Xotin-qizlar qo'mitasi tashabbusi bilan tashkil etilgan tanlov asosida ayol-qizlarning kiyinish madaniyatini yuksaltirish, bejirim va nafis milliy liboslarni keng targ'ib etish, o'zligimiz va qadriyatlarimizga mos kiyimlarning betakror dizaynini qayta tiklash hamda zamonaviylikni uyg'unlashtirishga xizmat qilishi maqsad qilingan.
Unga 18 yoshdan yuqori, dizaynerlik qobiliyatiga ega hamda mazkur sohada kamida bir yillik tajribasi bo'lgan, turli soha vakillari faoliyatidan xabardor, yangi takliflari bo'lgan mutaxassislar jalb qilindi.
Ishtirokchilar 4 yo'nalish - "Ishbilarmon va etakchi ayol", "Talaba qiz", "Ijodkor ayol" hamda "Erkin mavzu" bo'yicha baholandi. Ularning 3 nafari tanlovning mamlakat bosqichiga yo'llanma oldi.
- Milliy va zamonaviy ko'rinishdagi liboslar yaratishga qiziqaman, - deydi Shahrisabz shahrilik Maftuna Qurbonova. - Bugungi kunda qizlar o'rtasida urfga aylanib borayotgan antiqa liboslar sabab, ba'zida milliyligimiz biroz unutilayotgandek tuyuladi. O'zligimizga xos liboslarga zarur me'yorlarni saqlagan holda zamonaviylik singdirilsa, haqiqiy nafosat va go'zallik namoyon bo'ladi.
Tanlov doirasida "Yilning eng yaxshi yosh dizayneri", "Eng yaxshi milliy yo'nalishdagi modeler-dizayner" nominasiyalari bo'yicha ham g'oliblar aniqlandi.
G'oliblar diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.
Shohista BOZOROVA
Sobir NARZIYEV olgan surat.
Qashqadaryogz.uz ma'lumotlari asosida
Qarshida "Nafosat - 2018" ko'rik-tanlovining viloyat bosqichi bo'lib o'tdi.
- Payshanba, Noy 29 2018
- Madaniyat
- Super User
- Shrift o'lchami