Qashqadaryo viloyati hokimligi huzuridagi harbiy qismlarda autsorsing xizmatlarini ko‘rsatishga talabgorlarni o‘rganish hamda eng yaxshi takliflarni tanlab oluvchi Ishchi guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy aviatsiya bilim yurtida harbiy xizmatchilarni ovqatlantirishni autsorsing shartlari asosida tashkil etish yuzasidan o‘tkaziladigan tanlovga taklif etadi.

Tanlovda ishtirok etuvchi talabgorlar viloyat Ishchi guruhiga

qo‘yidagi hujjatlarni taqdim etishlari so‘raladi:

Tanlovda qatnashish uchun talabgor ommaviy axborot vositalarida oldindan eʼlon qilingan tanlov o‘tkazilishi sanasidan kamida bir ish kuni oldin Hududiy tanlov komissiyasining ko‘rib chiqishi o‘z taklifini taqdim etadi.

Talabgorlarning takliflari 2020 yil 7 iyulda hududiy tanlov komissiyasi tomonidan viloyat hokimligi binosida ko‘rib chiqiladi. Tanlov takliflarini qabul qilishning oxirgi muddatlari 2020 yil 6 iyul kuni soat 18-00gacha.

Tanlovda qatnashish uchun Ishchi guruhiga talabgor yoki uning vakili tanlov o‘tkazish to‘g‘risidagi eʼlonda belgilangan muddatlarda chopar yoki pochta orqali quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda tanlovda qatnashishga buyurtmanomani  (yopiq paketda) taqdim etadi:

davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlik to‘g‘risidagi va taʼsis hujjatlarining nusxasi;

talabgorning tegishli faoliyati turini amalga oshirish uchun litsenziyasi nusxasi;

moliyaviy jihatdan to‘lovga qodirligini tasdiqlovchi hujjatlar, yaʼni bank hisob-raqamlarida harbiy xizmatchilarni 15 kun davomida ovqatlanishini tashkil etish uchun yetarli mablag‘lar mavjudligi (yil boshidan aylanma mablag‘i) haqida bank muassasining maʼlumotnomasi asli;

soliq organlaridan soliqlar bo‘yicha qarzdorligi yo‘qligi to‘g‘risida maʼlumotnoma. 

Buxgalteriya balansi nusxasi (moliyaviy natijasi);

Tegishli tarmoqqa oldin xizmat ko‘rsatganligini tasdiqlaydigan hujjat
(Harbiy qism yoki ijtimoiy muassasasaning tavsifnomasi);

Moddiy texnik bazasini mavjudligini tasdiqlaydigan hujjatlar;

-Transport vositasining mavjudligi (tex pasport nusxasi),

- Mahsulotlar zaxirasi uchun omborxona mavjudligi va hajmi (kadastr hujjati nusxasi);

- Sovutgichli sig‘imi (xolodilnik) borligi va hajmi (kadastr hujjati nusxasi);

- Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun ekin maydoni borligi, ga (qaror nusxasi);

- Oziq ovqat mahsulotlarini qayta ishlash yoki ishlab chiqarish sexlarini mavjudligi. (sutni qayta ishlash, go‘shtni qayta ishlash, non sexi va boshqalar);

- Ishlovchi xodimlar soni to‘g‘risidagi maʼlumot

Taqdim etilgan hujjatlarniig barcha varaqlari talabgorning muhri va imzosi bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak. Tanlov takliflarining amal qilish muddati tanlov hujjatlarida belgilanadi.

Murojaat uchun manzil:  Qarshi shahri, Mustaqillik ko‘chasi 2-uy,

Maʼlumotlar uchun telefonlar: (75) 221-02-34, 221-31-10, (93) 421-12-22 

Hurmatli tadbirkorlar va ishbilarmonlar! Tanlovga marhamat qiling!   

Foto galereya