YAKABOG’. Eski Yakkabog' qo'rg'onchasidagi 1-umumta'lim maktabi o'quvchilari yangi o'quv mavsumida yana bir qulaylikdan bahramand bo'lishadi.
Qo'shilgan sana: 2010-06-29
Muallif: N.Tillayev.
YAKABOG’. Eski Yakkabog' qo'rg'onchasidagi 1-umumta'lim maktabi o'quvchilari yangi o'quv mavsumida yana bir qulaylikdan bahramand bo'lishadi. “Barkamol avlod yili” Davlat dasturining ijrosi doirasida mazkur o'quv maskaniga 24 ta eng so'nggi rusumdagi kompyuter jamlanmasi keltirilib, zamonaviy kompyuter sinfxonalari ochildi. Ta'lim sifatini yanada yaxshilash va yoshlarning jahon andozalariga mos tarzda bilim olishlariga munosib sharoit yaratish maqsadida Osiyo Taraqqiyot banki tomonidan amalga oshirilgan ushbu loyiha qiymati 22 million 938,8 ming so'mni tashkil etadi.