wrapper

Maqom sanʼati – umumiy boyligimiz

Shahrisabz shahrida Xalqaro maqom sanʼati anjumani davom etmoqda. Unda dunyoning 73 davlatidan sanʼatshunos olimlar, mutaxassislar, xonanda va sozandalar, hukumat vakillari ishtirok etmoqda. OʻzA muxbiri ularning ayrimlari bilan suhbatlashdi.

 


 

1-Ozarbayjon.JPG

Abulfas GARAYEV, Ozarbayjon Respublikasi madaniyat vaziri:

– Avvalo, katta musiqiy anjumanning ochilishi yuksak darajada tashkil etilgani bilan tabriklamoqchiman. Oʻzbekiston bu kabi xalqaro musiqiy anjumanlar oʻtkazish boʻyicha yaxshi tajribaga ega mamlakat. Bu bayramning Amir Temur tugʻilgan yurtda oʻtkazilishi ham tarixiy, ham meʼmoriy, ham musiqiy merosni jipslashtirishda gʻoyat katta oʻrin tutadi. Shu jihatdan maqom anjumanini har tomonlama qiziqarli va xalqlar oʻrtasida madaniy muloqotni kengaytirishda juda foydali, deb hisoblayman.

Ozarbayjon delegatsiyasi anjumanda koʻp sonli vakillar bilan qatnashmoqda. Ular orasida musiqachilar, hayʼat aʼzolari, Ozarbayjon milliy mugʻom sanʼatini tanishtirish uchun olimlar tashrif buyurgan. Bizning mamlakatda mugʻom hayot tarziga aylangan. Usiz madaniyatimizni, tariximizni tasavvur qila olmaymiz. Mazkur anjuman maqom va bizning anʼanaviy hamda zamonaviy mugʻom yoʻnalishidagi yangiliklar haqida oʻzaro fikr almashish, xalqlarimiz oʻrtasidagimadaniy munosabatlarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Mugʻom mamlakatlarimizni doʻstlashtiruvchi, xalqlarimizni, madaniyatimiz va anʼanalarimizni birlashtiruvchi kuchdir.

Men Prezident Shavkat Mirziyoyevga ushbu yuksak darajadagi xalqaro anjumanni tashkil etish tashabbuskori boʻlgani va goʻzal Shahrisabzda bizning delegatsiyamizga koʻrsatilgan katta ehtirom uchun chuqur minnatdorlik bildiraman. Anjuman qatnashchilariga yangi ilmiy-ijodiy izlanishlar va goʻzal maqomning musiqaviy ifodasini topishlarida muvaffaqiyat tilayman.

 

 

 

2-Tojikiston.JPG

Shamsiddin OʻRUMBЕKZODA, Tojikiston Respublikasi madaniyat vaziri:

– Maqom sanʼati tojik xalqida ham eʼzozlanadi. Mamlakatimiz rahbari Emomali Rahmon, ayniqsa, bu sanʼatni juda qadrlaydi. Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakat hayotining barcha jabhalarida tub islohotlarni amalga oshirish jarayonida milliy madaniyat, sanʼat, xususan, maqom sanʼatini yanada rivojlantirish, xalqaro miqyosda keng targʻib etishga alohida eʼtibor qaratayotgani xorijlik sanʼatkorlar va mutaxassislarni ham xursand qilmoqda. Shahrisabzga kelib, maqom Oʻzbekistonda juda yuksak eʼzozlanishi, uning rivoji yoʻlida ulkan ishlar boshlangani va bu oʻz samaralarini koʻrsatayotganiga guvoh boʻldik.

Maqom – butun dunyoda eʼtirof etiladigan sanʼat. Shuning uchun ham YUNЕSKO uni nomoddiy madaniy meros roʻyxatiga kiritgan. Biz tadbir doirasida “Shashmaqom” va “Shashmaqom sharhi” nomli kitoblarni sovgʻa qildik. Kelajakda ushbu nufuzli anjuman butun dunyo miqyosida katta shuhrat qozonishiga tilakdoshmiz. Oʻzbekiston zaminida oʻtayotgan ushbu anjuman qancha koʻp rivojlansa, bizning xalqimiz ham shuncha xursand boʻladi. Chunki biz etu tirnoqmiz. Birimizning yutugʻimiz, ikkinchimizniki hamdir. Binobarin, maqom sanʼati umumiy milliy boyligimiz hisoblanadi.


Oʻlmas Barotov, Jamshid Norqobilov (surat) OʻzA

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 88 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Bosh sahifa

Qabul kunlari

Rahbariyatga murojaat etish

Rahbariyatga murojaat etish

Viloyat hokimligining umumiy bo'limiga murojjat etish (Yangi oynada ochiladi)

Mobil versiya

Mobil versiyaga o'tish

Bog'lanish

Ishonch telefon raqami 
0(371) 200-55-05 
Ishonch telefon raqami reglament
Yagona telefon raqami
0(375) 221-07-60 
Yagona telefon raqami reglamenti

Batafsil>>>

Biz bilan bog'lanish

Sahifa adressi

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family