Welcome to Qashqadaryo viloyat hokimiyati   Click to listen highlighted text! Welcome to Qashqadaryo viloyat hokimiyati Powered By GSpeech

wrapper

Maxsus imkoniyatlar

Katta hajmdagi yuklarni tashish, fuqarolarga xavfsiz va sifatli transport xizmati ko'rsatishda temir yo'llar muhim ahamiyatga ega. Bugungi kunda mamlakatimizda yuklarning 70 foizi, yo'lovchilarning 60 foizdan ortig'i aynan ana shu po'lat izlar orqali tashilayotgani ham buning isbotidir.

Ta'kidlash joiz, mustaqillik yillarida barcha sohalarda bo'lgani kabi mamlakatimiz temir yo'l tizimida ham tub islohotlar amalga oshirildi. Buning natijasini birgina viloyatimiz misolida ham ko'rish mumkin. O'tgan davrda viloyatda ko'plab yangi temir yo'l liniyalari ishga tushirildi.  Xususan, "asr qurilishi" deya nom olgan "Toshguzar-Boysun-Qumqo'rg'on" temir yo'lining barpo etilishi tufayli Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatining eng chekka    tumanlariga temir izlar etib bordi. Dehqonobod tumaniga  temir yo'llarning kirib kelishi nafaqat ushbu hudud, balki   butun vohamiz iqtisodiy, ijtimoiy hayotida juda muhim o'rin egallagani sir emas.
Qolaversa, temir yo'l orqali xizmat ko'rsatish sifati va salohiyati ham tubdan yaxshilanib bormoqda. Tasavvur qiling, bundan bir necha yillar oldin Qarshidan Toshkentgacha  poezdda uch yarim soatda borish mumkinligiga kim ham ishonardi?! Zamonaviy "Afrosiyob" tezyurar poezdi ana shu ikki shahar orasidagi 511 kilometr masofani odatdagidan ikki baravar tezroq bosib o'tish imkonini bermoqda. Boshqa poezdlarda ham tezlik va yuk tashish imkoniyatlari keskin oshgan.
Bu xayrli ishlarda Qarshi lokomotiv deposi jamoasining ham katta hissasi bor. Depo "O'zbekiston temir yo'llari" davlat aksiyadorlik kompaniyasi tizimidagi yirik korxonalardan biri hisoblanadi. Hozirgi kunda korxonada 790 nafar kishi mehnat qilmoqda. Bu erda asosiy e'tibor ish unumini oshirish, zarur mehnat sharoitlarini ta'minlash va uni muntazam takomillashtirib borish, yo'lovchilar va tadbirkorlarga zamonaviy andazalar asosida xizmat ko'rsatishga qaratilgan.
- Tezlik, qulaylik va xavfsizlik mezonlari asosida xizmat ko'rsatish bosh maqsadimiz sanaladi, - deydi Qarshi lokomotiv deposi lokomotivlardan foydalanish bo'yicha boshliq o'rinbosari Sherzod Kamolov. - Bugungi kunda ana shu jihatlarga erishish uchun korxonamizda keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Eski teplovozlar bosqichma-bosqich qatnovdan olinib, ularning o'rni zamonaviy elektrovozlar bilan to'ldirilayapti. Hozirgi kunda Qarshi lokomotiv deposi tasarrufida harakatdagi 14 ta elektrovoz mavjud.
Eski turdagi teplovozlarning elektrovozlar bilan almashtirilishi eng avvalo resurs sarfi kamayib, ish unumdorligi ortishiga xizmat qilayapti. Misol uchun, avval bitta lokomotiv bilan o'rtacha 25 ta vagon olib o'tilgan bo'lsa, zamonaviy elektrovozlar uchun 45 ta vagon cho't emas. Yoki eski turdagi bitta lokomotivda 2 ming 200 tonnaga qadar yuk tortilgan bo'lsa, zamonaviy elektrovozda esa bu ko'rsatkich 3 ming 700 tonnani tashkil etmoqda. Shu birgina raqam misolida ham samaradorlik qay darajada oshganini bilish qiyin emas. Shunga qarab, xizmat narxi ham arzonlashayapti. Bu esa aholi, tadbirkorlar uchun ham ayni muddao bo'lmoqda. Bundan tashqari, elektrovozlar harakati ekologiyaga zarar etkazmasligi bilan ham ahamiyatga molik.
Shu jihatlarni hisobga olib, viloyatimizda ham yangi temir yo'l liniyalarini barpo etish bilan bir qatorda, mavjud yo'llarni elektrlashtirishga ustuvor e'tibor qaratilayapti va bu borada aniq ishlar amalga oshirilayapti. Joriy yilning iyun oyida "Qarshi - Darband" temir yo'li to'liq elektrlashtirilib, bu yo'nalishda ham elektrovozlar qatnovi yo'lga qo'yildi. Ushbu yo'nalish orqali hozirgi kunda sutkasiga 350-400 taga qadar vagon o'tkazilmoqda.
 Aytib o'tish o'rinliki, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev joriy yilning 24-25 fevral kunlari viloyatimizga tashrifi davomida qadim Shahrisabz shahriga sayohlar oqimini oshirish va yo'lovchilarga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida "Qarshi-Kitob temir yo'l uchastkasini elektrlashtirish hamda tezyurar poezd harakatini tashkil etish" loyihasini tayyorlash bo'yicha ham ko'rsatma bergan edi. Hozirda bu hududda elektrlashtirish ishlari jadal boshlab yuborilgan.
Loyihaga ko'ra, mazkur liniyaning umumiy uzunligi 124 kilometrni tashkil etadi. Yo'nalishda 3 ta vokzal, 8 ta stansiya, 46 ta ko'prik va 107 boshqa sun'iy inshootlar mavjud. 1 ta tortish elektrostansiyasini  va 94 kilometr masofada tutashtirish tarmog'i, tashqi elektr ta'minoti ob'ektlarini qurish belgilangan. Umumiy uzunligi 8 kilometr bo'lgan temir yo'llar ta'mirlanadi va yuqori tezlikda harakatlanuvchi poezdlar qatnovi uchun zarur shart-sharoitlar yaratiladi. Shuningdek, "Kitob" va "G'uzor" stansiyalarini tubdan ta'mirlash, temir yo'l atrofini panjaralar bilan o'rash, signallashtirish va telekommunikasiya tizimlarini modernizasiya qilish ko'zda tutilgan.
2017-2018 yillar oralig'ida amalga oshiriladigan mazkur loyiha Toshkent, Samarqand, Qarshi va Kitob yo'nalishida yagona turistik marshrut yaratish va xalqaro turizmni kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Poezdlar harakati vaqtini qisqartirish ortiqcha xarajatlarni tejash imkonini yaratish barobarida, vohadagi qadimiy yodgorliklarni kelib ko'rishga oshiqayotgan sayyohlar sonining keskin ortishiga zamin yaratadi. Ushbu yo'nalishda poezdlar soatiga 160 kilometr tezlikda harakatlanib, yo'lovchilarga Qarshidan Kitobgacha 50 daqiqada zamonaviy servis xizmatlaridan foydalangan holda etib borish imkonini beradi.
Elektrovozlar qatnovini yo'lga qo'yish bilan bir qatorda, ularning sozligini ta'minlash ham eng muhim vazifalardan biri sanaladi. Qarshi lokomotiv deposida bunga alohida e'tibor qaratilmoqda. Poezdlarga zamonaviy texnik xizmat ko'rsatish, ularni sifatli ko'rikdan o'tkazish maqsadida 2016 yilning may oyida elektrovozlarni ta'mirlash sexi ishga tushirildi. Barcha zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan sexda elektrovozlar qatnovga chiqish oldidan ko'rikdan o'tkaziladi.
- Bu erda har bir yo'nalish bo'yicha usta-muhandislar ishlaydi, - deydi avtomat chilangari Azamat Ibragimov. - Masalan, elektrovoz ko'rikka kelishi bilan kimdir elektr o'tkazgichlari, kimdir boshqa ulanmalarning yoki ehtiyot qismlarning sozligini sinovdan o'tkazadi. Har bir  mutaxassis o'ziga biriktirilgan  qismning bexato ishlashi uchun javob beradi. Zamonaviy sexning qurib foydalanishga topshirilishi ishimizni juda engillashtirdi. Nosoz qismlarni shu erning o'zida ta'mirlab, qayta ishga tushirish imkoniyati bor.
Ma'lumki, zamonaviy elektrovozlar avvalgi teplovozlardan nafaqat quvvati, tezyurarligi, balki boshqaruvning kompyuterlashgan tizimda amalga oshirilishi bilan ham farq qiladi. Shu bois Qarshi lokomotiv deposida zamonaviy texnologiyalar bilan bemalol ishlay oladigan mashinistlarni tayyorlash, ularning malakasini oshirish bo'yicha ham tizimli ishlar yo'lga qo'yilgan. Ayni vaqtda korxonada 50 nafar elektrovoz mashinisti va yana shuncha mashinist yordamchilari faoliyat yuritishmoqda.
- Mutaxassislarimizning barchasi O'zbekiston lokomotiv deposida o'qib, elektrovoz boshqarish sir-asrorlarini egallab qaytishgan, - deydi mashinist yo'riqchisi Yunus Toshtemirov. - Ularning ko'pchiligini yoshlar tashkil etadi. Korxonada yangi ish o'rinlari yaratish, shu asosda temir yo'l tizimi uchun kadrlar tayyorlovchi o'quv muassasalarini tamomlab kelgan yoshlarni ish bilan ta'minlash, "ustoz-shogird" an'analarini yo'lga qo'yib, ularning kasbiy mahoratlarini oshirishga ustuvor vazifa sifatida qaralmoqda.
Darhaqiqat, kadrlar tayyorlash, ishchi-xodimlarning ijtimoiy muhofazasini ta'minlashga qaratilgan ishlar o'z-o'zidan, mehnat samaradorligi oshishiga va erishilayotgan muvaffaqiyatlar yanada salmoqli bo'lishiga xizmat qilayapti. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 2 avgustdagi "O'zbekiston Respublikasi temir yo'l transporti xodimlari kunini nishonlash to'g'risida"gi farmoni esa sohada xizmat qilayotgan har bir temir yo'lchining faxr va iftixorini ulg'aytirdi. Farmonda 2017 yildan e'tiboran har yili yurtimizda avgust oyining birinchi yakshanbasini "O'zbekiston Respublikasi temir yo'l transporti xodimlari kuni" sifatida nishonlash belgilandi.
Albatta, bularning barchasi, eng avvalo, yurtimizdagi tinchlik, iqtisodiy barqarorlik, ulkan bunyodkorlik ishlarining yorqin ifodasidir. Barcha sohalarda bo'lganidek, temir yo'l tizimida amalga oshirilgan ulkan islohotlar ham bizning hech kimdan kam emasligimiz va kam bo'lmasligimizga komil ishonch uyg'otadi. Temir izlar bo'ylab harakatlanayotgan zamonaviy poezdlarimiz esa yurtimizning iqtisodiy qudrati, xalqimiz turmushi farovonligini yuksaltirishga xizmat qilaveradi.

seshanba, 01 Avgust 2017 00:00

O'zligimiz dalili

Avtor

Abul Muin an-Nasafiy ziyoratgohi fusunkor qiyofa kasb etadiIslom tarixi bo'yicha atoqli olim Ubaydulla Uvatovning yozishicha, “Tabsirat-ul adilla”da Nasafiy yashagan davrda ham qisman mavjud bo'lgan mu'tazila oqimining xato qarashlariga dalillar bilan isbotlangan raddiyalar keltiriladi. Shuningdek, asarda o'sha paytda tarqalgan turli-tuman firqalar va toifalar hamda g'ayriislomiy guruhlarga ham asosli javoblar beriladi.
Shu nuqtai nazardan olib qaraganda, bugun yoshlarni turli diniy oqimlarning buzg'unchi g'oyalaridan asrash, ularda mafkuraviy immunitetni shakllantirishda Abul Muin an-Nasafiyning ilmiy-ma'naviy merosi muhim ahamiyat kasb etadi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan ulug' alloma Abul Muin an-Nasafiy abadiy qo'nim topgan maskanni obod qilish, u zotning ilmiy merosini chuqur tadqiq etish borasida keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Bugun Qarshi tumanidagi Qovchin qishlog'ida joylashgan ziyoratgohni tom ma'noda aqida ilmi maktabiga aylantirish bo'yicha qizg'in ishlar davom etmoqda. Loyihada ziyoratchilarga barcha qulayliklarni yaratishga alohida e'tibor qaratilgan. Shu maqsadda ziyoratgohga kiraverishda avtoturargoh, choyxona, novvoyxona, qassobxona, do'konlar barpo etiladi. Majmuada tahoratxona, to'rtta supali ayvon, ikkita ayvon va yana ko'plab yordamchi binolar quriladi. Hozirda mavjud bo'lgan 8x8 metr o'lchamdagi masjid yonida 24x15 metr o'lchamli yana bir masjid qad rostlaydi.
Ma'lumki, X-XII asrlarda nafaqat Movarounnahrda, balki butun Sharqda “Nasafiy” nisbasi ancha   mashhur bo'lgan. Bu davrda fiqh, hadis, tafsir va aqoid ilmi rivojlangan. XV asrda Nasafiy allomalar turkiy tilda islom dini ahkomlari va boshqa ijtimoiy sohalarga oid asarlar yoza boshlagan. Amir Temur va temuriylar davrida Nasafda ilm-fan, madaniyat va san'at yanada rivojlangan. Umuman, bu erda o'z sohasining yuzlab zukko bilimdonlari kamol topgan. Ziyoratgohda Nasafiy allomalar muzeyini bunyod etish ko'zda tutilmoqdaki, bu muzey ularning boy madaniy merosini o'rganishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Loyihaga ko'ra, Abul Muin an-Nasafiy ziyoratgohida 8x8 metr o'lchamda kutubxona barpo etilishi mo'ljallanmoqda. Barpo etilajak bu kutubxona aqllarni o'tkirlaydigan, zehnlarni charxlaydigan, tafakkurni yuksaltiradigan, ulug' allomalarning yangidan-yangi avlodlarini etishtirishga xizmat qiladigan ma'rifat maskani bo'lishi shubhasiz.
Bu ziyoratgohda buyuk allomaning maqbarasi joylashgani, Xitoy ipak qog'oziga bitilgan Qur'oni karim qo'lyozmasi mavjudligi, mazkur majmuada duxtarxona, ya'ni xotin-qizlar madrasasi bo'lgani kabi dalillar qadamjoni mazmunan boyitadi va ziyorat istovchilar sonining oshishiga xizmat qiladi. Ziyoratgohda qurilish va restavrasiya ishlari olib borilishi natijasida uni fusunkor va betakror go'shaga aylantirish ko'zda tutilmoqda. U o'zligimizga, ajdodlarimiz aql-idrokiga dalolat bo'ladi.



yakshanba, 13 Avgust 2017 00:00

Katya Konopleva - yangi uy sohibasi

Avtor

Shu vaqtga qadar Qarshi shahridagi "Muruvvat" uyida yashab kelgan Katya Konopleva va uning ota-onasiga Prezident sovg'asi - Gulshan mahallasi hududida qurilgan ko'p qavatli uyning xonadonlaridan biri topshirildi.
Shu munosabat bilan o'tkazilgan tadbirda Prezident Davlat maslahatchisi Tursinxan Xudaybergenov, viloyat hokimi Zafar Ro'ziev hamda keng jamoatchilik vakillari qatnashdi.
Ta'kidlanganidek, yurtimizda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo'llab-quvvatlash, ularning turmush sharoitini yaxshilash, bandligini ta'minlashga alohida e'tibor qaratilmoqda. Buning isboti o'laroq shuni aytish mumkinki, viloyatimizda nogiron va mehnatga layoqatlilik darajasi cheklangan 85 nafar xotin-qizga zamonaviy tikuv mashinalari berildi va natijada ular daromad keltiruvchi faoliyat bilan shug'ullanish imkoniyatiga ega bo'ldi.
Shu jumladan, viloyatimizda yashovchi 45 nafar uy-joyga ehtiyojmand, nogiron va imkoniyati cheklangan fuqaroga namunaviy loyihadagi arzon turar joy xarid qilish uchun boshlang'ich badal davlat tomonidan to'lab berilganligiga oid sertifikatlar taqdim etildi. 30 nafardan ziyod chin etimlar uy bilan ta'minlandi.

Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi sessiyasi bo'lib o'tdi. Uni viloyat hokimi Zafar Ro'ziev boshqarib bordi.
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zolari, deputatlar, siyosiy partiyalar vakillari, davlat hokimiyati va boshqaruvi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar mas'ul xodimlari, keng jamoatchilik ishtirokida o'tgan tadbirda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning joriy yil 12 iyulda Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalar, O'zbekiston ekologik harakati, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari faoliyatining tahlili hamda istiqboldagi vazifalariga bag'ishlangan videoselektor yig'ilishidagi “Parlamentimiz haqiqiy demokratiya maktabiga aylanishi, islohotlarning tashabbuskori va asosiy ijrochisi bo'lishi kerak” deb nomlangan ma'ruzasi atroflicha muhokama etildi.
Dastlab tadbir ishtirokchilari e'tiboriga mazkur videoselektor lavhalari aks etgan ko'rsatuv namoyish etildi.
Sessiyada ta'kidlanganidek, Prezidentimiz ma'ruzasida belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirish uchun xalq deputatlari viloyat Kengashining doimiy komissiyalari o'z ish rejalarini qayta ko'rib chiqishi, mazkur komissiyalar huzurida faol, yosh olim, ekspert va mutaxassislardan iborat tarkibda ekspertlar guruhlari tuzilishi va ular barcha jarayonlarga keng jalb etilishi, “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to'g'risida”gi Qonun bilan kafolatlangan deputatlik nazoratidan samarali foydalangan holda nazorat-tahlil tadbirlari ko'proq, ayniqsa, chekka hududlarda aholi bilan muloqot o'tkazish yo'li bilan amalga oshirilishini ta'minlash darkor.
Shundan kelib chiqqan holda xalq deputatlari viloyat Kengashidagi deputatlik guruhlariga hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida o'z siyosiy partiyalari dasturidan kelib chiqqan holda aniq taklif va tashabbuslar ishlab chiqish, davlat boshqaruvi organlari hududiy tuzilmalari, mahalliy ijro hokimiyati organlari faoliyati ustidan tizimli, ta'sirchan nazoratni yo'lga qo'yish, saylovoldi dasturini ro'yobga chiqarish va elektorat manfaatlarini himoya qilish bo'yicha ishlar haqida muntazam ravishda ommaviy axborot vositalari orqali axborot berib borish tavsiya etildi.
Ayni paytda siyosiy partiyalar hududiy kengashlariga “Yoshlar qanoti” faoliyatini tubdan kuchaytirish, ayniqsa, uyushmagan yoshlar bilan ishlash, partiya xodimlari, mahalliy Kengashlar deputatlarini o'qitish, ularning bilim va ko'nikmalarini tizimli ravishda oshirib borish bo'yicha taklif-mulohazalar bildirildi.
Sessiyada, shuningdek, kun tartibidagi navbatdagi masalalar – viloyatda 2017 yilning o'tgan davri davomida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash holati, “Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida”gi Qonunning viloyatdagi ijrosi bo'yicha viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha o'rinbosari Dolli Allaevning axboroti tinglandi.
Qayd etildiki, murojaatlar bilan ishlashning yangi va samarali tizimi sifatida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi va virtual qabulxonasi tashkil etilgani murojaatlarni o'z muddatida va xolisona ko'rib chiqishni tubdan yaxshilab, rahbar-xodimlar mas'uliyatini oshirishga xizmat qilmoqda. Biroq fuqarolar qabuli va yozma murojaatlar bilan ishlashni talab darajasida tashkil etmagan, murojaatlarni belgilangan muddatda ko'rib chiqishga panja orasidan qarayotganlar ham yo'q emas.
Har murojaat ortida tirik jon turarkan, murojaatlarning tahliliy ko'rsatkichi joylardagi ahvolning yorqin ko'zgusi ekan, bu borada e'tiborsiz bo'lish yoki mas'uliyatni unutish yaramaydi. Bunday kamchiliklarga yo'l qo'ygan G'uzor, Chiroqchi, Mirishkor va Qarshi shahri hokimliklari mutasaddilari ana shu haqiqatni esda tutishlari lozim.
Yoshlar siyosati esa doimiy e'tibordagi masala. “Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida”gi Qonun ijrosini ta'minlash maqsadida ishlab chiqilgan 8 yo'nalish, 87 banddan iborat Qashqadaryo viloyatida 2017 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo'shimcha chora-tadbirlar dasturini amalga oshirishda deputatlar, partiya guruhlari tegishli organ va muassasalar rahbarlariga yaqindan yordam berishsa, uzviy hamkorlik ta'minlansa, kutilgan natijalarga erishish mumkin.
Tadbir savol-javob, bahs-munozaralarga boy ruhda o'tdi. Kun tartibidagi masalalar bo'yicha deputatlar so'zga chiqib, o'z fikrlarini bayon etishdi. Muhokama etilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Payshanba, 06 Iyul 2017 00:00

Sud raislarining axborotlari tinglandi

Avtor

Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi sessiyasi bo'lib o'tdi. Uni viloyat hokimi Zafar Ro'ziev boshqarib bordi.
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zolari, deputatlar, davlat hokimiyati va boshqaruvi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, keng jamoatchilik vakillari ishtirokida o'tgan tadbirda jinoyat, fuqarolik, iqtisodiy hamda ma'muriy ishlar bo'yicha viloyat sudlari raislarining axborotlari tinglandi.
Ma'lumki, joriy yil 13 iyun kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev rahbarligida sud organlari tizimida odil sudlovni ta'minlash borasidagi ishlarning ahvoli, muammolar va kelgusidagi vazifalar muhokamasiga bag'ishlangan selektor yig'ilishi bo'lib o'tgan edi.
Yig'ilishda Prezidentimiz tomonidan o'tgan davr mobaynida sud hokimiyati nufuzini oshirish, uni o'tmishdagi jazolovchi organdan inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qiluvchi chinakam mustaqil institutga aylantirish borasidagi keng qamrovli ishlar amalga oshirilgani alohida ta'kidlab o'tilishi bilan bir qatorda, sud tizimida mavjud muammo va kamchiliklar, ayrim hollarda adolatsiz qarorlar qabul qilish, suiiste'molchiliklar, fuqarolarning murojaatlarini ko'rib chiqishda sansalorlik va befarq munosabatda bo'lish kabi noxush holatlar hamon davom etayotganligi keng ko'lamli islohotlar samarasiga salbiy ta'sir ko'rsatayotgani qattiq tanqid qilindi.
Sudyalar faoliyatiga haqiqiy baho berish maqsadida ularning o'z faoliyati yuzasidan xalq deputatlari mahalliy Kengashlarida axborot berishi bilan bog'liq amaliyotni yo'lga qo'yish tizimda yangi bosqichni boshlab berishi shubhasiz.
Shunga muvofiq sessiyada jinoyat ishlari bo'yicha viloyat sudi raisi Abduqayum Mahkamov, fuqarolik ishlari bo'yicha viloyat sudi raisi Olimjon Meliev, iqtisodiy ishlar bo'yicha viloyat sudi raisi G'ayrat Igamov, ma'muriy ishlar bo'yicha viloyat sudi raisi vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Qilichovning amalga oshirilgan ishlar to'g'risidagi axborotlari tinglandi.
Mazkur axborotlardan kelib chiqqan holda, sessiyada, xalq bilan yaqindan muloqot qilish, aholining huquqiy savodxonligini yuksaltirishda ommaviy axborot vositalari imkoniyatlaridan unumli foydalanish, sayyor qabullar orqali fuqarolarni qiynayotgan turli muammo va ko'ngilsizliklarning oldini olish, joylarda o'tkazilayotgan qabullar va sayyor sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish zarurligi ta'kidlandi. Bunda, albatta, deputatlar va keng jamoatchilik faolligi birlamchi ahamiyat kasb etadi.
Sessiya ishida O'zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi raisi Ma'rufjon Usmonov ishtirok etdi va o'z fikr-mulohazalarini bayon qildi.
Kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.




Inson dunyoga baxtli yashash uchun keladi. Bu saodatga tinch, xotirjam, osoyishta hayot orqali erishish mumkin. Zero, inson baxti va iqboli uchun zarur moddiy va ma'naviy ne'matlarning asosi tinchlikdir. Yurti tinch, ko'ngli  xotirjam xalqqa to'y  va tantanalar  yarashadi. Xalqimiz bu oliy ne'matni ulug'lab kelishining, duoga qo'l ochganda, avvalo, Yaratgandan el-yurtga tinchlik va osoyishtalik, farovonlik va obodlik tilashining sababi ham shunda.

Istiqlol haqida gapirganimizda, beixtiyor har birimizning ko'z o'ngimizda yaqin 26 yil ichida bosib o'tgan shonli yo'limiz gavdalanadi. Tarixan qisqa, ammo, o'ziga xos murakkabliklar bilan kechgan bu davrga baho berayotganimizda dilimizda, ulug', ya'ni, mustaqilligimizdan faxrlanish tuyg'usi jo'sh uradi.
Shuni yaxshi bilamizki, mustaqillik hech qaysi bir xalq, hech qaysi millat tarixida osonlik bilan qo'lga kiritilmagan. Buning uchun insonlar qanchadan-qancha to'siqlar, g'ovlar, qarama-qarshiliklarni engib o'tishmagan deysiz.
Birinchi Prezidentimiz 1991 yilning 31 avgustida respublikamizning, Vatanimiz mustaqilligini e'lon qilganlarida barchamizning hayajon va quvonchdan qalbimiz jo'sh urgandi.
Bugun o'sha tahlikali istiqlolning ilk yillari haqida O'zbekiston xalqi uchun o'ta tahlikali yillar haqida gap ketganda, keksa avlod vakillari mamlakatimizda oziq-ovqat mahsulotlari etishmasligi oqibatida yuzaga kelgan murakkab vaziyatni ko'p bora eslashadi. «Go'sht, yog'ni-ku qo'ya turaylik, dasturxonimizdan xatto non ham tortilib qolgandi. Ertaga hayotimiz nima bo'ladi, yana ocharchilik azoblarini boshimizdan kechiramizmi» deya xavotir-langanliklarini aytishadi.
Sobiq mustabid tuzumning butun bir davlatlar, xalqlar, millatlarni qaramlikda, tobe'likda ushlab turish uchun olib borgan siyosati respub-likamiz iqtisodiyotini umuman izdan chiqargandi. Bir yilda o'rtacha 5 million tonnadan oshirib paxta etish-tiradigan xalqimizning qora qozoni zo'rg'a qaynar, topgani arang ro'zg'or tebratishga etardi. Mamlakat aholisi ehtiyoji uchun o'ta zarur bo'lgan barcha sanoat, oziq-ovqat mahsulotlari, gugurtdan tortib hatto tuzgacha chetdan keltirilardi.  25 millionga yaqin aholisiyu, er osti, er usti boyligi zahiralari mo'l bo'lgan mamlakatda oziq-ovqat taqchilligining yuzaga kelishini qanday izohlash mumkin?
Serhosil erlarimiz, suvimiz bo'la turib, donga zoriqqanimizni bugun yoshlarimizga aytsang, rosti ishonishmaydi.
Yana uyalmay-netmay, sobiq markaz mamlakatimizni mo'telikda, qaramlikda ayblab kelishganiga, «bu xalq o'zini o'zi boqa olmaydi, o'zini o'zi idora etolmaydi» deyishganiga nima deysiz?
Mana shunday murakkab, qolaversa, tahlikali bir davrda O'zbekiston Respublikasining   Birinchi Prezidenti mamlakatimizdagi vaziyatni chuqur tahlil etib, har qanday xavf-xataru, tashqaridan bo'ladigan salbiy ta'sirlarni e'tiborga olib, respublikamizni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirish borasida muhim dasturlar qabul qildi. Bu islohotlarni amalga oshirishda birovlarning chetdan ko'rsatadigan yordamigsha emas, balki xalqimizning kuchi va irodasiga tayandi. Keyinchalik bu rivojlantirish yo'li «o'zbek modeli» deb nomlanib, uni dunyo tan oldi.
O'zbekiston qisqa davr ichida oziq-ovqat havsizligi dasturi asosida mamlakatda muhim islohotlarni amalga oshirdi. O'tgan 26 yil ichida respublikamizda oziq-ovqat mahsulotini ishlab chiarish hajmi 2 barobardan ortib, mamlakatimiz bu mahsulotlarni eksport qiluvchi davlatlar qatoridan joy oldik. Bugun birgina g'alla mustaqilligiga erishish yo'lida olib borilgan islohotlarning salmog'ini hech narsa bilan qiyoslab bo'lmaydi.
Mamlakatimizda og'ir sanoat, mashinasozlik, engil sanoat tarmoqlari jadal rivojlandi. Ayniqsa, gaz, neftni qayta ishlash, tizimda bunyod etilgan zamonaviy sanoat korxonalarimiz respublika iqtisodiyotining yuksalishiga olib keldi. Birgina Qashqadaryo viloyatidagi «Muborakgaz», «Sho'rnan gaz» konlari hamda «Sho'rtangazkimyo» majmualariga eng so'nggi texnologiyalari kiritilib, bu korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish hajmi va sifati keskin oshdi. Yoki bo'lmasa, Dehqonoboddagi «Kaliy o'g'itlari» zavodida ishlab chiqarilayotgan qishloq xo'jaligi uchun g'oyatda muhim bo'lgan mineral o'g'itlarning asosiy qismi eksportga yo'naltirilayapti.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevralda “O'zbe-kiston Respubli-kasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strate-giyasi to'g'risida”gi Farmoni qabul qilinib, unga ko'ra 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 5 stuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi Dasturi tasdiqlandi. Bu esa jahonda tahlikali vaziyat hukm surayotgan bir davrda respublikamizni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirish bo'yicha yangi davrni boshlab berdi.
Xalqimizda maslahatli to'y tarqamas degan yaxshi bir ibora bor. Prezidentimiz har bir masalani xalq bilan kelishgan holda belgilash, amalga oshirish vazifasini oldimizga ko'ndalang qilib qo'ydi. Bugun respublikamizda qabul qilinayotgan har bir qaror, farmon, muhim xujjatlar zamirida aholining xohish-irodasi va manfaati yotganligi hech birimizga sir emas. Ayniqsa, 2017 – Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida aholi bilan muloqotlar ko'lami shu qadar o'sayaptiki, bu fuqarolarimizning jamiyat hayotidagi ishtiroki va tashabbuskorligi oshishiga olib kelayapti. 
Mustaqillikning dastlabki yillaridan yoshlarga oid Davlat siyosati to'g'risidagi qonun qabul qilingan edi. 2017 yilda respublikamiz Prezidentining tashabbusi bilan ushbu qonun batamom yangi tahrirda qabul qilindi. Unda yoshlarimizni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan qo'llab-quvatlash, barcha sohalardagi iqtidor va qobiliyatlarini yuzaga chiqarish, ularni yod g'oyalardan asrash, yoshlardagi tashabbuslarni qo'llab-quvatlash masalalariga katta e'tibor qaratildi.
Joriy yilning fevral oyida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning Qashqadaryo viloyatiga qilgan tashriflari chog'ida vohamizni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirish borasida 2017-2021 yillarga mo'ljallangan muhim ustuvor vazifalarni belgilab berdilar. Bunda esa aynan biz yuqorida keltirib o'tgan yirik ishlab chiqarish korxonalarimiz faoliyatiga yanada zamonaviy texnologiyalarni olib kirish, vohada qishloq xo'jaligi, chorvachilik, meva-uzumchilik mahsulotlarini qayta ishlash korxo-nalarini tashkil etish nazarda tutilgan. Bunga misol tariqasida Prezidentimizning shaxsan takliflariga asosan, Shahrisabzda quri-lishi jadal olib borilayotgan «Shahrisabz logistika markazi»ni aytib o'tishimiz mumkin. 2017 yilda ishga tushirilishi mo'ljallanayotgan ushbu logistika markazida 5 ming 350 tonna sig'imli sovutadigan va muzlatadigan omborxona, 1 ming tonna meva sabsavotlarni quritish, 2 ming tonna dukkakli (mosh, loviya, no'xat, eryong'oq) mahsulotlarini saralash lineyasi Turkiyadan olib kelib o'rnatiladi. Natijada ushbu Logistika markazi ishga tushgach, tumanimizdagi bir ming nafardan ziyod  fuqarolarning bandligi ta'minlanadi.
Yana shuningdek, ushbu korxona kuchi bilan tumanimizda 88 gektar maydonda tomchilatib sug'orish tizimi asosida intensiv bog' barpo etiladi. Za-monaviy uskunalar bilan jixozlangan issiqxonalarda esa yiliga 6 ming tonna mahsulot etishtiriladi.
Logistika markazida bir yilda 26 ming tonnadan ziyod meva-uzum, olxo'ri, urik, sabzavod poliz mahsulotlari qurutilib, qayta ishlanib, maxsus qutilarda qadoqlanib, YEvropa, MDH mamlakatlari, Xitoy, Hindiston va Janubiy Korea kabi davlatlarga eksport qilinadi. Buning hisobiga esa yilida Shahrisabzda 80 milliard so'm atrofida daromad olish imkoniyati yaratiladi.    
2014-2016 yillar Qashqadaryo viloyatining Qarshi va Shahrisabz shaharlari tarixida o'ziga xos bunyodkorlik davri bo'ldi desak, bunga hech kim e'tiroz bildirolmaydi. Mana shu qisqa davr ichida Qarshi va Shahrisabz shahri markazlari tanib bo'lmas darajada o'zgardi. Qarshida Sohibqiron Amir Temur ko'prigi atrofida zamonaviy suv havzasi qurildi, katta yo'l atrofida esa ko'p qavatli ko'rkam binolar bunyod etildi.
Bugun Shahrisabzni mamlakatimizdagi «shaharlarning kelinchagi» desak to'g'riroq bo'ladi. Shahar markazidagi Amir Temur hiyoboni qadimiylik va zamonaviylik asosida qayta rekonstruksiya qilindi. Bu erda o'nlab fusunkor favvoralar yaratildi. Hiyobon va uning atrofiga Gollandiyadan juda katta valyuta hisobiga iqlim sharoitiga mos bo'lgan noyob daraxt, gul ko'chatlari olib kelinib, o'tkazildi. Eski va yangi shahar hududida esa ko'rkam ko'p qavatli turar-joy, ma'muriy binolar, zamonaviy savdo, umumiy ovqatlanish, xizmat ko'rsatish shahobchalari bunyod etildi. Bu erda Sohibqiron Amir Temur va temuriylar davrida qo'rilgan «Oqsaroy», «Dorus-saodat», «Dorut tilovat» majmualari, «Chubin», «Koba» madrasalari, «Chorsu» me'moriy obidalariga usta hunarmandlarimizning mahoratlari ila ikkinchi hayot ato etildi. Mana shu ishlarga davlat byudjetidan 1 trilion so'mdan ko'proq mablag' sarflandi. Hozirda ham Shahrisabzda qurilish va obodonchilik ishlari Bosh reja asosida davom ettirilmoqda.
Shuni yaxshi bilamizki, turizm dunyoda eng ko'p daromad keltiruvchi, biroq raqobati o'ta kuchli soha sanaladi. Bu borada Shahrisabzda muhim infratuzilmalar bunyod etildi. Yaqin-yaqingacha bu qadimiy shaharning turizm sohasidagi imkoniyatlari to'liq yuzaga chiqmay kelayotgandi. Yuqorida aytganimizdek, Shahrisabzda amalga oshirilgan qayta qurish, rekonstruksiya qilish ishlari jarayonida turizm sohasida muhim infratuzilmalar bunyod etildi. Natijada birgina o'tgan 2016 yilda 11 ming 130 dan ziyod xorijiy sayyohlar qadim Keshga tashrif buyurgan bo'lsa, joriy yilning 6 oyida bu ko'rsatkich 8 mingdan oshgan. Mahalliy sayyohlar soni esa 2,5 barobarga ko'paygan.
Prezidentimizning tashabbusi bilan 2017 yilda respublikamizda kam ta'minlangan yosh oilalarni arzon va qulay namunaviy uy-joylar bilan ta'minlash bo'yicha alohida Davlat dasturi qabul qilindi. Shahrisabz tumanining Keldihayot qishlog'i hududida ko'rkam bir shaharcha 150 oilaga mo'ljallangan namunaviy turar joylar jadal sur'atlar bilan qad rostlayapti. Barcha qulayliklarga ega bo'lgan uy-joylar mustaqilligimiz-ning yigirma olti yillik to'yi arafasida foydalanishga topshiriladi. 
Hozir dunyo tez sur'atlar bilan o'zgarib borayapti. Jahon bozorlarida noaniqlik, beqarorlik va inqiroz davom etayapti. Mana shunday murak-kab bir davrda oddiy fuqa-rodan tortib, barcha bo'g'indagi rahbarlar yurtimiz taqdiri va taraqqiyoti uchun o'zini mas'ul deb bilib, ishda eskicha qarashlar, yondashuvlardan voz kechishlari talab etilayapti.
Mustaqillik – bu bizning erkimiz, ozodligimiz, tinch va farovon hayotimiz-ning asosi sanaladi. Bu ne'matni asrab-vaylash esa har birimizning shu Vatan oldidagi muqaddas burchimizdir.
Istiqlol yillarida har sohada erishgan yutuqlarimizni sanaydigan bo'lsak, bu tom-tom asarlarga mavzu bo'la oladi. Biroq, ularning eng ulug'i esa mustaqilligimizdir.


Bugun mamlakatimizning barcha shaharu qishloqlarida  xalqimiz asrlar davomida orziqib kutgan, hayotimizning ma'no-mazmuni, ongu shuurimizni tubdan o'zgartirgan Mustaqillik kunining yigirma olti  yilligi baland ruh va shodu xurramlik bilan nishonlamoqda.
Darhaqiqat, mustaqil yurtimiz ham mana shunday shiddatidan sher hayiqadigan  navqiron yoshga to'ldi. Yigirma olti yillik mustaqil taraqqiyot yillarida biz o'z taqdirimizni qo'limizga olib, qanday ulug' tarix, madaniyat va ma'naviyatga ega ekanimizni, o'zligimizni chuqur anglab, beqiyos salohiyatimizni ishga solish, qadriyatlarimizni, dinu diyonatimizni tiklash kabi buyuk va muqaddas burchimizni anglab etdik. O'z kelajagimizni o'z qo'limiz bilan yaratmoqdamiz, chegaralarimiz daxlsizligiga,  professional armiya va uning xalq bilan birdamligiga, g'alla mustaqilligiga, yonilg'i-energetika mustaqilligiga to'la erishdik. Iqtisodiyotimizda chuqur tarkibiy o'zgarishlar amalga oshirildi. O'zbekiston sobiq tuzum davrida asosan   xomashyo etkazib berishga ixtisoslashgan va iqtisodiyoti bir yoqlama rivojlangan o'lkadan sanoati yil sayin yuksalib, har tomonlama taraqqiyotga erishayotgan qudratli davlatga aylandi.

Juma, 11 Avgust 2017 00:00

Fidoiylik - qalb da'vatimiz bo'lsin

Avtor

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik pala-tasida 2017 yil 12 iyul kuni bo'lib o'tgan Parlament palata-lari, siyosiy partiyalar, O'zbekiston ekologik Harakati, Xalq de-putatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari faoliyatining tah-lili hamda istiqboldagi vazifalariga bag'ishlangan videose-lektor yig'ilishida Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoevning  aytgan fikrlari, mamlakatimizda kechayotgan barcha sohadagi islohot-larning tahlili va shu o'rinda xalq ishonib saylagan deputat-larning  fidoiyligi va jonbozligi haqidagi hayotiy tahlillari yig'ilish ishtirokchilarini va umuman jamiyatimizdagi barcha fuqarolarni,  ular qaysi sohada ishlamasin, o'z faoliyatiga teran tahliliy va tanqidiy qarash uchun da'vat bo'ldi, desam aslo adashmayman.

Har yilgidek barcha abiturientlar hayajon bilan kutgan kun - 1 avgust sanasida butun respublikamizdagi oliygohlarda bo'lgani kabi viloyatimizdagi 3 oliy o'quv yurtida ham test sinovlari o'tkazildi.
Hisob-kitoblarga qaraganda, joriy yilda viloyatimizdagi oliy o'quv yurtlariga jami 54 ming 600 nafardan ortiq yigit-qiz hujjat topshirgan. Qabul kvotasi esa 3 ming 470 o'ringa mo'ljallangan: davlat granti asosida 1045 kishi, to'lov-kontrakt asosida esa 2 ming 425 kishi o'qishga qabul qilinadi.
- Bu yil Qarshi davlat universitetiga jami 29 ming 529 nafar abiturient hujjat topshirdi, - deydi mazkur dargoh qabul komissiyasi mas'ul kotibi Shahobiddin Nuriddinov. - Shulardan faqat 1400 nafar abiturientgagina universitetimiz talabasi bo'lish nasib etadi. Har bir o'rin uchun o'rtacha 21 kishi kurashishiga to'g'ri keldi.
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutiga 22 ming 330 kishi hujjat topshirgan. Qabul kvotasi esa 1800 tani tashkil etadi. Ushbu o'quv muassasasida bir o'ringa o'rtacha 12 nafardan ortiq abiturient da'vogarlik qildi.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filialida bu yilgi qabul kvotasi 270 o'rindan iborat qilib belgilangan bo'lib, mazkur o'rinlarni band qilish istagida bo'lganlar soni 2 ming 758 nafarni ko'rsatdi. Bir o'rin uchun 10 nafardan ziyod abiturient kurash olib bordi.
Kim talabalar safiga qo'shiladi, kim oliy o'quv yurtiga kirish uchun yana bir muddat tayyorlanishi kerakligi tez orada test natijalari e'lon qilingach ma'lum bo'ladi.

Suratda: oliy o'quv yurtlarida o'tkazilgan test sinovidan lavha (O'zA).

Page 1 of 17

Bazaviy interaktiv xizmatlar

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 116 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Foydali resurslar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati
www.press-service.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati
www.senat.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi
www.parliament.gov.uz
   
O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali
www.gov.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)
www.ombudsman.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi
www.prokuratura.uz
   
 
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo'yicha davlat inspeksiyasi
http://gis.uz/

 

Mobil ilovalar

Bosh sahifa

Qabul kunlari

A- A A+

Rahbariyatga murojaat etish

Rahbariyatga murojaat etish

Viloyat hokimligining umumiy bo'limiga murojjat etish (Yangi oynada ochiladi)

Mobil versiya

Mobil versiyaga o'tish

Bog'lanish

Ishonch telefon raqami 
0(371) 200-55-05 
Ishonch telefon raqami reglament
Yagona telefon raqami
0(375) 221-07-60 
Yagona telefon raqami reglamenti

Batafsil>>>

Biz bilan bog'lanish

Sahifa adressi

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family
Reset
Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech