Qashqadaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Z.Mirzayev tadbirkor va ishbilarmonlar bilan ishlash hamda ularga zarur shart-sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlari tahsinga sazovor.

Avval xabar berilganidek, viloyat hokimi tadbirkorlar bilan yuzma-yuz uchrashuv о‘tkazib, ularning muammolariga yechim topish maqsadida e’lon berilgan edi. Ilk uchrashuvdayoq muammolarga yechim topildi.

G‘uzor tuman hokimining qaroriga asosan, “Xо‘jaguzar” MFYda yashovchi fuqaro Xoliqov Umidga “Bolalar istirohat bog‘i” qurish uchun yer ajratilgan. Ammo, ushbu yer maydoni “SHо‘rtanneftgaz” MCHJ tasarrufidagi “SHо‘rtan” futbol klubi bilan nizoli bо‘lganligi sababli tadbirkor tomonidan qurilish ishlari tо‘xtab qolgan edi.

Tadbirkorlar bilan uchrashuvda viloyat hokimi G‘uzor tumani hokimi S.Babaqulov, “SHо‘rtanneftgaz” MCHJ rahbari SH.Jabborov va tadbirkor D.Xoliqov bilan alohida suhbatlashib, tadbirkorni qiynab kelayotgan masalaga oydinlik kiritildi. Muammo shu joyning о‘zida hal etildi.

Tadbirkorni aytishicha, “Bolalar istirohat bog‘i” qurilishi uchun umumiy qiymati 2 milliard sо‘m mablag‘ sarflanishi belgilangan. Tadbirkor tomonidan 1 milliard 200 million  sо‘m hamda 800 mln. bank krediti hisobidan qurilishi rejalashtirilgan istirohat bog‘i 2020 yil Navrо‘z bayrami arafasida foydalanishga topshiriladi.

Viloyat hokimligi Axborot xizmati.

06-11-2019 |
Foto galereya