Hamma gap uni bajarishda Qo'shilgan sana: 2010-02-09 Muallif: Admin Viloyat hokimligida Barkamol avlod yilida amalga oshirilishi lozim bo'lgan dolzarb vazifalar va muhim masalalar muhokamasiga bag'ishlangan yig'ilish o'tkazildi.
Uni viloyat hokimi Nuriddin Zayniev boshqarib bordi.
Yig'ilishda viloyat o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi va xalq ta'limi hamda sog'liqni saqlash boshqarmalari rahbarlari, “Mahalla” jamg'armasi viloyat hamda shahar va tumanlar bo'limlari raislari, jamoat tashkilotlari mas'ul xodimlari ishtirok etishdi.
Tadbirda viloyat hokimi Barkamol avlod yilida barcha sohalar xodimlari oldida turgan muhim masalalar xususida alohida to'xtaldi. Ta'kidlanganidek, joriy yilda bahorning erta kelishi kutilayotganligi, bu o'z navbatida, ko'klamgi ekish ishlariga tayyorgarlikni muddatidan ilgariroq boshlashni taqozo etadi. Taassufki, hozirda buning mas'uliyatini his qilmayotgan va zarur chora-tadbirlarni ko'rmayotgan fermerlar ham yo'q emas.
Yig'ilishda qishloq xo'jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirish, turlarini ko'paytirish, tomorqaga bo'lgan e'tiborni kuchaytirish haqida ham so'z bordi. Viloyatimizda etishtirilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining salmoqli qismi aynan dehqon xo'jaliklari hissasiga to'g'ri keladi.
Shuningdek, tadbirda qishloqlar qiyofasini yangilash borasidagi ishlarni izchil davom ettirish, qishloqlarda sportni yanada rivojlantirish, yoshlarning ko'ngilli dam olishlarini ta'minlash, tumanlar markazlarida Yoshlar markazlari va istirohat bog'larini barpo etish bilan bog'liq ko'plab masalalar muhokama etildi, vazifalar belgilab olindi.
Ko'rildi 154 marta |