O'z uyimda ishlayman Qo'shilgan sana: 2010-02-15 Muallif: Admin - Uy mehnati oilada sog'lom turmush tarzini shakllantiribgina qolmay, farzandlarning mehnatga bo'lgan munosabatini yaxshilaydi, - deydi Qarshi shahridagi Roguzar mahalla fuqarolar yig'iniga qarashli O'zbekiston ko'chasida yashovchi Umida Qudratova. - Qarshi shahar bandlikka ko'maklashuvchi markazining yordami bilan kasanachilik asosida mehnat qilish uchun “Sho'rtanneftgaz” unitar sho''ba korxonasi bilan shartnoma tuzdim.
Hozir ularning buyurtmasi asosida ishchilarga qaynonam bilan birgalikda qo'lqop tikayapmiz. Davlatimiz tomonidan yaratilgan bunday qulayliklar aholiga xizmat ko'rsatish ko'lamini kengaytirish barobarida oilalarga qo'shimcha daromad olib kelmoqda. Buni o'z oilam misolida ayta olaman. Ikki nafar yosh bolam bor. Uyda o'tirib ham ularning tarbiyasi bilan shug'ullanaman, ham oilam byudjetiga o'z ulushimni qo'shayapman.
Yurtboshimizning “Yirik sanoat korxonalari bilan kasanachilikni rivojlantirish asosida ishlab chiqarish va xizmatlar o'rtasida kooperasiyani kengaytirishni rag'batlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida yaratilgan ish o'rinlari soni viloyatimizda 2009 yilda rejadagi 6,1 mingta o'rniga 6,4 mingtaga etdi.
Ko'rildi 212 marta |