Yoshlar- sog’lom turmus tarsi tarafdori Qo'shilgan sana: 2010-02-15 Muallif: F.SAIDALIYEV “Barkamol avlod yili” Davlat dasturi doirasida viloyat, tuman va shahar hokimliklari, viloyat huquqni muhofaza qiluvchi idoralari hamda jamoat tashkilotlari hamkorligida “Yoshlar terrorizm va giyohvandlikka qarshi” mavzuida haftalik tadbirlar o'tkazilmoqda.
Shu munosabat bilan G'uzor tumanidagi qurilish-kommunal xizmat va axborot texnologiyalari kollejlarida o'tkazilgan tadbirlarda asr vabosiga aylangan terrorizm va giyohvandlik illatining yoshlar ongiga ta'siri, uning oldini olish choralari va bu borada hamkorlikda amalga oshirilishi lozim bo'lgan ishlar haqida so'z yuritildi.
Shuningdek, viloyat ichki ishlar boshqarmasi tomonidan ta'lim muassasalarida har yili fevral oyida an'anaviy tarzda tashkil etiladigan “Yoshlar orasida narkotik moddalarning tarqatilishiga qarshi kurash oyligi” ham o'tkazilmoqda. Mazkur tadbir ham yoshlarimizning sog'lom turmush tarziga intilishini har tomonlama qo'llab-quvvatlash, ular o'rtasida giyohvandlik illatining og'ir oqibatlari to'g'risida targ'ibot-tashviqot ishlarini izchil olib borishga qaratilgan.
Ko'rildi 166 marta |