“KAMOLOT”ning zukko yetakchisi Qo'shilgan sana: 2010-02-03 Muallif: G. TATAYEVA Viloyat Yoshlar markazida «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati viloyat bo'limi kengashi tashabbusi bilan umumiy o'rta ta'lim maktablari boshlang'ich tashkilotlari etakchilari o'rtasida «Kamolot»ning zukko etakchisi» intellektual o'yini o'tkazildi.
Harakatning dastur va nizomini yoshlar o'rtasida targ'ib qilish, ularning etakchilik qobiliyatlarini oshirish, intellektual salohiyatini yuksaltirish, harakat haqidagi bilim va ko'nikmalarini shakllantirish maqsadida o'tkazilgan bu bahsda ishtirokchilar bu borada o'z tafakkur olami, bilim va tushunchalari qay darajada ekanligini namoyish etdilar.
Tadbir so'ngida Koson tumanidagi 93-maktabning boshlang'ich tashkilot etakchisi Gulruxsor Avazova “Kamolot”ning zukko etakchisi” deb topildi. Kasbi tumanidagi 51-maktab boshlang'ich tashkilot etakchisi Zaynura Shamievaga 2-, Qamashi tumanidagi 20-maktabning boshlang'ich tashkilot etakchisi Rustam Qudratovga 3-o'rin nasib etdi.
Ko'rildi 211 marta |