wrapper



Tadbirkor xususiy bog‘cha faoliyatini shu tartib asosida tashkil qildi

Qarshi shahridagi Aralovul mahallasi hududida "Wunder children" (Bilimdon bolalar) nomli yangi xususiy maktabgacha ta’lim muassasasi ish boshladi.

 

 

Prezidentimizning maktabgacha ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, sohada xususiy sektor ulushini oshirish orqali o‘zaro halol raqobatni shakllantirish, xususiy bog‘cha tashkil etayotgan ishbilarmonlarga imkoniyat va imtiyozlar yaratib berish borasidagi tashabbuslaridan ruhlangan tadbirkor Xurshida Hakimova ana shu loyihani amalga oshirdi.

 

Binoga kirishingiz bilan tadbirkorning bu ishga astoydil yondashganini his etasiz. Beixtiyor kayfiyatingiz ko‘tarilib, havasingiz ortadi. Yana bolalik damlariga qaytish orzusi uyg‘onadi.

 

- Yaqindagina ish boshlaganimizga qaramay, tarbiyalanuvchilarimiz soni kundan-kunga oshib bormoqda, - deydi muassasa mudirasi Gulsara Vohidova. - Muassasamizda bir paytda 90 nafar bolaga ta’lim-tarbiya berishni maqsad qilganmiz. Badiiy gimnastika, sport to‘garaklari tashkil etayapmiz, shuningdek, ingliz, rus, koreys va xitoy tillaridan mashg‘ulotlar olib boramiz.

 

 Ahamiyatli jihati, tadbirkor ishni tashkil etishda ota-onalar uchun barcha qulayliklarni yaratishga e’tibor qaratgan. Bog‘cha aksariyat ota-onalarning ishda bo‘lish vaqtini inobatga olgan holda, ertalab soat yettidan kechki yettiga qadar, ya’ni 12 soat ishlaydi. Bundan tashqari, talab asosida 24 soatlik guruhga ham tarbiyalanuvchilarni qabul qilish imkoni yaratilgan.

 

Xususiy bog‘chada tadbirkor foyda olishni ko‘zlaydi va shu asosda eng avvalo ishni rivojlantirishni, mijozlar ishonchini qozonishni o‘ylaydi. Ta’lim va tarbiyani sifatli tashkil etishga, yangi imkoniyatlarni ishga solishga harakat qiladi. Bunga tadbirkor Xurshida Hakimova amalga oshirayotgan ishlar misolida yana bir bora amin bo‘ldik.

 

Sobir NARZIYEV

 

Muallif olgan suratlarda: muassasa faoliyatidan lavhalar.

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 139 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family