›› 
Asosiy
›› 
Shahar va tumanlar
›› 
Fuqarolar uchun
›› 
Statistika
›› 
Fotogalereya
›› 
Mexmonlar kitobi
›› 
Xamkorlik
›› 
On line xizmatlar
›› 
Yangiliklar
›› 
Manzil
 
 

Pochta:
Parol:
 

Siyosat

Iqtisodiyot

Jahon yangiliklari

Jamiyat

Texnologiyalar

Madaniyat

Sport

Hujjatlar

O'zbekiston yangiliklari

Mustaqillik darsi bilan boshlangan saboqlar

7 Xil shokolad mahsulotlari

“Ochiq eshiklar kuni”

To'yxona - to'yona

Fermerlar himmati

2010-09

2010-08

2010-07

2010-06

2010-05

2010-04

2010-03

2010-02

2010-01

2009-12

2009-11

2009-10

2009-09

2009-08

2009-07

2009-06

2009-05

2009-04

2009-03

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati

Milliy qidiruv tizimi

O'zbekiston Respublikasi Davlat Hokimiyati Portali

Qashqadaryo viloyatining ziyoratgohlari


Xozir saytimizda: 7 kishi



Датацентр UZINFOCOM – это надежная технологичная площадка для размещения информационно-коммуникационной инфраструктуры.

Viloyat xaqida

Qo'shilgan sana: 2009-03-01

Muallif: Admin

O'zbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1924 y. 1 noyabrda tashkil etilgan. 1927 yil 17 fevraldan 1938 yil 15 yanvargacha Qashqadaryo okrugi maqomida. 1938 yil 15 yanvarda Buxoro viloyatiga qo'shib yuborildi. 1943 yil 20 yanvarda qayta tashkil etildi. 1960 yil 25 yanvarda Surxondaryo viloyatiga qo'shildi. 1964 yil 7 fevraldan yangidan tashkil etildi. Respublikaning janubiy-g'arbida, Qashqadaryo havzasida, Pomir-Olay tog' sistemasining g'arbiy chekkasida, Amudaryo va Zarafshon daryolari, Hisor va Zarafshon tizma tog'lari orasida. Shim.-g'arbdan Buxoro, janubiy-sharqdan Surxondaryo, janubiy-g'arb va g'arbdan Turkmaniston, sharqdan Tojikiston va Samarqand viloyatlari bilan chegaradosh. Maydoni 28,6 ming km2. Aholisi 2462,2 ming kishi. Tarkibida 13 ta tuman (Dehqonobod, Kasbi, Kitob, Koson, Mirishkor, Muborak, Nishon, Chiroqchi, Shahrisabz, Yakkabog', Qamashi, Qarshi, G'uzor), 12 shahar (Beshkent, Kitob, Koson, Muborak, Tallimarjon, Chiroqchi, Shahrisabz, Yakkabog', Yangi Nishon, Qamashi, Qarshi, G'uzor), 4 shaharcha (Dehqonobod, Miroqi, Eski Yakkabog', Qashqadaryo), 409 ta maxalla fuqarolar yig'ini, 148 ta qishloq fuqarolari yig'ini, 1064 ta qishloqlar bor (2007). Markazi – Qarshi shahri.
Qashqadaryo mamlakatimizning eng boy tarixga, rivojlangan madaniyatga, serhosil zaminga ega bo'lgan qadimiy o'lkalardan biridir. Qashqadaryo Zarafshon va Amudaryo daryolari oralig'ida joylashgan, qadimda Janubiy So'g'd, Janubiy Turon deya nomlangan, dehqonchilik va chorvachilik uchun qulay iqlim va suv sharoitiga, o'ziga xos go'zal tabiatiga ega bo'lgan bu voha qadimdanoq ko'plarning e'tiborini jalb etgan.

Qashqadaryo viloyati O'zbekiston mamlakatining yirik tekisliklar, cho'l, tog' va tog'oldi hududlariga, o'ziga xos tabiiy va iqlim sharoitiga ega bo'lgan viloyatlardan biridir. U shimoldan Samarqand, shimoli-g'arbdan Buxoro, sharq va janubi-sharqdan Surxondaryo viloyatlari bilan chegaradosh. Shimoli-sharq qismidan Tojikiston, g'arbiy qismidan esa Turkmaniston mamlakatlari chegaralari o'tadi. Ummiy sarhadlarining uzunligi 795 kilometrni tashkil etib, shuning 400 kilometri tog' tizmalari orqali o'tadi. Uning jami hududi 28,4 ming kvadrat kilometr bo'lib, Respublika er maydonining 6,3 foizini tashkil etadi. U joylashgan o'rni jihatdan Albaniya, Niderlandiya, Belgiya, Armaniston mamlakatlari bilan tengdir.
Viloyat hududi, asosan, Qashqadaryo botig'ini o'z ichiga olgan; shim. sharq va jan. sharqdan Zarafshon hamda Hisor tizma tog'lari bilan o'ralgan. Tog'lar bilan tekisliklar orasini adirlar egallagan. Tekislikning katta qismi g'arbda Sandiqli va Qizilqum cho'llari bilan tutashgan Qarshi cho'lidan iborat. Iqlimi kontinental. Qishi nisbatan yumshoq. Yozi uzoq (155–160 kun), issiq, quruq. Yanvarning o'rtacha temperaturasi 0,2° dan 1,9° gacha, iyulniki 28°-29,5°. Eng yuqori temperatura 45°. Eng past temperatura – 20°. Yiliga tekisliklarda 290-300 mm, adirlarda 520-550 mm, tog'larda 550-650 mm yog'in tushadi. Yog'in, asosan, bahor va qishda yog'adi, ezda garmsel esadi. Tog'larda turg'un qor qoplami hosil bo'ladi (2-6 oy). Vegetasiya davri tekisliklarda 290-300 kungacha. Asosiy daryosi - Qashqadaryo. Uning irmoqlari - Jinnidaryo, Oqsuv, Yakkabog'daryo, Tanxozdaryo, G'uzordaryo (Katta va Kichik O'radaryo bilan birga). Daryolar qor, yomg'ir va muzliklar suvidan to'yinadi. Daryo suvidan, asosan, sug'orishda foydalaniladi. Chimqo'rg'on, Qamashi, Pachkamar suv omborlari; Fayziobod, 8 Mart, Eskibog', Eski Anhor, Koson, Paxtaobod, Qarshi va boshqa kanallar bor. Qarshi cho'lini o'zlashtirishda 6 nasos stansiyasi, ochiq va yopiq kollektor drenaj tarmoqlari qurilgan. Sug'oriladigan erlarning tuprog'i, asosan, tipik va och bo'z tuproqlar. Kitob-Shahrisabz soyligida ko'proq qumoq tuproqlar mavjud. Tog'larda balandlik mintaqalari bo'ylab tipik bo'z tuproqlar tarqalgan. Tabiiy florasi 1200 ga yaqin yuksak o'simlik turidan iborat. Tog' yon bag'irlari har xil o't o'simliklari bilan qoplangan, shuningdek, butazorlar ham bor. Tog' o'rmonlari archa, bolom, pista, jiydazorlardan iborat. Tog'larda na'matak, zirk, chakanda, anzur piyozi, qora zira va boshqalar o'sadi.
Viloyat hududida 100 dan ziyod qush turi, sut emizuvchilarning 60 turi, sudralib yuruvchilarning 7 turi uchraydi. Daryo va suv havzalarida qumbaliq, ilonbosh, zog'orabaliq, gulmohi, xramula, qorabaliq yashaydi. Viloyatda Hisor tog'-o'rmon va Kitob davlat geologiya qo'riqxonalari joylashgan.

Ko'rildi 1013 marta

 

Qidiruv vaqtida so'rov 4 ta belgidan kam bo'lmasligi lozim.

 
 

1. "Qashqadaryo" gazetasi

2. Nasaf FK

3. AК «Matbuot tarqatuvchi»

4. Tabiatni muhofaza qilish viloyat qo'mitasi

5. Mash'al FK

   
 

Bizning saytimiz haqida qayrdan bildingiz
Qidiruv tizimi
Radio-televediniya
gazeta e'lonlardan
tanishlarimdan



Natijalar



Sayt Qashqadaryo viloyat kompiyuterlashtirish markazi ning mahsuloti