wrapper



Qarshi shahrida O'zbekiston yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan o'tkazilgan “Hokim va yoshlar” uchrashuvi doirasida viloyat hokimi Z.Sh.Ro'ziev yoshlar bilan shahar bo'ylab sayohat qildi. Bu haqda Ittifoqning viloyat Kengashi matbuot xizmati xabar berdi.


Hokim va viloyat yoshlari sayohatni O'rta Osiyoda alohida ahamiyatga ega bo'lgan Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy endokrinologiya tibbiyot markazidan boshlashdi. Ushbu tibbiyot markazi Yurtboshimiz Sh.M.Mirziyoev tashabbuslari bilan bunyod etilib, eng so'nggi rusumdagi uskunalar bilan jihozlangan.


Shuningdek, endigina o'z faoliyatini zamonaviy binoda ish boshlagan “Muruvvat” nogiron bolalar uchun internat uyi, Qarshi shahrining markaziy ko'chalari bo'ylab sayohat va yangidan barpo etilib, Davlatimiz rahbari tashrifi chog'ida ochilgan “Vatanparvarlar” bog'ida bo'lishdi.
- Davlatimiz rahbari 2018 yilning yanvar oyida Qashqadaryo viloyatiga tashrifi chog'ida Qarshi shahridagi Islom Karimov ko'chasida joylashgan “Bolalar” bog'i nomini “Vatanparvarlar” deb o'zgartirish, bu erda ana shu sharafli nomga uyg'un ruhda rekonstruksiya ishlarini amalga oshirish yuzasidan topshiriq bergan edi, - deydi viloyat hokimi. - Bog'ni barpo etishdan ko'zlangan maqad yoshlarda tariximiz va madaniyatimizdan g'ururlanish tuyg'usini kuchaytirish, Vatan ravnaqi yo'lida fidokorona kurashgan milliy qahramonlarimiz nomini abadiylashtirish, milliy armiyamiz qudrati va salohiyatiga bo'lgan ishonchni kuchaytirishdan iborat. 

Sayohat davomida yangi yopiq suzish havzasida viloyat hokimi va yoshlar ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.
Ahror Sodiqov.

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 93 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family