Askar uyga qaytdi Qo'shilgan sana: 2010-02-15 Muallif: Z. OYMAMATOVA
Qarshi temir yo'l vokzalida Prezidentimizning 2010 yil 19 yanvardagi “O'zbekiston Qurolli Kuchlariga fuqarolarni navbatdagi chaqiruv hamda muddatli harbiy xizmatning belgilangan muddatlarini o'tab bo'lgan harbiy xizmatchilarni xizmatdan bo'shatish to'g'risida”gi Qaroriga binoan rezervga bo'shatilgan askarlarni tantanali kutib olish marosimi bo'lib o'tdi.
Unda viloyat mudofaa ishlari boshqarmasi xodimlari, jamoat tashkilotlari vakillari va askarlarning ota-onalari ishtirok etishdi.
Hammaning yuzida bayramona kayfiyat va xursandchilik ifodasi. Ota-onalar nigohlarida g'urur va iftixor uchqunlari chaqnaydi.
-Bir yil mobaynida chegara qo'shinlarida xizmatni o'tab qaytdim, - deydi muboraklik Abror Zafarov. – Armiya – bu hayot maktabi. Xizmat paytida nafaqat jismoniy, balki ma'nan chiniqib, Vatanimga, xalqimga, ota-onamga bo'lgan hurmatim yanada oshdi. A'lo xizmatlarim tufayli qism qo'mondonligining tavsiyanomasiga sazovor bo'ldim. Olgan bilimlarim hayotimda albatta, asqotadi.
Ko'rildi 172 marta |