Viloyat hokimining O'zbekiston Respublikasining “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to'g'risida”gi Qonuni ijrosini ta'minlash haqidagi farmoyishida O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safiga muddatli harbiy xizmatni o'tashga yuboriladigan chaqiriluvchilarni 2011 yilgi chaqiruvga tanlov asosida test sinovlarini o'tkazish qayd etildi. Shunga ko'ra viloyat hokimligining shu ishga mutasaddi rahbari, viloyat mudofaa ishlari boshqarmasi boshlig'iga ana shu test sinovlarini o'tkazishni ta'minlash yuklatildi. Shahar va tumanlar hokimliklariga viloyat mudofaa ishlari boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan rejaga asosan 2010 yilning noyabr oyidan 2011 yilning yanvar oyiga qadar chaqiruvchilarni tanlov asosida test sinovlaridan o'tkazish uchun joylar bilan ta'minlashlari, viloyat o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi boshqarmasi rahbariyatiga esa chaqiruvchilarning jismoniy tayyorgarlik holatini aniqlash uchun shahar va tumanlarda joylashgan kollejlarning sport maydonchalari hamda mas'ul xodimlarni ajratish topshirildi. Shuningdek, farmoyishda shahar va tumanlar hokimlariga joylardagi ichki ishlar, mudofaa ishlari bo'limlari va tegishli idoralar bilan birgalikda test sinovlarining talablar darajasida o'tishini ta'minlash yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko'rishlari ham alohida ta'kidlandi.