wrapper

Qashqadaryo viloyati Kitob tumani "Qaynar" mahalla fuqarolar yig'ini hududidagi Jayrali qishlog'i Qo'rg'ontog' etagida joylashgan. Hududning so'lim tabiati va hayvonot dunyosi o'ziga xos. Bahor va yoz mavsumida bu erdan sayyohlarning qadami uzilmaydi.



Jayrali qishlog'ilik Sarvar Kenjaev ana shunday imkoniyatdan foydalanib hovlisining yarmini uy-mehmonxonaga aylantirgan.

Mehmonxona to'laligicha milliy an'analarimizga xos uslubda jihozlangan. Shinam xonalar o'zbek milliy kashtalari va so'zanalar bilan bezatilgan. Keng hovlida turli xil mevali daraxtlar o'stirilgan. Dam olish mavsumida ular pishib etiladi. Tog'ning musaffo havosida pishib etilgan bu kabi sarxil mevalarning ta'mi ham o'zgacha bo'ladi. Uyning qishloqdan oqib o'tuvchi Sovuq buloq daryosi bo'yida joylashgani sayyohlar uchun qulaylik yaratadi. Hovlining daryo tomonida bir nechta so'rilar qurilgan. Bundan tashqari, dam oluvchilarning o'zi xohlagan taomini tayyorlashi yoki buyurtma berishi uchun ham barcha imkoniyat mavjud. Endigina 30 yoshni qarshilagan Sarvar bu boradagi loyihani puxta ishlagan. Mehmonlar dam olish jarayonida toqqa sayohat uyushtirish uchun yo'l ko'rsatuvchi xizmatidan ham foydalanishi mumkin. Xullas, mazkur uy mehmonxonada miriqib xordiq chiqarish uchun barcha sharoit muhayyo.



– Ko'pdan buyon tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ulanishni ko'nglimga tugib yurardim. Lekin ishni nimadan boshlashni bilmayotgan edim, – deydi Sarvar Kenjaev. – Joriy yil O'zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko'maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo'mitasining Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi hamda O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi viloyat boshqarmasi hamkorligida tashkil etilgan “Tadbirkorlik faoliyati asoslari” yo'nalishi bo'yicha 24 soatlik qisqa muddatli o'quv kursini tamomladim. Bu o'ylab yurgan rejalarimni yanada boyitishga xizmat qildi. Qishlog'imizga dam olish mavsumida nafaqat viloyatimizning turli chekkalaridan balki Samarqand, Buxoro viloyatlaridan mehmonlar keladi. Ko'pchiligi bir necha kun turish uchun joy muammosidan qiynalishadi. Shu bois joriy yilning iyun oyida uy mehmonxonani tashkil qildik va oilaviy korxona sifatida ro'yxatdan o'tdik. Shu yilning o'zidayoq yuzlab mehmonlarni qabul qildik. Yaratilgan qulaylik va sharoitlardan ular juda mamnun. Hali bu ishimizning debochasi. Kelajakda faoliyatimizni yanada kengaytirishni maqsad qilganmiz. Qo'shimcha xonalarni ko'paytiramiz. Hozircha mehmonxonamizda bir navbatda 10 kishi dam olishi mumkin. Ayni paytda mehmonxonani yanada rivojlantirish uchun 27 million so'm kredit olmoqdamiz. Bu mablag' evaziga mehmonlar uchun qulaylik yaratuvchi maishiy texnikalar xarid qilamiz. Shunda bu erda yilning boshqa fasllarida ham dam olish imkoni yaratiladi. Sababi qish faslida ham tabiatimiz o'ziga xos qiyofa kasb etadi.

Darhaqiqat, Qo'rg'ontog'dagi ko'plab shifobaxsh buloqlar, uzoq moziydan darak berib turuvchi g'orlar, yoshi ming asrlarga teng azim chinorlar hududda ekoturizmni rivojlantirish uchun qulay imkoniyat yaratadi.

O'.Barotov, O'zA

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 141 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Bosh sahifa

Qabul kunlari

Rahbariyatga murojaat etish

Rahbariyatga murojaat etish

Viloyat hokimligining umumiy bo'limiga murojjat etish (Yangi oynada ochiladi)

Mobil versiya

Mobil versiyaga o'tish

Bog'lanish

Ishonch telefon raqami 
0(371) 200-55-05 
Ishonch telefon raqami reglament
Yagona telefon raqami
0(375) 221-07-60 
Yagona telefon raqami reglamenti

Batafsil>>>

Biz bilan bog'lanish

Sahifa adressi

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family