Yaratilgan moddiy – ma’naviy boyliklarni asrash, ularni yong‘in va boshqa faqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish ham shu kunning eng muhim dolzarb vazifalaridan biriga aylanib qolgan. Xalq xо‘jaligidagi barcha yutuqlarni asrash va uni kо‘paytirishga hissa qо‘shish har bir tashkilot va idora mehnat jamoasining, har bir fuqaroning muqaddas burchi bо‘lmog‘i kerak.

Shunday ekan, yong‘in xavfsizligi qoida va talablariga amal qilish bilan birga  davlat yong‘in nazorati xodimlari tomonidan kо‘rsatilgan kamchiliklarni о‘z vaqtida  bartaraf etishga barchamiz mas’ul ekanligimizni unutmasligimiz lozim.

Qarshi shahar Favqulodda vaziyatlar bо‘limi xodimlari ana shu qonun va qonun osti meyoriy hujjatlarga tayangan holda muntazam ravishda gо‘zal Qarshi shahrimizdagi moddiy boyliklarni, aholi turar joylarini yong‘in va favqulodda vaziyatlardan muhofaza etish maqsadida turli tadbirlarni о‘tkazib kelmoqda.

Shular qatorida, joriy yilning 20 noyabridan 20 dekabrigacha respublika hududida “Aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish oyligi” tadbirining о‘tkazilishi ham ana shu xayrli va savobli ishlarning biridir.

Shu munosabat bilan, Qarshi shahar Favqulodda vaziyatlar bо‘limi xodimlari “Bilayn” aloqa kompaniyasi Qarshi shahar filialining 25 nafar ishchi-xizmatchilari о‘rtasida yong‘in va xavfsizlik qoidalariga rioya qilish, favqulodda vaziyatlarda tо‘g‘ri harakat qilish ya’ni favqulodda vaziyatlar ruy berganda zudlik bilan 101 yoki 1050 raqamiga murojaat etish hamda turmushda is gazidan zaharlanish holatlarini saqlanish singari qator dolzarb vazifalarning bajarilishi yо‘lida mas’ulligi tushuntirildi.

Tadbir yakunida, ishchi-xizmatchilar о‘rtasida yong‘in va favqulodda vaziyatlarga nisbatan ongli munosabatni shakllantirish maqsadida shartli yong‘in hosil qilinib, uni bartaraf qilish tartiblari amaliy tarzda kо‘rsatib berildi.

Qashqadaryo viloyati Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi Axborot xizmati

22-11-2019 |
Foto galereya