrisabz shahridagi Oqsaroy maydonining tarixiy qismida maqom san'atiga bag'ishlangan muzey va markaz tashkil etish ko'zda tutilgan. Ayni paytda shahar madaniyat saroyini kapital ta'mirlash, Oqsaroy maydonidagi Maqom markazi hamda bolalar musiqa va san'at maktabi faoliyatini takomillashtirish bo'yicha keng ko'lamli tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Qarshi shahrida Abdulla Oripov nomidagi ona tili va adabiyotini chuqur o'rganishga  ixtisoslashtirilgan maktab-internati barpo etildi va shoirimizning ko'rkam haykali qad rostladi.
Bu yurtni jahonga mashhur etgan zot buyuk Sohibqiron Amir Temur hisoblanadi. Uning buyuk ishlari aynan o'z Vatani Qashqadaryodan boshlangan. U salkam 150 yil mo'g'ul istilosida bo'lgan Vatan ozodligi uchun kurashdi. 1370 yilda Chig'atoy ulusi xukmdorligini qo'lga kiritib, butun xalqni birlashtirdi. Yagona markazlashgan davlat barpo qila boshladi. O'zbek xalqining rivojlanish bosqichi Amir Temur tufayli yangi bosqichga ko'tarildi. Ona tilimiz arab va fors tillari qatorida davlat maqomi kasb eta boshladi. Temuriylar davrida o'zbek tilining rivojlanishiga bir misol sifatida Britaniya muzeyida saqlanayotgan Mirzo Ulug'bekning suv ichadigan nefritdan yasalgan idishiga o'zbek tilida (fors yoki arab tilida emas aynan o'zbek tilida) «Karami haqqa nihoya yo'qdir» degan yozuv ham fikrimizning yorqin isbotidir.Aynan Temu rva temuriylar davrida o'zbek klassik adabiyoti shakllandi.       Amir Temur nafaqat Turon xalqining ozldligi uchun, shuningdek bugungi Afg'oniston, Eron, Iroq, Shom, Kavkaz orti xalqlari ozodligi va adolatli hayot kechirishi uchun ham kurashdi. Amir Temurning harbiy yurishlarida ikki maqsad ko'zlangan. Birinchidan: o'z mamlakati tevaragida xavfsizlik hududini tashkil etish. Chunki chingiziylar Amir Temur hokimiyatini tan olmagan va qulay fursat kelsa qaytarib olish maqsadida tez-tez hujum qilib turgan.
Ikkinchidan: qo'shni mamlakatlarda yo, zulm haddan ortiq ko'payib, xalq qiynalib qolsa, yoki xukmdorining boshqaruv qobiliyati past bo'lib mamlakatda boshbodoqlik, adolatsizlik, talonchilik kuchayib ketganda o'sha xalqning peshvolari Amir Temurga xat orqali murojaat etishgan va yurtda adolatni o'rnatib berishni iltimos qilishgan.Bu Amir Temur zimmasiga qo'yilgan va hayotining asosiy maqsadiga aylantirilgan «Kuch adolatda» shiori bilan bog'liq edi. Amir Temurga 1370 yilda Chig'atoy ulusi xukmdorligi topshirilayotganda unga «rosti rusti» ya'ni «Kuch adolatda» yozuvi tushirilgan muhr hamda tug' va nag'ora topshirilgan edi.Amir Temur ularni qabul qilayotganida Adolatni va Islomni himoya qilishga qasamyod qilgan edi.       Amir Temur va vorislari ko'plab madrasalar, masjidlar, xonaqohlar, saroylar, sardobalar, bozorlar, ko'priklar, yo'llar, kanallar, qal'alar kabi turli inshootlarni bunyod ettirganlar. U kishi faqat Turkistonda emas, balki qadami etgan  xorijiy yurtlarda ham obodonlik ishlarini olib borgan, sug'orish inshootlari qurdirgan. 
Amir Temurning davlat va qo'shin boshqaruvida mamlakatni obod qilish, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni tartibga solish bilan bog'liq masalalarni o'zining «Tuzuklari»da bayon etgan. Chunonchi shunday yozadi: “Yana amr etdimki, kimki biron sahroni obod qilsa, yoki koriz qursa, yo biron bog' ko'kartirsa yoxud, biror xarob bo'lib yotgan erni obod qilsa, birinchi yilda undan hech narsa olmasinlar, ikkinchi yili raiyat o'z roziligi bilan berganini olsinlar, uchinchi yili (esa soliq-soliq) qonun-qoidasiga muvofiq xiroj  yig'sinlar.
«Yana amr qildimiki, xirojni g'alladan olingan hosilga va erning unumdorligiga qarab yig'sinlar. Chunonchi, uzluksiz ravishda koriz, buloq va daryo suvi bilan sug'orilgan ekin erlarini hisobga olsinlar va unday  erlardan olingan hosil (uchdan) ikki hissasini raiyatga, (uchdan) bir er hissasini saltanat xazinasi uchun olsinlar. Bundan tashqari kuzgi, bahorgi, qishgi va yozgi dehqonchilikdan olingan hosil raiyatning o'ziga bo'lsin”.
 “Tuzuklar”da keltiriladiki: «Dehqonlar va raiyatdan qaysi birining dehqonchilik qilishga qurbi etmay qolgan bo'lsa, unga ekin-tikin uchun zarur urug' va asbob (mehnat quroli) tayyorlab berilsin. Agar fuqarodan birining uy-imorati buzilib, tuzatishga qurbi etmasa kerakli uskunalar bilan ta'minlansin va yordam berilsin».
Amir Temurning ushbu an'analarini biz bugun ham davom ettirmoqdamiz. Xususan fermerlarga erni o'zlashtirishda imkoniyat yaratish, imtiyozli kreditlar ajratish sara urug'lar etkazib berish, lizing asosida texnikalar etkazib berish Amir Temurning zamonaviy shakldagi ishlarining davomidir.
 Hozirgi paytda milliy madaniy merosimizni asrab avaylash, rivojlantirishda va yosh avlodni vatanparvarlik ruhida  tarbiyalash jarayonida Temuriylar davri tarixiy tajribasi nihoyatda qo'l  kelmoqda.
         Muhtaram Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoev uqtirganidek: “Bizning havas qilsa arziydigan buyuk tariximiz bor. Havas qilsa arziydigan ulug' ajdodlarimiz bor. Havas qilsa arziydigan beqiyos boyliklarimiz bor. Va ishonamanki, Xudo hohlasa, havas qilsa arziydigan buyuk kelajagimiz ham bo'ladi”. 


Matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing.

Bazaviy interaktiv xizmatlar

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 98 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Foydali resurslar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati
www.press-service.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati
www.senat.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi
www.parliament.gov.uz
   
O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali
www.gov.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)
www.ombudsman.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi
www.prokuratura.uz
   
 
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo'yicha davlat inspeksiyasi
http://gis.uz/

 

Mobil ilovalar

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family
Reset