wrapper

Joriy yilning 16-19 fevral kunlari Qarshi shahridagi “Geolog” sport majmuasida O'zbekiston futbol assosiasiyasi, viloyat hokimligi, viloyat futbol federasiyasi hamda boshqa mutasaddi tashkilotlar hamkorligida “Kelajagimiz umidlari” shiori ostida bolalar futbol festivali o'tkazildi.
– Bolajonlarni millionlar o'yini – futbolga qiziqtirish va ushbu sport turiga mehr uyg'otish maqsadida tashkil etilgan ushbu festival to'rt kun davom etdi, - deydi viloyat futbol federasiyasi vise-prezidenti Norqul Daminov. – Unda Qarshi va Shahrisabz shaharlari  va barcha tumanlardan 1-sinfdan 4-sinfgacha bo'lgan 400 nafar jajji o'quvchilar ishtirok etdi. Har bir sinf uchun alohida bir kun ajratildi, ya'ni festivalning birinchi kuni 100 nafar 1-sinf o'quvchilari qatnashgan bo'lsa, keyingi kunlarda o'tgan musobaqalarda  ikkinchi, uchinchi va to'rtinchi sinf o'quvchilari ishtirok etishdi.


Festival jajji bolakaylarning o'ziga xos beg'ubor va astoydil harakatlari bilan yanada maroqli o'tdi. Natija muhim o'rin tutmaydigan bunday uchrashuvlar bo'lg'usi futbol yulduzlarining o'zlariga ham zavqu shavq ulashdi.
– Musobaqadan juda katta taassurot oldim, – deydi Qarshi shahridagi 40-ixtisoslashtirilgan umumiy o'rta ta'lim maktabi o'quvchisi Asliddin Abraev. – Bugun astoydil o'ynab, o'zimni ko'rsatishga harakat qildim. Shuningdek, murabbiylar bizlarga mahorat darslari ham o'tishdi. Turli usullarni o'rgatishdi. O'z ustimda yanada ko'proq ishlab, kelgusida mahoratli futbolchi bo'lmoqchiman.
Tadbir yakunida ishtirokchilar tashkilotchilarning sertifikat va maxsus sovg'alari bilan taqdirlandi.
Eslatib o'tamiz, yurtimizda o'rta maktablarning boshlang'ich sinf o'quvchilari o'rtasidagi ushbu festival joriy yilning 18 yanvarida start olgan edi. Shu vaqtga qadar Qoraqalpog'iston Respublikasi hamda Xorazm, Andijon, Namangan, Farg'ona, Buxoro, Navoiy viloyatlarida o'tkazilgan festival yurtimiz bo'ylab davom etmoqda.

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 93 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Bosh sahifa

Qabul kunlari

Rahbariyatga murojaat etish

Rahbariyatga murojaat etish

Viloyat hokimligining umumiy bo'limiga murojjat etish (Yangi oynada ochiladi)

Mobil versiya

Mobil versiyaga o'tish

Bog'lanish

Ishonch telefon raqami 
0(371) 200-55-05 
Ishonch telefon raqami reglament
Yagona telefon raqami
0(375) 221-07-60 
Yagona telefon raqami reglamenti

Batafsil>>>

Biz bilan bog'lanish

Sahifa adressi

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family