Ikkinchi liga ikkinchi darajali emas Qo'shilgan sana: 2010-07-18 Muallif: A. Murodov. Futbol bo'yicha viloyat birinchiligi musobaqalari uzoq yillardan beri o'tkazib kelinadi. U o'nlab, yuzlab yosh futbolchilar uchun yulduzli jamoalarga “etish” yo'lida o'ziga xos narvon, pillapoya vazifasini o'tagan. Shu nuqtai nazardan olganda, uning vohamizda futbolni rivojlantirish, ommaviylashtirish, targ'ib etish, iste'dodlilarni aniqlash, qo'llab-quvvatlash borasidagi ahamiyati ham salmoqli. Joriy yildan viloyat birinchiligi musobaqasini tashkil etish va o'tkazish vazifasi shu yildan ish boshlagan Qashqadaryo futbol ligasi zimmasiga yuklatilgan. Bu, albatta, o'z samarasini bera boshladi.
Avvalo chempionat o'yinlarining tartibli, uyushqoqlik bilan o'tkazilishiga erishildi. Ligada qatnashadiganjamoalarga imtiyozlar berildi. Ular maxsus liboslar va futbol anjomlari bilan ta'minlandi.
-Viloyat chempionatining geografiyasi, “hudud”i kengaydi, - deydi Qashqadaryo futbol ligasi ijrochi direktori Rustam Istamov. - Bu chekka tumanlarga, qishloqlarga futbolning kirib borishini ta'minlayapti. Natijada futbol bilan qiziquvchilar soni ortayapti, ko'plab iqtidorlilar kashf etilayapti.
Ko'rildi 49 marta |