wrapper



    Andijonda 1999-2000-yillarda tug‘ilgan yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan mamlakat chempionatida viloyat terma jamoasi atletlari umumjamoa hisobida ikkinchi bo‘lishdi.

Chempionatning to‘siqlar osha 110, 440 va 3000 metr masofaga yugurish bahslarida Rahmon Itolmasov, Ishoq Bobosharipov, O‘g‘iloy Muzaffarova oltin medallarni qo‘lga kiritishdi.

10 ming metr masofaga sportcha yurish bo‘yicha o‘g‘il bolalar o‘rtasida o‘tgan musobaqalarda Azimjon Nomozov, qiz bolalar ishtirokidagi bellashuvlarda Mohichehra Meliqulovaga yetadigani topilmadi. Shuningdek, disk, yadro uloqtirishda terma jamoamiz a’zolari Nodir Meyliyev hamda Dilshod Tog‘ayev 3-o‘rinni band etishdi.

Qizg‘in o‘tgan estafetali yugurish, uzunlik, uch hatlab va balandlikka sakrash sinovlarida ham viloyatimiz sportchilari yuqori natijalarni ko‘rsatishdi.

Mamlakat chempionati bahslari yakunida faol ishtirokchilar aniqlandi va viloyatimiz terma jamoasi a’zolari Nozliya Ravshanova hamda Rahmon Itolmasov eng faol qatnashchi, deya e’tirof etildi.  

Ta’kidlash joizki, yengil atletika bo‘yicha bahslarda viloyatimiz sha’nini munosib himoya qilgan sportchilar - Ishoq Bobosharipov, Baxtiyor Nurmatov, Azimjon Nomozov va Mohichehra Meliqulova oliy o‘quv yurtiga kirish uchun imtiyozli yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 87 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family