Poytaxtimizdagi Xalqaro hamkorlik markazida 10 noyabr kuni O‘zbekiston va
Yaponiya ishbilarmon doiralarining biznes-forumi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu tadbir ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni yanada
kengaytirish masalalariga bag‘ishlandi. Unda ikki mamlakatning tashqi
iqtisodiy aloqalar, savdo, sarmoya, yoqilg‘i-energetika, bank-moliya,
soliq, bojxona, mashinasozlik, aviatashuv, yengil sanoat, to‘qimachilik,
metallni qayta ishlash, sog‘liqni saqlash, geologiya va mineral resurslar,
transport va transport kommunikatsiyalari, axborot texnologiyalari, elektrotexnika,
logistika, sug‘urta hamda sayyohlik sohalari uchun mas’ul vazirlik
va idoralari, kompaniya va konsernlari vakillari ishtirok etdi. Ko'rildi 268 marta |