wrapper

Super User

Super User

Olimpiya terma jamoasiga “Nasaf”dan 10 nafar futbolchi chaqirildi

Ma’lumki, futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi oldiga 2020-yili Yaponiyada bo‘lib o‘tadigan Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritish vazifasi qo‘yilgan.

Yaqinda bu vazifani amalga oshirish uchun jamoaga bosh murabbiy sifatida serbiyalik mashhur mutaxassis Lyubinko Drulovich chaqirilgan edi. Ayni paytda olimpiyachilarimiz ushbu mutaxassis qo‘l ostida yig‘ilgan va mashg‘ulotlar olib bormoqda.

Ahamiyatli tomoni, yig‘inga “Nasaf” jamoasidan biryo‘la 10 nafar futbolchi chaqirilgan. Bular Umidjon Ergashev, Mashhurjon Muhammadjonov, SHerzod Nasrullayev, Dilshod Saidov, Ilhom Alijonov, Sharof Muhitdinov, Islom Rashidxonov, Islom Kenjaboyev, Bobir Abduholiqov va Azizjon G‘aniyevdir.

Eslatib o‘tamiz, olimpiya terma jamoamiz 14-fevralga qadar Toshkentda mashg‘ulotlar olib boradi va 15-25- fevral kunlari tayyorgarlikni Ispaniyada davom ettiradi.

J.BOYMURODOV

Batafsil

Qamashida qurilajak zavod 20 million dollarga tushadi

Avval xabar berganimizdek, Ozarbayjonning yetakchi ishlab chiqaruvchilaridan biri - "Matanat A" kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiya Qamashi tumaniga kelgandi.

Investorlar hududdagi shart-sharoit, ishbilarmonlik muhiti, infratuzilma, xom ashyo bazasi bilan yaqindan tanishgan va zamonaviy qurilish materiallari ishlab chiqarishga qiziqish bildirgan.

Viloyat hokimligi kotibiyat mudiri Ulug‘bek Ernazarovning ma’lum qilishicha, ushbu tanishuvdan so‘ng chet ellik hamkorlar viloyatimizda biznes boshlashga jiddiy qaror qilishgan. Ahamiyatlisi, Ozarbayjon Respublikasi iqtisodiyot vazirining mamlakatimizga tashrifi doirasida "Matanat A" kompaniyasi rahbariyati va Qashqadaryo viloyati hokimligi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolangan. Marosimda viloyat hokimining o‘rinbosari Oybek Shagazatov qatnashgan.

Ta’kidlanishicha, mazkur firma taklif etgan istiqbolli loyiha qiymati 20 million AQSH dollariga baholangan. Uning doirasida Qamashi tumanida gipsokarton, quruq qurilish qorishmasi singari raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqaruvchi yirik quvvatni ishga tushirish belgilangan. Asosiysi, xom ashyo muammo bo‘lmaydi, chunki bu hududda qurilish materiallari tayyorlashda ishlatiladigan gipsning salmoqli zaxirasi mavjud.

M.SHUHRATOV

Batafsil

Maxsus taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi

Muborak tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan maxsus taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi. Unda huquq-tartibot organlarning jamoat tartibi va xavfsizlikni ta’minlashdagi mas’uliyatini kuchaytirish, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilishda, kutilmagan vaziyatlarda kuch va vositalar, zamonaviy boshqaruv usullarini qo‘llagan holda xavfni bartaraf etishda ichki ishlar organlarini yuqori tayyorgarlikka keltirishga asosiy e’tibor qaratildi.

 Viloyat IIBdan ma’lum qilishlaricha, hududda favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda shaxsiy tarkib tomonidan to‘g‘ri qaror qabul qilish hamda belgilangan vazifa va topshiriqlarni mahorat bilan bajarish, maxsus rejalarga asosan ishlarning puxta tashkillashtirilishi o‘quv mashg‘uloti davomida o‘rganilib, amalda sinovdan o‘tkazildi.

 Shartli ravishda garovga olingan shaxslarni ozod qilish, jinoyatchilarni zararsizlantirish va qo‘lga olish bo‘yicha soha xodimlari professional mahorat va jangovar shaylik darajasini namoyon etdi.

 N.XO‘JAYEV

Batafsil

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 118 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family