Doimo e'zozdasiz, aziz ayollar Qo'shilgan sana: 2009-03-03 Muallif: Uza.uz O'zbek Milliy akademik drama teatrida 8 mart Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag'ishlangan Siz doimo e'zozdasiz, aziz ayollar deb nomlangan ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo?lib o'tdi.
Poytaxtimizdagi «Yoshlik» talabalar shaharchasi hokimligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur tadbirda oliy ta?lim muassasalarining o'qituvchi va murabbiylari, talaba yoshlar ishtirok etdi.
Tadbirda yurtimizda xotin-qizlarning davlat va jamiyat hayotidagi faolligini oshirish, ularni har tomonlama qo'llab-quvvatlash va rag'batlantirish borasidagi keng ko?lamli ishlar o'z samarasini berayotgani ta'kidlandi. Prezidentimiz Islom Karimovning 2004 yil 25 mayda qabul qilingan «O?zbekiston Xotin-qizlar qo?mitasi faoliyatini qo'llab-quvvatlash borasidagi qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi farmoni bu borada muhim omil bo'lib xizmat qilmoqda. '
«Yoshlik» talabalar shaharchasida ham xotin-qizlar manfaatlarini ta?minlashga alohida e?tibor qaratilmoqda. Ularning mehnat qilishi, ilmiy izlanishi, salomatligini mustahkamlashi, sport bilan shug?ullanishi uchun barcha sharoit yaratilgan.
? Mamlakatimizda xotin-qizlarga ko?rsatilayotgan yuksak e?tibor, yaratib berilayotgan imkoniyatlar bizga kuch va shijoat bag?ishlaydi, deydi Mirzo Ulug?bek nomidagi O?zbekiston Milliy universiteti xotin-qizlar qo?mitasi raisi La'lixon Muhammadjonova. Bu esa jamiyatimizning turli jabhalarida xizmat qilayotgan ayollarni bundan-da tashabbuskor, fidoyi bo'lishga da'vat etadi.
Tadbirda shaharcha hududidagi turli muassasa va tashkilotlarda samarali faoliyat ko'rsatayotgan xotin-qizlar esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi. Ko'rildi 1149 marta |