Sahifani chop etish

Osiyo chempionlar ligasining 4-tur doirasidagi “Al Sadd” – “Nasaf” uchrashuvi oldidan,  12 mart dushanba kuni bir qator rasmiy tadbirlar bo'lib o'tadi.
Dastlab har ikkala klub rasmiylari ishtirokidagi o'tkaziladigan miting, Toshkent vaqti bilan soat 13:00da boshlanadi. Mitingda uchrashuvni tashkil etish bo'yicha tashkiliy masalalar qatori, jamoalar qanday liboslarda maydonga tushishiga aniqlik kiritiladi.
Vakillarimiz ishtirokidagi matbuot anjumani, 12 mart kuni Toshkent vaqti bilan soat  18:30da boshlanadi.
Mezbon jamoa vakillari ishtirokidagi matbuot anjumani esa, Toshkent vaqti bilan soat 19:00da boshlanadi.
Rasmiy tadbirlarning barchasi o'yin bo'ladigan, “Jassim Bin Hamad” stadionida tashkil etiladi.
Eslatib o'tamiz, “Al Sadd” – “Nasaf” uchrashuvi 13 mart kuni  Toshkent vaqti bilan soat 20:15da boshlanadi.