Mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga munosib hissasini qo‘shib kelayotgan, yuksak ma’naviyatli, oilada va farzand tarbiyasida ibrat bo‘lish bilan birga o‘zi faoliyat ko‘rsatayotgan tashkilot nufuzini oshirishda faol ishtirok etayotgan turli soha egalari bo‘lgan ayollarni qo‘llab-quvvatlash, rag‘batlantirish, munosib taqdirlash hamda bu boradagi ilg‘or tajribalarni ommalashtirish maqsadida “Yil ayoli” respublika ko‘rik-tanlovining (shahar), tuman bosqichlari oktyabr,  viloyat bosqichi noyabr oyida o‘tkaziladi.
 
Bunda, ishtirokchilar quyidagi nominatsiyalar bo'yicha rag‘batlantiriladi:
 
“Yilning eng vatanparvar ayoli” nominatsiyasi;
 
“Yilning eng faol olima ayoli” nominatsiyasi;
 
“Yilning eng ilg‘or tadbirkor ayoli” nominatsiyasi; 
 
“Yilning eng yaxshi ijodkor ayoli” nominatsiyasi; 
 
“O‘z kasbining ustasi bo‘lgan yil ayoli” nominatsiyasi;
 
“Yilning eng kuchli ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibotchisi” nominatsiyasi;
 
“Yilning eng yaxshi uy bekasi” nominatsiyasi; 
 
“Yilning eng jonkuyar ustozi” nominatsiyasi;
 
“Yilning eng faol sog‘lom turmush tarzi targ‘ibotchisi” nominatsiyasi; 
 
“Yilning eng yangi g‘oyalar tashabbuskori” nominatsiyasi; 
 
“Yilning eng yaxshi IT-dasturchi ayoli” nominatsiyasi
 
ESLATMA
Hujjatlar 2022-yilning 1-oktabriga qadar viloyat Oila va xotin qizlar boshqarmasining  tuman (shahar) bo‘limlari orqali qabul qilinadi.
Foto galereya