“Nasaf” futbolchisi osiyo chempionatining eng yaxshi o'yinchisi deb topildi
Xabaringiz bor, 9-27 yanvar kunlari Xitoyda olimpia terma jamoalari (U-23) o'rtasida Osiyo chempionati bo'lib o'tdi. Unda Ravshan Haydarov bosh murabbiyligidagi O'zbekiston U-23 terma jamoasi juda ishonchli o'yinlar namoyish etib, yakunda chempionlikka erishdi.
Yosh futbolchilarimizning tarixiy g'alabasi xalqimizga ulkan quvonch va shodlik baxsh etdi. Ularning qalbida faxr-iftixor tuyg'ularini jo'sh urdirib yubordi. Butun xalqimiz bu g'alabani katta hayajon va xursandchilik bilan qarshi oldi.
Davlat boshqaruvi akademiyasi tashabbusi bilan Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanidagi mahalla fuqarolari yig'ini faollari, xalq vakillari ishtirokida mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning tug'risida suhbat o'tkazildi.
2018 yil 6-7 yanvar kunlari O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi tashabbusi bilan Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanidagi Ravot, Navbahor, Mirmiron va Bunyodkor mahalla fuqarolari yig'ini faollari, xalq vakillari ishtirokida mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini chuqur anglash va keng aholi qatlamiga etkazish borasida suhbat o'tkazildi.
O'tkazilgan yig'ilishda tuman hokimligining nazorat tashkiliy guruhi mutaxassislari, “Mahalla” fondi tuman bo'linmasi raisi, mahalla raislari, mahalla fuqarolari yig'inidagi komissiyalar a'zolari, tumandagi musiqa maktabi rahbari va o'qituvchilari va nuroniylar, yoshlar va faollar ishtirok etdi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi tinglovchisi D.M. Narmatov tomonidan ishtirokchilarga 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishga doir Harakatlar strategiyasi, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi va Konstitusiyaning 25 yilligi munosabati bilan faollar yig'ilishidagi ma'ruzasida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida aholining turli tabaqa vakillari ongi va qalbiga ma'naviy-ma'rifiy g'oyalarni singdirish hamda hududlarda yot g'oyalarga qarshi ma'rifiy kurash olib borish bo'yicha targ'ibot-tashviqot ishlarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
O‘zbekistonda yurak regulyatori mexanizmlarini hisobiy tahlillash dasturi yaratildi
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ilmiy-innovatsion markazi mutaxassisi tomonidan yurak regulyatorini o‘rganish uchun hisobiy tahlillar o‘tkazishga mo‘ljallangan dastur yaratildi. Bu haqda Intellektual mulk agentligining rasmiy sayti xabar berdi.
Dastur majumasi yurak hujayralarida qo‘zg‘alish yuzaga kelishini va elektrik faollikning yurak qismlarida tarqalishini komp’yuterda modellashtirish imkonini beradi. Yurak faoliyatining regulyator mexanizmlarini ya’ni, turli rejimlari regulyatorikasini tekshirish bo‘yicha hisobiy tajribalar o‘tkazish kabi funksional imkoniyatlarga ega.
Muallif Zaynabhon Yusupovaga ushbu dastur uchun DGU 04799 raqamli guvohnoma berildi, deyiladi xabarda.
E’zoz topgan xalq ta’limi jonkuyari
Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanidagi 78-maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Nazokat Vohidova o‘z mehnati va kasbga fidoyiligi bilan elda e’zoz topgan xalq ta’limi jonkuyarlaridan.
Nazokat Vohidova har bir o‘quvchiga individual yondashadi, alohida e’tibor qaratadi. Ta’lim jarayonida yangi pedagogik tajriba va texnologiyalarni keng qo‘llashi, darsga puxta hozirlik ko‘rishi, interfaol usullardan unumli foydalanishi o‘qitish samaradorligini oshirmoqda. Ta’limdagi uzoq yillik samarali mehnati e’tirof etilib, 2011-yilda "Shuhrat" medali bilan taqdirlangan Nazokat opaga bu yil ham qutlug‘ keldi. U 2017-yil O‘qituvchi va murabbiylar kuni bayrami arafasida “O‘zbekiston Respublikasi xalq o‘qituvchisi” faxriy unvoni bilan taqdirlandi.
- Oldinga
- 1
- 2