›› 
Asosiy
›› 
Shahar va tumanlar
›› 
Fuqarolar uchun
›› 
Statistika
›› 
Fotogalereya
›› 
Mexmonlar kitobi
›› 
Xamkorlik
›› 
On line xizmatlar
›› 
Yangiliklar
›› 
Manzil
 
 

Pochta:
Parol:
 

Siyosat

Iqtisodiyot

Jahon yangiliklari

Jamiyat

Texnologiyalar

Madaniyat

Sport

Hujjatlar

O'zbekiston yangiliklari

Mustaqillik darsi bilan boshlangan saboqlar

7 Xil shokolad mahsulotlari

“Ochiq eshiklar kuni”

To'yxona - to'yona

Fermerlar himmati

2010-09

2010-08

2010-07

2010-06

2010-05

2010-04

2010-03

2010-02

2010-01

2009-12

2009-11

2009-10

2009-09

2009-08

2009-07

2009-06

2009-05

2009-04

2009-03

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati

Milliy qidiruv tizimi

O'zbekiston Respublikasi Davlat Hokimiyati Portali

Qashqadaryo viloyatining ziyoratgohlari


Xozir saytimizda: 5 kishi



Äàòàöåíòð UZINFOCOM – ýòî íàäåæíàÿ òåõíîëîãè÷íàÿ ïëîùàäêà äëÿ ðàçìåùåíèÿ èíôîðìàöèîííî-êîììóíèêàöèîííîé èíôðàñòðóêòóðû.

Bosh vazifa – taraqqiyot va faravonlik

Qo'shilgan sana: 2010-02-15

Muallif: B. TEMIROV

Kecha viloyat hokimligining majlislar zalida 2009 yilda viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2010 yilga mo'ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo'nalishlariga bag'ishlangan yig'ilish bo'lib o'tdi.

Unda dastlab mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimovning 2009 yilning asosiy yakunlari va 2010 yilda O'zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustuvor yo'nalishlariga bag'ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma'ruzasi videotasviri namoyish etildi. Davlatimiz rahbarining mazkur ma'ruzasidan kelib chiqadigan vazifalar haqida viloyat hokimi Nuritdin Zayniev ma'ruza qildi.

Shu o'rinda ta'kidlash joizki 2009 yil yakuniga ko'ra, viloyatimizda yalpi hududiy mahsulot 8,2 foiz, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 16,6 foiz, iste'mol mollari ishlab chiqarish 11,5 foiz, qishloq xo'jaligi yalpi mahsuloti 3,4 foiz, kapital quyilmalar hajmi 10,6 foiz, qurilish-pudrat ishlari 3,8 foiz, chakana tovar aylanmasi 15,1 foiz, bozor xizmatlari 17,1 foiz, shundan pullik xizmat ko'rsatish hajmi 7,4 foizga o'sdi.

Tashqi savdo operasiyalarida 1 milliard 675,7 milion AQSh dollari miqdorida ijobiy saldoga erishildi. Eksport hajmi o'tgan yilga nisbatan sezilarli darajada oshib, 2 milliard 68,7 million dollarga teng bo'ldi.

Sanoatni rivojlantirish dasturi doirasida 300 ta yangi sanoat korxonasi tashkil qilinib, 52 ta korxonaning ishlab chiqarish quvvati oshirildi. 7 ta yangi turdagi sanoat mahsuloti ishlab chiqarish yo'lga qo'yilib, 29 tasini ishlab chiqarishda o'sishga erishildi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyaviy jihatdan qo'llab-quvvatlash maqsadida tijorat banklari tomonidan ushbu sektorga 114,7 milliard so'm miqdorida kreditlar ajratilib, oldingi yilga nisbatan kreditlar umumiy hajmi 1,5 baravar ko'paydi. Natijada kichik biznesning viloyat yalpi hududiy mahsulotidagi ulushi 52 foizni tashkil etdi (vaholanki, 2008 yilda mazkur ko'rsatkich 50,9 foizga teng edi).

Viloyat hokimi yurtimizda va xususan viloyatimizda erishilgan barcha yutuqlar Yurtboshimiz tomonidan mamlakatni rivojlantirish, yangilash va modernizasiya qilish yuzasidan to'g'ri tanlangan strategiyaning samarasi va 2009-2012 yillarga mo'ljallangan Inqirozga qarshi choralar dasturi bajarilishining amaliy natijasi ekanligini ta'kidladi.

Shu bilan birga yig'ilishda viloyatimizda o'tgan yili ayrim sohalarda yo'l qo'iylgan xato va kamchiliklar chuqur tahlil qilinib, joylarda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, kichik biznesni rivojlantirish, sanoatni taraqqiy ettirish, investisiya loyihalarini amalga oshirish, yangi qo'shma korxonalar tuzish va mavjudlarining barqaror faoliyat yuritishini ta'minlash, qurilish materiallari ishlab chiqarish, noqonuniy qurilishlarni bartaraf etish va boshqa jabhalarda qo'ldan boy berilgan imkoniyatlar xususida ham batafsil to'xtab o'tildi. Shahar va tuman hokimlari hamda tegishli mutasaddi shaxslar faoliyatiga tanqidiy baho berildi, muammolarni hal qilish bo'yicha dolzarb vaziflar qo'yildi. Bundan tashqari vohamizdagi ommaviy axborot vositalari vakillariga joylarda ro'y berayotgan o'zgarishlarni batafsil va tahliliy tarzda yoritish, buning uchun vakolatli mutaxassilar ko'magidan foydalanish va internet tarmog'i imkoniyatlarini ishga solish tavsiya etildi.

Shuningdek, yig'ilishda 2010 yilda Inqirozga qarshi choralar dasturini amalga oshirishni davom ettirish, iqtisodiyotni barqaror va muvozanatlashgan holda rivojlantirishni ta'minlash, ishlab chiqarishni modernizasiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, iqtisodiyotni tarkibiy o'zgartirishga doir investisiya loyihalarini hayotga tatbiq etish, qishloq qiyofasini tubdan yangilash hamda yangi ish o'rinlarini tashkil etish va aholining bandligini ta'minlash dasturlarini ruyobga chiqarish haqida batafsil so'z yuritilib, belgilangan parametrlarning so'zsiz bajarilishi uchun mutasaddi rahbarlarning shaxsiy javobgarligi masalasi ko'rib chiqildi.

Yig'ilishda “Barkamol avlod yili” Davlat dasturiga kiritilgan chora-tadbirlarning mazmun-mohiyati tushuntirilib, ularning to'laqonli bajarilishini ta'minlash muhimligiga e'tibor qaratilib, muhokama qilingan barcha masalalar yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.

Yig'ilishda O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o'rinbosari Ergash Shoismatov ishtirok etdi.

Ko'rildi 148 marta

 

Qidiruv vaqtida so'rov 4 ta belgidan kam bo'lmasligi lozim.

 
 

1. "Qashqadaryo" gazetasi

2. Nasaf FK

3. AÊ «Matbuot tarqatuvchi»

4. Tabiatni muhofaza qilish viloyat qo'mitasi

5. Mash'al FK

   
 

Bizning saytimiz haqida qayrdan bildingiz
Qidiruv tizimi
Radio-televediniya
gazeta e'lonlardan
tanishlarimdan



Natijalar



Sayt Qashqadaryo viloyat kompiyuterlashtirish markazi ning mahsuloti