Ezgulik hamisha g'olib Qo'shilgan sana: 2010-02-01 Muallif: Admin
Mullato'ychi Toshmuhammedov nomidagi viloyat musiqali drama teatrida S.T.Aksakov asari asosida tayyorlangan "Alvon gul" ertak-tomoshasining premerasi bo'lib o'tdi.
Sahnada olijanob, saxiy shahzoda, ota va uning uch nafar qizi, mehribon enaga
bilan birgalikda qo'rqinchli, yovuz yalmog'iz, ajinalar obrazlari teatr aktyorlari
Orif Mamatov, Sojida Ashurova, Ra'no Mustafoeva va boshqalar tomonidan o'ziga
xos tarzda talqin qilingan. Asar so'ngida yaxshilikning yovuzlik ustidan tantana
qilishi spektaklni hayrat bilan kuzatayotgan kichik tomoshabinlar hamda soha
mutaxassislarining olqishiga sazovor bo'ldi.
- Teatr jamoasining qo'llab-quvvatlashi, yosh rejissyor G'ayrat Husainovning maslahat va ko'magi natijasida ilk debyut ishimni sahnaga olib chiqdim, - deydi O'zbekiston Davlat san'at instituti diplomanti Husniddin Temirov.
Sahnadagi dekorasiyalar, musiqa, obrazlarga xos liboslar, chiroq effektlari ham tomoshabinlar e'tirofiga sazovor bo'ldi.
* * *
Suratlarda: spektakldan lavhalar.
Suratchi
S. NARZIYEV.
Ko'rildi 162 marta |