wrapper

Yana ikki kundan so'ng, aniqrog'i 13 fevralda “Nasaf” jamoasi Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichining ilk uchrashuvini Eron poytaxtida “Persepolis”ga qarshi o'tkazadi.
“Persepolis” jamoamizning guruhdagi eng jiddiy raqiblaridan biridir. “Qizil armiya”, “qizillar”, “sherlar” laqablari bilan mashhur ushbu klub 1963 yilda tashkil etilgan. Uy uchrashuvlarini mamlakat poytaxtidagi mashhur “Ozodiy” stadionida o'tkazadi.


“Persepolis” shuningdek, Osiyo Chempionlar ligasida eng ko'p muxlis yig'ish bo'yicha ham etakchi klublardan biri hisoblanadi. Eronlik futbol ixlosmandlarining 61 foizi ushbu jamoaga muxlislik qiladi. Ayrim uy uchrashuvlarida jamoani qo'llab-quvvatlash uchun “Ozodiy”ga 100 mingga yaqin ishqiboz keladi. Odatda Eron terma jamoasining asosiy o'zagi ham aynan “qizil armiya” “askarlari” asosida shakllantiriladi.
Tehronliklar sovrinlarni yutish borasida ham shonli tarixga ega. Jamoa shu vaqtga qadar 10 karra mamlakat chempionligini qo'lga kiritgan, 9 karra kumush medalga sazovor bo'lgan va besh marotaba Eron kubogida zafar quchgan.
Xalqaro turnirda 1991 yili Osiyo kubok egalarining kubogini qo'lga kiritgan va yana bir marta ushbu musobaqa finalchisi bo'lgan. O'tgan yili esa OChLning yarim finaliga qadar etib borgandi.
Jamoaga ayni paytda xorvatiyalik mutaxassis Branko Ivankovich ustozlik qilmoqda.
“Qizil armiya” iqtisodiy tomondan ham juda katta imkoniyatlarga ega. Bugungi kunda klub qoshida ushbu nomdagi universitet faoliyat yuritmoqda. Unda talabalarga futbol va futzal murabbiyligi, fitnes, sport sharhi va o'yin sharhlovchisi kabi yo'nalishlarda ta'lim beriladi. Shuningdek, klubning shaxsiy telekanali ishga tushirilgan. Internet orqali tinglash mumkin bo'lgan radiodasturlari va eshittirishlari mavjud. Klub qoshida energetik ichimliklar ishlab chiqarish korxonasi, bir nechta restoran va boshqa xizmat ko'rsatish tarmoqlari faoliyat yuritadi.
“Persepolis” o'zbek futbol muxlislari uchun notanish jamoa emas.
Klublarimiz bilan turli musobaqalar doirasida bir necha marotaba bahslashgan. Jumladan, Osiyo Chempionlar ligasining 2015 yilgi mavsumida ushbu jamoa Toshkentning “Bunyodkor” klubi bilan guruhda ro'baro' kelgan edi. O'shanda dastlab Toshkentdan 0:1 hisobidagi g'alaba bilan qaytgan tehronliklar Eronda o'tkazilgan javob uchrashuvida ham 2:1 hisobida zafar quchishgan. Bu boradagi yana bir ma'lumot esa, “Paxtakor” klubi va O'zbekiston Milliy terma jamoasi darvozaboni Aleksandr Lobanov bilan bog'liq. Lobanov 2016 yilgi mavsumda 4 oy davomida “Persepolis” safida o'ynagan va Eron vise-chempioni bo'lib qaytgandi.
Aytib o'tish joiz, “Nasaf” Eron jamoalari bilan o'ynash borasida etarli tajribaga ega. Jumladan, OChLning 2015 yilgi mavsumida Ro'ziqul Berdiev shogirdlari Eronning yana bir nomdor klubi – “Traktorsoziy”ni har ikkala bahsda ham mag'lubiyatga uchratgan.

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 87 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Bosh sahifa

Qabul kunlari

Rahbariyatga murojaat etish

Rahbariyatga murojaat etish

Viloyat hokimligining umumiy bo'limiga murojjat etish (Yangi oynada ochiladi)

Mobil versiya

Mobil versiyaga o'tish

Bog'lanish

Ishonch telefon raqami 
0(371) 200-55-05 
Ishonch telefon raqami reglament
Yagona telefon raqami
0(375) 221-07-60 
Yagona telefon raqami reglamenti

Batafsil>>>

Biz bilan bog'lanish

Sahifa adressi

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family