wrapper



Ma'lumki, joriy yil 6-13 oktyabr kunlari Indoneziyaning Jakarta shahrida bo'lib o'tgan III Paraosiyo o'yinlari mamlakatimiz sportchilarining ulkan muvaffaqiyati bilan esda qolgandi. Ushbu yirik musobaqada eng ko'p medal suzish sport turi bo'yicha jamg'arilgani ahamiyatli. Ularni qo'lga kiritishda viloyatimiz vakillari ham alohida jonbozlik ko'rsatishgandi. O'shanda mohir suzuvchilarimiz jami  10 ta oltin, 6 ta kumush, 3 ta bronza medalga ega chiqishgan.


Albatta, bu natijalarga erishishda yurtimizda soha rivojiga qaratilayotgan e'tibor ham muhim o'rin tutdi. Xususan, viloyatimiz markazida zamonaviy talablar asosida qad rostlagan yirik suv sporti majmuasi suzish ixlosmandlari uchun yanada keng qulaylik taqdim etdi.  Prezidentimiz  Qashqadaryoga tashifi davomida mazkur majmua bilan yaqindan tanishgan, bir guruh sportchi yoshlar bilan suhbatlashgan, sportning bu turida mamlakatimiz dong'ini dunyoga taratayotgan iqtidorli sportchilarni munosib rag'batlantirish lozimligini alohida ta'kidlagan edi.
Qarshi shahridagi  mazkur mahobatli sport inshootida viloyat hokimligi, viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi hamda viloyat suzish sporti federasiyasi tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbir ham xalqaro turnirlarda g'oliblikni qo'lga kiritgan yoshlar - Paraosiyo o'yinlari rekordchi va chempionlari Shohsanam Toshpo'latova va Fotima Amilovani taqdirlashga bag'ishlandi. Unga keng jamoatchilik vakillari, sportchilarning yaqinlari, sportsevar o'g'il-qizlar taklif etildi.
Mamlakatimizda aholining, ayniqsa, yoshlarning sport bilan muntazam shug'ullanishi uchun zarur sharoitlar yaratib berilgani yutuqlar salmog'i oshishiga, iqtidorli o'g'il-qizlar o'zini namoyon qilishiga imkon berayotgani ta'kidlandi. Misol tariqasida, oxirgi yillarda ushbu ikki sportchimiz - Shohsanam va Fotima qayd etgan olamshumul yutuqlar e'tirof qilindi.
Ularga Prezident sovg'asi - "Spark" avtomobillari topshirildi.
Tadbir konsert dasturi, undagi vohamiz estrada xonandalari chiqishlari bilan yanada shukuhli o'tdi.
Sobir NARZIYEV
Muallif olgan suratlar.

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 83 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family